So’nggi yangiliklar

21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0

Superligaga qaytgan "Andijon" qay darajada kuchaydi: Yangi murabbiy va rahbariyat, yangi legionerlar ammo to'siq bo'lib turgan eski muammo Yangiliklar

Superligaga qaytgan "Andijon" qay darajada kuchaydi: Yangi murabbiy va rahbariyat, yangi legionerlar ammo to'siq bo'lib turgan eski muammo

Teglar :  SuperligaAndijon
Superliga klublarining yangi mavsumga tayyorgarligi haqidagi turkum maqolalarimizni davom ettiramiz.

O'tgan mavsumda Pro ligada chempionlikni qo'lga kiritgan "Andijon" jamoasi bir yillik tanaffusdan so'ng elitaga qaytdi. Xo'sh, klubda nimalar o'zgardi? "Burgutlar" parvozga shaymi?


Rahbariyat va murabbiylar shtabi 


2022 yil yakunida klub bosh direktori etib Ulug'bek Mirzaev tayinlandi. Ushbu mutaxassis bunga qadar "Bunyodkor" boshqaruvida faoliyat yuritib kelayotgandi. Umuman "Andijon" Ulug'bek Mirzaevga begona emas. Avval jamoada sport direktori lavozimida ishlagan. Viktor Kumikov "Qaysar" taklifini qabul qilgach "Andijon" o'zi uchun tanish bo'lgan Aleksandr Xomyakovni bosh murabbiylikka tayinladi. Murabbiylar shtabi deyarli to'liq yangilandi. Faqatgina Elyor Rahmatullaev va darvozabonlar murabbiyi Qobil Olimjonov qoldi. Anatoliy Kurlaev, Nikolay SHevchenko, Artyom Petrosyan Xomyakovning shtabida ish boshladi. 



Tarkibda kutilgan va kutilmagan nomlar

Jamoaga Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritilishida yaqindan yordam bergan Xurshid Xo'jaev, Zafar Polvonov, Ibrohim Muxtorov, Azamat Isroilov, Ahror Inoyatov, Bobur Davlatov, Goron Miloyko, Bogdan Milich, Malikshoh Rasulov va Ahmad Anvarov yangi mavsumni boshqa klublarda o'tkazishadi. Bu futbolchilar orasidan Bogdan Milichni jiddiy yo'qotish deyish mumkin.  Ketganlarning o'rni Farhod Bekmurodov, Sardor Azimov, Sardor Abdunabiev, Igor Litovka, Nodari Kavtaradze, Levan Arveladze, Axtam Nazarov, Dilshod Komilov, Bobur Farhodov hamda Rubin Xebay bilan to'ldirildi. Aytish mumkinki, Superligada 14ta jamoa orasida faqat "Andijon" legionerlar limitidan to'liq foydalandi. 

Yig'inlar davomida kuchaytirilishi lozim bo'lgan poziciya hujum edi. CHunki o'rtoqlik uchrashuvlaridan ham bilish mumkin ediki vaziyatlarni golga aylantiradigan, gol xidini sezadigan forvardga ehtiyoj sezilayotgandi. Nomzodlar orasida argentinalik Federiko Andrada favorit bo'lib turgan, jamoaga qo'shilish arafasida edi. Yakunda murabbiylar shtabi va rahbariyat o'zaro hamjihatlikda Rubin Xebay variantida to'xtaldi.  Albaniyalik hujumchi so'nggi pallada jamoaga kelib qo'shildi. Umumiy qilib aytganda barcha poziciyalarda raqobat borligini aytish mumkin. 



Angrenda boshlanib Antaliyada tugagan yig'in

Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni Angren shahri Dukent shaharchasida va Turkiyaning Antaliya shahrida olib bordi. 27 yanvar - 17 fevral sanalarida xorijda davom etgan yig'inda jami 7 ta nazorat uchrashuvi tashkillashtirildi. 31 yanvar


“Andijon” – “CHiksereda” (Ruminiya) – 0:0

3 fevral

“Andijon” – “Fakel” (Rossiya) – 1:4

8 fevral

“Andijon” – “Volga” (Rossiya) – 0:4

12 fevral

“Andijon” – “Veles” (Rossiya) – 5:1

Gollar: Suhrob Berdiev (dubl), Sardor Azimov, Nodari Kavtaradze, Bobur Farhodov.

“Andijon” – “Samtredia” (Gruziya) – 0:0

15 fevral

“Andijon” – “Rodina” (Rossiya) – 0:0

“Andijon” – “Petrokub” (Moldova) – 0:0


Taktika va uslub 

Aleksandr Xomyakov qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarida turli taktikalarni sinovdan o'tkazib ko'rdi. Dastlabki o'rtoqlik uchrashuvlarida biroz ochiq va hujumkor taktikada harakat qilgan bo'lsa, so'nggi o'yinlarga kelib tartibli, raqibdan kelib chiqib uslub tanlandi. Xomyakov himoya chizig'ining chidamliligini tekshirib oldi. Bu mavsumda Ildar Mamatkazin va Vladimir Bubanya mudofaa markazida katta hajmdagi ishni bajarishadi.  Qolaversa, universallashgan Dilshod Komilov ham bor. Qanotlarda Ilhom Alijonov, Ahtam Nazarov, Abduvohid G'ulomov harakat qiladi. Darvozada Eldor Adhamov va ukrainalik Igor Litovka navbati bilan tursa kerak. Yarim himoyada raqobat yaxshigina yuzaga kelgan Farhod Bekmurodov, Levan Arveladze, Nodari Kavtaradze, Sardor Azimov, Farhod Sohibjonov harakat qilishadi.  Hujumda Bobur Farhodov, SHahboz Erkinov, Rubin Xebay, Suhrob Berdiev muhim figuraga aylanadi. Yig'inlar davomida oldingi chiziqda kombinacion o'yin yaxshilandi, jamoa ko'p vaziyatlar yaratyapti. Quruq uzun paslar yoki standart vaziyatlarga bog'lanib qolmagan. Kerakli pallada jarima maydonchasi atrofida ko'pchilik bo'lib hujum tashkil qilmoqda. 



Xalqaro aloqalar 

"Andijon" klubi rahbariyati Antaliyadagi yig'indan maksimal foydalanish maqsadida "Antalyaspor" klubi bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ydi. Bunda ikki tomon o'rtasida 11 banddan iborat memorandum imzolandi. "Andijon" jamoasining 60 yillik yubileyiga  "Antalyaspor" tashrif buyurishi kelishib olindi. Bu borada shaxsan klub prezidenti Aziz CHetin tashabbus ko'rsatishini aytib o'tdi.

"Xudo xohlasa boramiz. Axir biz hamkorlikni yo'lga qo'ydik. SHunday ekan, borishga harakat qilamiz. Bizning homiyimiz “Corendon Airlines” aviakompaniyasi hisoblanadi. Odatda biz qaerga borsak ham o'zimizning samolyotda parvoz qilamiz va Andijonga ham shaxsiy samolyotimiz orqali etib boramiz",- deydi Aziz CHetin. 

 


Klubning qaydnomasi hamon elon qilingani yo'q

"Andijon"ning oyog'iga bolta urib turgan asosiy muammo bu PFL oldidagi qarzdorlik. Bilishimizga qaraganda gap turli jarimalardan qolgan qarzlar haqida ketmoqda. SHu sabab ham PFL jamoaning futbolchilarini hali ro'yxatdan o'tkazmagan.  Liga 14ta jamoadan faqat "Andijon"ning mavsum uchun qaydnomasini elon qilmadi. Malumot uchun jamoa ilk turni 4 mart kuni mehmonda "Nasaf"ga qarshi o'tkazadi. 


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика