So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Superligada 2019 yilning eng chiroyli goli muallifi Muzaffar Muzaffarov 25 yoshga to'ldi Yangiliklar

Superligada 2019 yilning eng chiroyli goli muallifi Muzaffar Muzaffarov 25 yoshga to'ldi

Bugun shuningdek “Qo'qon-1912”ning yana bir azosi yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarovning tavallud kuni.

2016 yilgi mavsumning kashfiyot futbolchilaridan biri, o'z vaqtida Ispaniyaning “Real Madrid” akademiyasida amaliyot o'tagan futbolchi 25 yoshga to'ldi. Hozirga qadar “Sug'diyona”, “Neftchi”, AGMK, “Metallurg” klublarida harakat qilgan futbolchi qishki transferlar vaqtida “Qo'qon-1912”ga ko'chib o'tdi. 

2018 yilda olmaliqliklar bilan O'zbekiston kubogida zafar quchdi. O'sha mavsum ikkinchi davrasida Viktor Kumikovning o'rniga tayinlangan Baxtiyor Ashurmatov jamoani sovrin sari etaklagandi. Finalda esa kuchli tarkibga ega “Paxtakor” ishonchli 3:1 hisobida taslim etilgandi. Uzoqdan kuchli zarbalari bilan ko'p marotaba darvozabonlarga bosh og'riq bo'lgan futbolchi bekobodliklar safida ham o'zini ko'rsata oldi. Muzaffar 2019 yil PFL talqiniga ko'ra Superligada mavsumning eng chiroyli goli muallifi deb topildi.

Amalda esa terma jamoa murabbiyi Vadim Abramovning nazariga tushdi va Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o'yinlar oldidan kengaytirilgan tarkibga kiritildi. Malumot o'rnida aytib o'tish joizki, Muzaffarov . Malumki Muzaffar Muzaffarov taniqli murabbiy, “Paxtakor”, “Neftchi” jamoalarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan Murod Ismoilovning o'g'li hisoblanadi. Uning akasi Islom Ismoilov esa hozirda “Turon” jamoasi ustozi bo'lib ishlamoqda.


Akramjon Mamadaliev (“Qo'qon-1912” jamoasi matbuot va marketing bo'limi boshlig'i): Mana 2015 yildan ber ushbu jamoada ishlab kelayotgan bo'lsam jamoani shakllantirayotgan rahbarlar yoki murabbiylar bilan maslahatlashganimizda doim Muzaffarni nomi tilga olinardi. Oxirgi ikki, uch yilda uni safimizga qo'shib olishni iloji bo'lmadi. Mana, bu yil niyatimizga etdik. Qaysi jamoa tarkibida bizga qarshi o'ynagan bo'lsa darvozamizga juda chiroyli gollarni urgan. Endi mana shunday shedevr gollarni jamoamiz libosida urib muxlislarga zavq ulashadi deb o'ylaymiz. Muzaffarga Qo'qondagi faoliyatida omad tilayman va barchani nomidan tabriklab qolaman.

Quvondiq Ro'ziev (“Qo'qon-1912” futbolchisi): Jamoamizga yangi kelib qo'shilgan Muzaffar Muzaffarovni tug'ilgan kuni bilan tabriklayman. Ishlariga rivoj va omad tilab qolaman. Uni qanday maxoratga egaligini bilamiz. Iqtidorli yarim himoyachi jamoamizning muvaffaqiyatlarida o'zining hissasini qo'shadi degan umiddaman.



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика