So’nggi yangiliklar

14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  2 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  12 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3

Tarixda ilk bor. Superligada futbolchilar va murabbiylar oldida qarzdor bo'lgan klub qolmadi Yangiliklar

Tarixda ilk bor. Superligada futbolchilar va murabbiylar oldida qarzdor bo'lgan klub qolmadi

Ayni vaqtda Professional futbol ligasida klublar ish haqini bermay kelayotgan futbolchi yoki murabbiylardan shikoyat arizalari mavjud emas.

SHu kungacha tushgan arizalarning barchasi atroflicha o'rganib chiqilib, qarzdorliklar bartaraf etildi.

1 yil avval ham 2014 yillardan qolib kelayotgan pullarini ololmay, FIFAga davo arizalarini kiritgan o'nlab xorijiy futbolchilar mavjud edi. O'zimizning mahalliy futbolchi va murabbiylar esa yuzdan ziyodni tashkil qilayotgandi. O'tgan vaqt ichida Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita hamda O'zPFL jiddiy mehnat qildi. Natijada klublar barcha qarzdorliklarni bartaraf qildi.

FIFA nizomiga ko'ra, davo muddati ikki yilni tashkil qiladi. Bundan-buyog'iga shartnomalar masalasi jiddiy nazoratda bo'lsa, klublar rahbariyati o'z ishiga masuliyat bilan yondoshsa, ishlar ancha iziga tushishi mumkin. Fursatdan foydalanib, ayni vaqtda futbol klublariga rahbarlik qilayotganlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Albatta, o'tgan 1 yil ichida ular bilan juda ko'p sen-menga borildi, ammo oxir-oqibat huquqlari paymol etilgan futbolchi va murabbiylarning haqlari undirib berildi. Klublarning ayni vaqtdagi rahbarlari o'zlaridan avval faoliyat olib borgan rahbariyat yo'l qo'ygan kamchiliklar xunini to'ladi. Endilikda ularda oldinga intilish, kelajak rejalarini qilish uchun imkoniyat bo'lishi mumkin. Axir elkasini bosib turgan qarzlardan qutilish kishiga engillik berishi malum.

Klublar va O'zPFL bu ishga qanday holatda erishganini keyingi postlarda yozib boraman. Agar shartnomalar kulguli emas, professional bo'lsa, futbolchilar ham, klublar ham shartnomalarni hurmat qilsa va unga rioya qilsa, korrupciya kamaysa, futbolchilar, rahbarlar, murabbiylar yilda bir marta mehnat tatiliga chiqarilsa, ishlar ancha joyiga tushishi mumkin.

P.S. Klublar oldin eski qarzlarini to'lab berdi. Oldinda ularning O'zPFL bilan hisob-kitoblari bor. O'tgan mavsumning ayrim sovrindorlari endi shu masalaga ham etib kelsa, O'zPFL ularga mukofot pullarini ham o'tkazib berishga tayyor. O'sha pullar endilikda qarzlarni yopish uchun emas, bugungi vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qilishi mumkin.

1 yillik mehnatimiz samarasidan xursandmiz," - deb yozadi PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика