Superliganing 5 ta, Pro liganing 1 ta klubiga transfer taqiqi qo'yildi

Narzulla Saydullayev
26 dek 2024, 13:22
O'zbekistonning 6 ta klubi qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Futbolchilar maqomi va o'tishi qo'mitasi qarorlari talabiga bepisand munosabatda bo'lib kelayotgani, o'z futbolchi va murabbiylari oldidagi qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagani, shuningdek, futbol klublari hamda hududiy futbol akademiyalari o'rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomalarida mavjud shartlarni bajarmay kelayotgani sababli 6 ta klubga nisbatan transfer taqiqi belgiladi.

Avvalroq O'FA 7 ta klubga mavjud muammoni hal etish uchun muddat bergan va ular orasidan faqatgina "Qizilqum" Assotsiatsiya talabini o'z vaqtida bajargandi. Qolgan olti klub: "So'g'diyona", "Navbahor", "Neftchi", "Dinamo", "Buxoro", "Aral" esa transfer taqiqiga duch keldi. Qo'mita qaroriga ko'ra, ular keyingi ikki ro'yxatdan o'tkazishning to'liq davrlarida milliy hamda xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkaza olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz