So’nggi yangiliklar

09:38Париж сари «юриш» бошланди. Ўзбекистон U-23 — Малайзия U-23 ўртасидаги учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 09:10EЧЛ. Ҳафта футболчиси бўлишга номзодлар эълон қилинди  5 08:46Гвардиола: «Ман Сити» бугун ҳар томонлама ажойиб эди»  22 08:20Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 07:53EЧЛ. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match»лари маълум  14 07:37БАА чемпионати. «Шабаб Ал Аҳли» меҳмонда мағлуб бўлди. Ғаниев захирадан майдонга тушди ва ассист қайд этди  0 04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   10 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   2 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   1 04:25U-23 Осиё кубоги. Вьетнам - Кувайт 3:1   0 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" пенальтилар сериясида "Ман Сити"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди! Финал остонасидаги рақиб - "Бавария"  403 01:56ЕЧЛ. Киммихнинг голи "Бавария"ни ярим финалга олиб чиқди  32 01:00"Манчестер Юнайтед" форварди ёзда клубни эркин агент мақомида тарк этади  2 23:54Малайзия ОТЖ бош мураббийи: "Бугун мусобақанинг энг кучли жамоаларидан бирига қарши ўйнадик"  0 23:35U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Малайзия 2:0   1

Superligada gol urgan va urmagan hujumchilar Yangiliklar

Superligada gol urgan va urmagan hujumchilar

Ayni payt Superligada birinchi davradan so'ng oraliq tanaffus yuzaga kelgan. Bu esa birinchi davra yakuni borasida bazi mulohazalarni berishga undaydi.

Quyida birinchi davra yakunlariga to'xtalgan holda Superliga klublarida to'p tepgan hujumchilarga to'xtalib o'tamiz. 

13 turda 15ta gol 

SHu o'rinda "Paxtakor" hujumchisi Dragan CHeranga qoyil qolmay iloj yo'q. Serbiyalik futbolchi ortda qolgan 13 turda 15ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va birinchi davraning eng yaxshi to'purariga aylandi. CHeran gol urish borasida eng yaqin uch nafar taqibchisidan 6ta golga o'zib ketdi. Uch nafar taqibchisi deganimiz "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov, shu yil "Navbahor"ga kelib qo'shilgan Aleksandr Kasyan hamda "Mashal"dan "Nasaf"ga ko'chib o'tgan Xumoyun Murtazoev hisobida bir xil 9tadan gol bor. 

Dragan CHeran "Nasaf"da o'ynagan payti ham jamoa etakchilaridan biri edi. Faqat unda hozirgidek ko'p gol urmasdi. "Paxtakor"ga o'tgach serbiyalik hujumchida imkoniyat kengaydi. Murabbiy undan erkin o'yinchi sifatida foydalana boshlanadi. CHeran hozir hujumda ham, Sergeev maydonga tushgan taqdirda hujumchi ortida ham o'ynamoqda. Bir so'z bilan aytganda aynan u jamoasining hujumdagi harakatlarini boshqaryapti. 



To'purarlar poygasiga nazar 

Aytib o'tganimizdek, to'purarlar poygasida birinchi davradan keyin "Paxtakor" hujumchisi Dragan CHeran peshqadamlik qilyapti. Uning hisobida 15ta gol bor. Keyingi o'rinlarni 9ta gol bilan Temurxo'ja Abduxoliqov, Aleksandr Kasyan va Xumoyun Murtazoev egallab turishibdi. AGMK hujumchisi Zafar Polvonov 8ta gol urgan bo'lsa, "Bunyodkor" vakili Xurshid G'iyosov 7 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Undan keyin yana "Paxtakor"ning ikki futbolchisi - Marat Bikmaev 6ta, Igor Sergeev 5ta gol bilan borishmoqda. SHuningdek, "Dinamo" hujumchisi Qadamboy Nurmetov ham 5 marta o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. 

Mana shu erda ozgina pauza qilamiz. CHunki to'rttadan gol urgan futbolchilar orasida nafaqat hujumchi, balki yarim himoyachilar ham bor. Dastlab 4tadan gol urgan hujumchilarni keltirib o'tsak: Elguja Grigalashvili ("Qizilqum"), SHahboz Erkinov ("Qo'qon-1912"), SHohruz Norxonov ("So'g'diyona") va Ro'zimboy Ahmedov ("Andijon"). Bu hujumchilardan tashqari AGMK yarim himoyachisi Dilshod Jo'raev bilan qo'qonliklar vakili Suhrob Berdiev, shuningdek "Nasaf" yarim himoyachisi Dilshod Saitov ham 4tadan gol urishgan. 



Kimda samaradorlik qancha? 

Quyida Superliga jamoalarining birinchi davrada nechta gol urgani-yu, bu gollarga hujumchilar qancha hissa qo'shganini hisoblab chiqamiz. Bu o'rinda klublarning turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqqan holda har bir jamoaga alohida to'xtalamiz. 

"Paxtakor" 

"Paxtakor" birinchi davrada eng ko'p gol urgan jamoa bo'ldi. "SHerlar" 37 bor to'p kiritishning uddasidan chiqishdi. Bu esa har bir o'yinga 2,84tadan gol to'g'ri kelyapti. Mana shu 37 goldan 28tasi hujumchilarga tegishli bo'ldi. Bu esa "Paxtakor" hujumchilarining sermahsulligini ko'rsatyapti. Dragan CHeran 15ta, Bikmaev 6ta, Sergeev 5ta va SHohruh Mahmudhojiev 2 bor gol muallifi bo'lishdi. Yani jamoaning 75 foiz golini hujumchilar kiritgan. 

"Lokomotiv" 

O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" mavsum birinchi yarmida 24ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu har bir o'yinga 1,84tadan gol degani. Lekin shu gollardan faqat 9tasi hujumchiga tegishli. Yani Superliganing birinchi davrasida "Loko" safida Temurxo'ja Abduxoliqovdan boshqa hujumchi gol urgani yo'q. Qolgan 15ta golni boshqa chiziq vakillari raqib darvozasiga kiritishdi. 

Demak, jamoaning 37,5 foiz goli hujumchiga tegishli bo'lib chiqyapti. Loko hujumchilaridan Filipp Rayevac birinchi davrada umuman o'zini ko'rsata olmadi. Alisher SHog'ulomov mavsum boshlanmasdan ketib qolgan bo'lsa, Vladislav Fomin o'rinbosarlar tarkibida harakat qildi. 



"Nasaf" 

"Nasaf" avvalgi yillari ko'p gol urardi. Negadir bu yil sermahsullik pasayib ketgandek. Buni jamoa tarkibi ancha yoshargani bilan izohlash mumkin. "Nasaf" hisobida hozircha 18ta gol bor. SHundan teng yarmini hujumchi Xumoyun Murtazoev kiritgan. Kasbilik hujumchi jamoaning 50 foiz to'pini kiritdi desa bo'ladi. Yana bir hujumchi Bobir Abdixoliqovning birinchi davrada omadi kelmadi. 

"Navbahor" 

Yuqori o'rinlar uchun harakat qilayotgan "Navbahor" 21ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHu gollardan 9tasi Aleksandr Kasyanga tegishli. Yana bir hujumchi Bahodir Nasimov birinchi davrada gol urmay jamoani tark etdi. Agar Kasyan urgan gollarni foiz bo'yicha olib qarasak, 42,85 foizi hujumchiga tegishli bo'lyapti. "Navbahor"ning har bir o'yindagi gollari o'rtacha 1,61ga to'g'ri keldi. 

"Bunyodkor" 

Yil boshida "Bunyodkor"ning Superligada qanday ishtirok etishi mavhum edi. Jamoa hatto Proligaga ravona bo'ladi deyishgandi. Lekin klub oyoqqa tura oldi, buning ustiga klub rahbariyati tajribali murabbiylardan biri Vadim Abramovni taklif etdi. Abramov boshchiligidagi jamoa o'zini ko'rsata olyapti. 

Birinchi davrada 16 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan "Bunyodkor" Superligada eng yaxshi ko'rsatayotgan jamoalardan biri bo'lib turibdi. Mana shu 16 goldan 10tasi hujumchilarga tegishli. Xurshid G'iyosov 7ta va Mirjahon Mirahmadov 3ta gol urdi. 62,5 foiz golni hujumchilar urgan bo'lib chiqyapti. 



"Surxon" 

Superliga debyutanti "Surxon" birinchi davrada 14ta to'p kiritishning uddasidan chiqdi. Lekin shundan 3tasi hujumchiga tegishli. Jamoa safida harakat qilayotgan Abdulaziz Yusupov 3 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Azamat Allaniyazov bilan Sarvar Solievning bu borada omadi kelmadi. Ular birorta ham to'p kirita olishmadi. Jamoaning 21,42 foiz goli hujumchiga tegishli bo'lyapti. 

"Dinamo" 

Superliganing yana bir debyutanti "Dinamo" birinchi davrada o'z muxlislarini xushnud eta oldi. Samarqandliklar Davron Fayziev qo'l ostida ancha dadil harakat qilishdi. Jamoaning gollari hozircha 16tani tashkil etyapti. Va shu gollardan teng yarmi hujumchilarga yozildi. Qadamboy Nurmetov 5 marta to'p muallifi bo'lgan bo'lsa, Amirjon Safarov 2ta va Sanjar Baratov 1ta gol urishdi. Demak, "Dinamo" urgan gollarning 50 foizi hujumchilarga tegishli bo'lib chiqyapti. 

"So'g'diyona" 

Jizzaxliklar ham birinchi davrada 16ta gol urishdi. SHu gollardan 7tasi hujumchilarga yozildi. SHohruz Norxonov hisobida hozircha 4ta gol bor. Nikola Milinkovich 2 bor to'p kiritgan bo'lsa, yana bitta gol Doston Toshmatovga yozilgan. Demak jamoa urgan gollarning 43,75 foizi hujumchilarga tegishli bo'lib turibdi. 



"Metallurg" 

Bekobodning "Metallurg" klubi birinchi davrani o'rtacha o'tkazdi. Jamoa 15ta gol urishning uddasidan chiqdi. Va shundan 6tasi hujumchilarga tegishli. Jamoaning avvalgi yillardagi to'purari Zohid Abdullaev hozircha 2ta gol urdi. Bahodir Pardaev hisobida ham 2ta gol bor. Islom Isoqjonov bilan Sergey Tumasyan bir martadan o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi. Jamoa urgan umumiy golning 40 foizi hujumchilarga tegishli bo'ldi. 

AGMK 

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi AGMK birinchi davrani ko'ngildagidek o'tkaza olmadi. Olmaliqliklar 16 marta to'p kiritishdi. Jamoa to'purari Zafar Polvonov 8 bor gol muallifi bo'lgan bo'lsa, SHahzod Nurmatov atigi 1ta gol urdi. Jamoa urgan gollarning 9tasi hujumchilarga tegishli bo'ldi. Bu esa 56,25 foiz golni hujumchilar kiritgan bo'lib chiqyapti. 

"Qizilqum" 

Navoiyning bosh jamoasi "Qizilqum" birinchi davrada 14 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. SHu gollardan 4tasi Elguja Grigalashvili va 3tasi Medina Smit hisobida. O'zimizning mahalliy hujumchi Murod Bobojonov bitta gol urdi. Bundan ko'rinib turibdiki, "Qizilqum" urgan gollarning 8tasi, yani 57 foizi hujumchilarga tegishli. 

"Buxoro" 

"Buxoro" bu yil o'zini ko'rsata olmayapti. Jamoa azolari 8ta gol urishning uddasidan chiqishgan xolos. Va mana shu gollardan 2tasini hujumchi Ivan Nagaev urgan. Endi foiz bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak, 25 foiz hujumchi gol urgan bo'lib chiqyapti. 



"Andijon" 

Superliga debyutanti "Andijon" ham birinchi davrada ko'p to'p kirita olmadi. Jamoa hisobida 10ta gol bor. SHu gollardan 7tasi hujumchilarga tegishli. Ro'zimboy Ahmedov 4 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, SHahzod Ubaydullaev 3 marta gol muallifi bo'ldi. Demak, jamoa urgan gollarning 70 foizi hujumlar hisobida. 

"Qo'qon-1912" 

Va nihoyat Superliga turnir jadvalining oxirgi pog'onasida borayotgan klubga ham etib keldik. "Qo'qon-1912" o'tgan yil birinchi davrani hartugul yaxshi o'tkazgandi, ammo bu yil negadir omadi kelmadi. Qo'qonliklar 14ta gol urishdi. SHundan 4tasi hujumchi SHahboz Erkinovga tegishli. Jamoada boshqa hujumchilar gol urmadi. Foiz bo'yicha jamoa urgan gollarning 28 foizi hujumchiga qarashli bo'lib qolyapti. 



Gol urmagan hujumchilar 

Superliganing birinchi yarmida gol urmagan hujumchilar ham bor. Quyida omadi chopmagan hujumchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz. 

Firdavs Asadov ("Buxoro") - 8 o'yin, 311 daqiqa. 

Bobir Abdixoliqov ("Nasaf") - 7 o'yin, 297 daqiqa. 

Sardor Sulaymonov ("Andijon") - 8 o'yin, 239 daqiqa. 

Doniyor Usmonov ("Metallurg") - 4 o'yin, 214 daqiqa. 

Bahodir Nasimov ("Navbahor") - 10 o'yin, 200 daqiqa. 

Timur Usmonov ("Qo'qon-1912") - 7 o'yin, 186 daqiqa. 

SHahboz Jumaboev ("Andijon") - 6 o'yin, 185 daqiqa. 

Jasur Hakimov (AGMK) - 6 o'yin, 178 daqiqa. 

Mahmud Qudratillaev ("Metallurg") - 2 o'yin, 144 daqiqa. 

Filip Rayevac ("Lokomotiv") - 9 o'yin, 130 daqiqa. 

Vohid SHodiev ("Dinamo") - 5 o'yin, 113 daqiqa. 

Akobir To'raev ("Buxoro") - 6 o'yin, 107 daqiqa. 

Vladislav Nuriev ("Bunyodkor") - 4 o'yin, 71 daqiqa. 

Azamat Allaniyazov ("Surxon") - 5 o'yin, 59 daqiqa.

Temur Hakimov ("Qo'qon-1912") - 3 o'yin, 55 daqiqa. 

Vladislav Fomin ("Lokomotiv") - 2 o'yin, 53 daqiqa. 

Ko'rib turganingizdek, gol urmagan hujumchilar orasida Firdavs Asadov, Bobir Abduxoliqov, Doniyor Usmonov, Jasur Hakimov, Filipp Rayevac, Vohid SHodiev, Akobir To'raev, Azamat Allaniyazov kabi muxlislarga yaxshi tanish nomlar bor. 

Albatta, foiz bo'yicha olib qaraganda aksar jamoalarning gollari hujumchilarga tegishli bo'lib chiqyapti, lekin baribir Superligada "portlovchi" hujumchilar kam qoldi. 

SHu bois ham eng yaxshi hujumchi kim degan savolga ko'pchilik Temurxo'ja Abduxoliqov, Igor Sergeev va Xumoyun Murtazoev deyishdan nariga o'tmayapti. 

X.Xoliqov.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика