So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

Superligaga 11 fevral kuni jonli efirda qura tashlanadi Yangiliklar

Superligaga 11 fevral kuni jonli efirda qura tashlanadi

Avvalroq qura 10 fevral kuni bo'lib o'tishi malum qilingandi.

Ammo malum sabablar tufayli O'zPFL jarayonni 1 kunga kechiktirdi. 

Bungacha qura jarayoniga barcha klub vakillari taklif etib kelinayotgandi. Ammo hozirda Superliganing qator klublari xorij yig'inida bo'lib turibdi. Yanvar oyida futbolchilari asosan terma jamoalar bilan birga bo'ldi. Mavsumga oz qolayotganidan kelib chiqib, O'zPFL klublarning tayyorgarlik jarayoniga bevosita tasir o'tkazishni istamadi. 

SHuningdek, joriy mavsumdan boshlab futbol klublarining o'z yillik smetasini O'FA bilan kelishishi amaliyoti yo'lga qo'yildi. Unga qadar esa klublar o'z futbolchilarini O'zPFL ro'yxatidan o'tkaza olmaydi. Buning natijasida futbol klublari o'tgan yilning 6 dekabr sanasidan boshlab ochiq turgan transfer oynasi davomida roppa-rosa ikki oy yo'qotishlariga to'g'ri keldi. Oldindagi 18 kun davomida ular barcha masalaga ulgurishlari talab etiladi. 

SHularni inobatga olib, Superliga qura marosimi “Sport” telekanali studiyasi orqali jonli efirga olib chiqiladi. Qura haqqoniy o'tayotganini nazorat qilish uchun unga klublarning Toshkentda bo'lib turgan bir qator vakillari ham taklif etiladi. 

Xabaringiz bor, ayni kunlarda “Sport” Xitoyda davom etayotgan qishki Olimpiada o'yinlarini namoyish qilyapti. Yuqoridagi holatlar sabab telekanal va O'zPFL kelishib, qura marosimini 1 kun keyin 21:30 da efirga olib chiqishga qaror qildi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика