So’nggi yangiliklar

12:05Шерзод Файзиев қаерда?   2 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  4 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  2 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  5 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  14 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  24 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  6 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  6 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  6 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1

Superligadagi "oltin ochkolar" foydami yoki zarar? Yangiliklar

Superligadagi "oltin ochkolar" foydami yoki zarar?

Ko'pchilik ishqibozlarni yangi mavsumda start olishi kutilayotgan Superligada 32 tur bo'lishi va 4 davrali tizim qanday o'tishi qiziqtirmoqda.

Superligada 12ta jamoa dastlab ikki davrali tizimda bellashadi va yakunda jamg'arilgan ochkolarga ko'ra 1-6 o'rinni band jamoalar alohida "A" guruhiga ajratiladi. Qolgan 7-12 o'rinni egallagan jamoalar esa "B" guruhidan joy oladi.

Ikkinchi davra 22-turdan keyin yakunlanadi va 23-turdan uchinchi davraga start beriladi. Dastlabki 1-2 davralar 11 turdan iborat bo'lsa, jamoalar ikkita guruhga ajratilgan so'ng 3-4 davralar 5 turdan iborat bo'ladi. SHu tariqa Superliga jami 32 tur davom etadi.

"A" guruhiga tushgan olti jamoa chempionlik uchun kurashsa, "B" guruhidagi jamoalar Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritishadi.

"Oltin ochkolar" qoidasi qanday?
"A" va "B" guruhiga tushgan jamoalarning 1-2 davrada to'plagan ochkolar kuyib ketadi. Faqatgina 1-6 yoki 7-12 o'rinlarni olgan jamoalarning o'zaro uchrashuvlaridagi to'plagan ochkolar hisoblanadi va shunga ko'ra jamoalar o'z guruhlarida o'rinlarga bo'linadi. Yani, masalan chempionlik uchun kurashadigan "A" guruhi vakillari "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Nasaf" yoki "Paxtakor"ning 1-2 davradagi o'zaro o'yinlari haqiqiy finalga aylanib ketadi. Yoki "B" guruhiga tushib qoladigan jamoalarning o'zaro to'qnashuvlari 3 emas, balki 6 ochkolik bahsga aylanib ketadi.

"Oltin ochkolar" foydalimi yoki zarari ko'proqmi?
Kimdir bu "oltin ochkolar" qoidasi 1-2 davrada autsayder va etakchilar o'rtasidagi o'yinlarning intrigasiga putur etkazadi deb hisoblasa, yana kimdir bu etakchilar va autsayderning 1-2 davradagi o'zaro to'qnashuvini yanada bezashiga shama qilmoqda.

Aslidachi? To'g'ri, masalan "Qizilqum"ni oltitalikka kirishiga ko'zi etmasa, ular "A" guruhidan joy oladigan jamoalar bilan katta ishtiyoq bilan o'ynamasliklari mumkin. Yani, oltitalikdagi jamoalardan olinadigan ochkolar keyinchalik 3-4 davrada "B" guruhida hech qanday naf bermaydi. Turnir jadvali etibori bilan qaralsa, ha, bu o'yin ular uchun ahmiyatsizga aylanishi mumkin. Lekin o'rtaga qo'yiladigan mukofot puli baribir jamoaga kerakli motivaciyani bera oladi, chamamda.

Superliga taqvimi loyihasi tayyor,  jahon chempionati paytida o'yinlar bo'lmaydi

Superliga — 2018. Mavsumning to'liq taqvimi

SHuningdek, Superligada eski "o'yinlar"ga butkul barham berilishiga katta ishonch bor. Bunga etarlicha sabablar mavjud. Gap bunda ham emas, 1-2 davra mobaynida baribir bazi o'yinlar turnir jadvali jihatidan u qadar muhim ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Buni hech kim inkor etolmaydi. Lekin masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Yani o'sha "Qizilqum"ga agar "Lokomotiv" bilan bellashuv ochko etibori bilan muhimligini yo'qotsa, "A" guruhiga tushadigan "Loko"ga ham "Qizilqum"ga qarshi to'qnashuv o'z-o'zidan ahamiyati yo'qotadi. Aksincha, etakchilar va autsayderlarning o'zaro to'qnashuvlari haqiqiy dramatik "jang"larga aylanib ketadi. Bu hali shunchaki xamir uchidan patir. Yani, 1-2 davradagi shedevr o'yinlarning 3-4 davra oldidan beradigan "avansi" bo'ladi.

Haqiqiy Superliga havosidan esa jamoalar "A" va "B" guruhiga bo'linganidan keyin nafas olamiz. Bu erda esa bazilar aytayotgan o'tkinchi o'yinlar juda katta ehtimol bilan butkul yo'qoladi. Buyog'iga "Lokomotiv" yoki "Paxtakor" uchun ham har bir o'yin shunchaki o'tmaydi. 3-4 davrada hech bir jamoaga ochkolar kafolatlanmaydi. Bu xoh chempionlik uchun kurashadigan "A" guruhida bo'lsin, xoh "B" guruhida bo'lsin. Jami 10 tur davom etadigan ikkita davra muxlislar eng sara va dramatik bahslarni guvohiga aylanishadi. Yaqindagina yozgan maqolamda chempionlik uchun kurash asosan "Lokomotiv" va "Paxtakor" o'rtasida kechishi hamda "Bunyodkor" yoki "Nasaf"ning bu borada imkoniyatlari nisbatan anchagina pastligi aytgandim. Tarkibdagi nomlar, zaxira uzunligi va jamoalarning moliyaviy holati etibori bilan qilingan xulosa bu. 

Lekin "oltin ochkolar" qoidasi bu borada "Nasaf" yoki "Bunyodkor"ning ham hali chempionlik uchun tom manoda kurashishiga zamin yaratadi. Masalan, "Bunyodkor" jamoasi Qosimov boshchiligida etakchilar bilan har qanday tarkibda bo'lmasin munosib o'ynay olgan va bu ularni qo'lidan keladi. Yani, "Bunyodkor" har qanday sharoitda etakchi jamoalarni mag'lub etib kelgan. Va aynan mana shu "oltin ochkolar" qoidasi bu borada ularga qo'l kelishi mumkin. Yoki "Nasaf", "Navbahor" va "Buxoro" jamoalarida ham baribir nazariy jihatdan imkoniyatlar bo'ladi. CHunki yuqori nomi tilga olingan jamoalar ham o'z uylaridagi bahslarda istalgan jamoalarga qarshilik qilishga qodir.

"Oltin ochkolar" qoidasining zararidan ko'ra foydasi juda ko'p. Ehtimoliy zarari ham 1-2 davradagi bazi o'yinlarning ahamiyati pasaytirib yuborishi mumkin. Undan ortig'i emas.

Eng muhimi, bu "oltin ochkolar" qoidasining bizga taqdim etayotgan eng katta sovg'asi - intriga. Aynan chempionatimizdan uzoqlashib qolgan intriga va nisbatan qog'ozda chempionlik uchun imkoniyatlari pasayib qolgan jamoalarga qo'shimcha motivaciya beradi. Yani, bu qoida chempionlikni muddatidan avval hal etib qo'yadigan salohiyatga ega jamoalarni bo'shashishiga yo'l qo'ymaydi. Superligada chempionlik uchun kurashadigan jamoa chinakamiga ter to'kishiga to'g'ri keladi. 1-2 davradagi yakuniy jadval esa hech narsani hal etmasligi mumkin. CHempionlik uchun qanchalik kuchaysa, narigi guruhda Superligada jon saqlab qolish uchun ham "jang" avjiga chiqadi. CHunki "B" guruhida (7-12) 12-o'rinni band etadigan jamoa to'g'ridan-to'g'ri Pro Ligaga tushib ketsa, 11-10 pog'onadagi jamoalar Pro liganing 2-3 o'rinlaridagi raqiblari bilan Superligaga o'tish o'yinida ishtirok etishadi.

Kamiga PFL yangi mavsumdan Superligada titul homiy paydo bo'lishi va har bir o'rinlar uchun pul mukofotlari joriy qilinishini vada qilgan.

Bahorda start oladigan Superligani intiqlik bilan kutish uchun sabablar juda ko'p. Hozirdanoq Superliga qanchalik "qaynoq" bo'lishi mumkinligi esa muxlislardagi futbolga chanqoqni yanada oshirayotgani aniq. 2018 yil futbolimiz uchun o'zgacha boshlandi. CHempionatimiz ham butkul boshqacha ko'rinishda va o'zgacha ruhda o'tishiga katta ishonch mavjud.

Buyog'iga muxlislarimiz ham stadionlarni to'ldirib o'tirishlari, o'zgacha muhit yaratishlari juda muhim. Zero, qilinayotgan barcha ishlar avvalo muxlislar uchun!

Muallif :
Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика