Superligada ikkinchi o'rin masalasi hamon ochiq. Kumush medallarni kim qo'lga kiritadi?
22 noy 2021 21:59
Yangiliklar
Superligada ikkinchi o'rin masalasi hamon ochiq. Kumush medallarni kim qo'lga kiritadi?
Kumush medallar uchun uchta jamoa kurash olib boryapti: AGMK, "Nasaf" va "So'g'diyona". 25-tur yakunlariga ko'ra, AGMK hisobida 47 ochko bor. "Nasaf" 45 ochko to'plagan bo'lsa, "So'g'diyona" 44 ochko bilan hamon ikkinchi o'rin uchun o'z imkoniyatini saqlab turibdi.
So'nggi hal qiluvchi turda AGMK o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qiladi. "Nasaf" esa Qarshida "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib boradi. Ko'rib turganingizdek, oxirgi turda istalgan voqea ro'y berishi mumkin.
To'alar nisbati AGMKda +10, "Nasaf"da +20, "So'g'diyona"da esa +12. Endi bu uchta jamoaning o'zaro o'yinlarini oladigan bo'lsak, AGMK birinchi davra "So'g'diyona" bilan Jizzaxda 0:0 o'ynagan. "Nasaf"ga qarshi har ikkala bahs 1:1 hisobida yakun topgan. "So'g'diyona" esa Qarshida 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, o'z maydonida 1:1 qayd etdi.
Xullas, oxirgi tur oldidan turnir jadvalida juda qiziq holat yuzaga kelgan. Sizningcha, Superligada ikkinchi o'rinni kim oladi?
Fikrlar