Superliganing 7-turida hakamlar nechta xatoga yo'l qo'yishdi? Ekspertimiz tomonidan hakamlik tahlili
26 apr 2023 07:17
Yangiliklar
Superliganing 7-turida hakamlar nechta xatoga yo'l qo'yishdi? Ekspertimiz tomonidan hakamlik tahlili
Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev Superliganing 7-tur uchrashuvlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.
✅«Surxon» - «Bunyodkor»
Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri ish qildi. Ikki o'yinchi tengma-teng va bir-biriga parallel ravishda yugurgan, qo'l orqali engil kontakt mavjud, buning natijasida o'yinchilardan biri yiqiladi. VARning vaziyatga aralashmagani ham o'rinli holat.
✅ «Surxon» - «Bunyodkor»
Xuddi shunday epizod o'tgan turda ham sodir bo'lgandi. Ushbu vaziyatda hakam to'g'ri qaror qabul qildi. Himoyachi to'p uchun kurashda birinchi bo'lib tanasini qo'yishga ulguradi, uning raqibi esa kechikadi. Ehtiyotsizlik tufayli hujumda qoidabuzarlik sodir etilgan.
✅«Surxon» - «Bunyodkor»
Hakamda futbolchiga qizil kartochka ko'rsatish uchun asoslar etarli. «Surxon» o'yinchisi butsasining tag qismi bilan raqib oyog'ining to'pig'idan yuqori qismiga tashlangan, yakkakurashda shiddat yuqori, unda to'qnashuv oqibatini yumshatish uchun hech qanday sabab yo'q. Agarda jabrlangan futbolchining o'zi xavfni yumshatmaganda, jiddiy jarohatlanishi mumkin edi. VAR vaziyatga aralashishga haqli.
❌ «Buxoro» - «Neftchi»
Yuqoridan kelayotgan uzatmani qabul qilish uchun himoyachi va hujumchi kurashga kirishdi. Hujumchi ushbu kontaktning tashabbuskori hisoblanadi, chunki u bir necha qadam ortga tashlab, himoyachining ostida paydo bo'ladi. Himoyachi to'pga o'ynash uchun sakradi, hujumchi esa bunga imkon bermadi. Penalti 100% noto'g'ri belgilandi. SHuningdek, hakamning o'zini qanday tutishiga etibor qaratish lozim: u o'yinchini qo'li bilan ikki marta itarib yuboradi va ularning birinchisida qo'pol harakat qiladi. Umuman olganda, arbitr o'zini bunday tutmasligi lozim. Menimcha, Evropa yoki xalqaro turnirlarda hakam bunday xatti-harakat uchun diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
✅ «So'g'diyona» - «Qizilqum»
Klassik va shubhaga o'rin qoldirmaydigan sariq kartochkaga loyiq vaziyat, yani bir o'yinchi boshi bilan to'pga o'ynayapti, boshqasi esa — oyog'i bilan. Bu holatda shiddat darajasi yuqori emas, shu bois to'g'ridan-to'ri chetlatish uchun asos yo'q. O'yinchi oyog'ini yuqoriga ko'tardi va raqibning yuziga zarba berdi.
✅ «So'g'diyona» - «Qizilqum»
Ortdan engil turtish holati mavjud, shundan so'ng o'yinchi kontakt holatini yakuniga etkazib qo'ydi. Orqa tomondan turtish penalti belgilash uchun etarli emas. VAR epizodga aralashmay to'g'ri qildi.
✅ «So'g'diyona» - «Qizilqum»
Bu holatda futbolchi ogohlantirishga loyiq harakat amalga oshirdi. VAR epizodga aralashib to'g'ri qilmadi. «Qizilqum» futbolchisi butsasining tag qismi bilan oldinga tashlandi. Dastlab kontakt sodir bo'lgandan so'ng uning oyog'i maysani bosadi. Qayd etish joiz, agarda o'yinchining ikkinchi sariq kartochkasi bo'lmaganida, qoidabuzarlikka neadvekat munosabatda bo'lgani uchun u birato'la ikki marotaba ogohlantirilsa bo'lardi. O'yinchi hurmatsizlik ila noroziligini bir necha bor ishoralar bilan oshkora namoyish etdi.
❌ «Turon» - «Navbahor»
Hakam 11 metrli jarima zarbasi belgilashi lozim edi. O'yinchi raqibini ushlab oldi hamda to'pning o'zidan teskari yo'nalishda harakatlanayotganini ko'rib, raqib oyog'i tomon tashlandi. Penalti uchun kartochka ko'rsatish zarurati yo'q, chunki to'p darvozadan uzoqlashayotgandi hamda futbolchilar darvozaga o'girilgan holda turishgandi.
✅ «Turon» - «Navbahor»
Istiqbolli hujumni buzgani uchun ogohlantirish ko'rsatishga arzigulik vaziyat. O'yinchi tezlik bilan bo'shliqqa intilayotgandi, futbolchilarning joylashish tartibi esa hujumni barbod qilinganidan dalolat beradi. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.
❌ «Turon» - «Navbahor»
Ushbu vaziyat «to'q sariq rangli» kartochkaga loyiq, yani sariq bilan qizil kartochka chegarasini anglatadi. Lekin shaxsan men sariq kartochka bilan cheklangan bo'lardim, chunki o'yinchi dastlab yuqori tezlikda yakkakurashga kirishdi, biroq yakunda oddiy holatda etib bordi. Butsaning tag qismi bilan to'qnashuv mavjud, ammo harakat tezligi pasaygandi, kontaktga esa urg'u berish kerak emas. O'ylashimcha, VAR vaziyatga aralashmasligi kerak edi.
✅ «Turon» - «Navbahor»
Hakam penaltini to'g'ri belgiladi. Futbolchilardan biri hujumda chaqqonroq harakat qildi hamda tanasi va oyog'ini to'pga birinchi tashlashga ulgurdi. Himoyachi esa kechikkan holda raqibini yiqitdi.
❌ «Andijon» - «Metallurg»
Oxirgi harakatlarni inobatga olgan holda hakam golni bekor qilishi lozim edi. Darvozabon bilan yakkakurashda uning qo'llari bilan to'qnashuvga oid kichik kontakt ham ko'pincha etarli bo'ladi. Gol noto'g'ri holatda urildi.
✅ «Andijon» - «Metallurg»
Oldingi vaziyatga o'xshash holat sodir etilgan: vaziyat ogohlantirish va chetlatish o'rtasida, ammo sariq kartochkaga yaqinroq hisoblanadi. Sapchish holati yo'q, o'yinchi yakkakurashga yuqoridan pastga harakatlangan holda qadam tashlab kirishdi, kontakt to'p orqali sodir bo'ldi.
✅ «Andijon» - «Metallurg»
Ushbu vaziyatda zarbaning tasir ko'rsatish darajasi «Metallurg» futbolchisining oyog'iga sherigi tomonidan yo'llangan zarba raqib himoyachisining oyoq qo'yishidan ancha yuqori. O'yinni davom ettirish to'g'ri qaror hisoblanadi.
✅ «Nasaf» - «Olimpik»
Qo'pollikni «suniy» deb atash mumkin: o'yinchi pas berib, raqibiga urilib ketdi. Geografik fol jarima maydoni yaqinida sodir bo'lgan, VAR epizodga to'g'ri hoaltda aralashdi.
✅ «Nasaf» - «Olimpik»
Hakam «Olimpik» o'yinchisini chetlatib to'g'ri ish qildi. Futbolchi oyog'ini haddan ortiq yuqoriga ko'tardi, raqibning bosh qismini bosish harakati mavjud, raqib azosi jiddiy shikastlanishi mumkin edi.
Fikrlar