So’nggi yangiliklar

14:20Футзал. Аргентина ҳам Тошкентга етиб келди  0 13:59Футзал. Қўшниларимиз ҳам Тошкентга етиб келишди  0 13:33Футзал. Амалдаги Жаҳон чемпионлари Тошкентга етиб келишди  2 13:07ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ 83 дақиқа битта кам ўйнаб дуранг қайд этди  1 12:38Суперлига. "Нефтчи" — "Қизилқум" учрашуви Яйпанда ўтказилади  0 12:11Суперлига. "Пахтакор" - "Динамо" баҳси санаси ҳам ўзгарди  1 11:45Кожо Жоэль: "Эътиборлироқ бўлишимиз керак эди"  7 11:23Суперлига. "Динамо" — "Бунёдкор" ўйини санаси ўзгарди  2 11:00ПСЖ ва "Челси" собиқ устози АҚШ терма жамоасини ЖЧга тайёрлайди  1 10:31Ёзда шартномаси тугайдиган Салоҳга иккита ТОП клуб қизиқиш билдирмоқда  5 09:56"Арсенал" академияси тарбияланувчиси 14 йилга қамалди  3 09:50Суперлига 18-тур баҳсларининг ҳакамлари маълум. "Навбаҳор" - "Насаф" учрашувини Аҳрол Рисқуллаев бошқариб боради  4 09:22Футзал. Ливия терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 08:50УзПФЛ. Ойнинг барча соврини ҳам «Насаф» аъзоларига насиб этди  5 08:36Жалолиддин Машарипов: "Энди ёш футболчи эмасмиз, айрим вазиятларда масъулиятни ўз бўйнимизга олиб, вазиятни ўзгартиришимиз керак"  20

Superliga. Yozning eng yaxshi qaynoq transferlari Hoshimov, Nesterov... Yangiliklar

Superliga. Yozning eng yaxshi qaynoq transferlari Hoshimov, Nesterov...

Transferlar oynasi ochilishi bilan Superliganing barcha jamoalari saflarini kuchaytirish maqsadida bir qator haridlarni amalga oshirish jarayonini boshlab yuborishadi.

Joriy mavsum yozgi transferlar paytida klublar jim o'tiryotgani yo'q. CHunki, har bir jamoani o'ziga yarasha oldiga qo'ygan maqsadi, vazifalari bor. Buning uchun esa tarkibni malum darajada kuchaytirib olish lozim. Ayrim klublarda murabbiy o'zgargani ham selekciya va tarkibda kuchli o'zgarishlarga qo'l urishga sabab bo'lmoqda. Bu borada turnir jadvalining pastki o'rinlarda yurgan jamoalar transferlar vaqtida faollikni qo'ldan boy bermayapti. Ahir, hech kim quyi ligaga tushib ketishni istamaydi-ku. Biroq, klublarning futbolchilar va murabbiylar oldida qolayotgan qarzdorliklari yangi futbolchilarni ro'yhatdan o'tkazishga to'sqinlik qilayotgani ham bor gap. PFLning esa talabi jiddiy, qarzdorlik hal etilmasa futbolchi ro'yhatdan o'tkazilmaydi, tamom. Quyida hozirga qadar amalga oshirilgan eng yaxshi transferlarga nazar tashlaymiz. 

Ignatiy Nesterov – “Qizilqum”

Tajribali posbon uzoq yillik faoliyatidan so'ng “Lokomotiv”ni tark etdi. Eshitishimizga qaraganda klubda moliyaviy holat, maoshlar avvalgidek emas. Bir qator etakchi jamoalar tark etayotganidan ham buni bilsa bo'ladi. Nesterov faoliyatini endilikda “Qizilqum”da davom ettiradigan bo'ldi. Navoiy klubi ayni paytda moliyaviy jihatdan barqaror holatga kelgan, o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda. SHu bois transferlar vaqtida tarkibini bir qator kuchli va mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirib oldi. Nesterovning tajribasi jamoaning muvaffaqiyatlarida muhim rol o'ynashi tabiiy.

SHuningdek: Ibrohim Tomiva, Erkin Baydullaev, Vladislav Kasminin


Xurshid G'iyosov – “Bunyodkor”

Ushbu futbolchi qishda legionerga aylanish maqsadida Janubiy Koreya birinchi ligasi vakili “Anyang” safiga borib qo'shildi. Hamyurtimizning yangi jamoasidagi ishlari bizning nazdimizda ko'ngildagidek ketayotgan edi, hatto gollar ham urayotgandi. Biroq, kutilmaganda u klub bilan o'rtadagi shartnomasini bekor qildi. Ayrim manbalar uning faoliyatini xorijda davom ettirishini yozayotgan edi. Lekin, u yurtimizga qaytdi va sobiq jamoasining mashg'ulotlariga qo'shildi. Ayni paytda u to'liq “Bunyodkor” azosiga aylandi va shartnoma imzoladi. Faqatgina klubda qarzdorlik bilan bog'liq muammolar borligi sabab PFL ro'yhatidan o'tkazayotgani yo'q. Uning qaytishi “qaldirg'ochlar” uchun foyda bo'lishi tabiiy. O'tgan uchrashuvlarda qanot va markazni bog'lab turadigan, erkin ijodkor o'yinchi etishmayotgan edi. Xurshid yordamida Abramov shu kamchiliklarni bartaraf etsa hech gap emas. 


Davron Hoshimov – “Navbahor”

Maydonda borini beradigan, raqibni ham, o'zini ham ayamaydigan Davron Hoshimov ham qolgan jamoadoshlari qatori “Lokomotiv”ni tark etdi. Uning ham “Qizilqum”ga yo'l olishi kutilayotgan edi, biroq, u “Navbahor”ni tanladi. O'yini maydondagi jangovar, agressiv harakatlari “Navbahor” uslubiga mos tushadi. Kanchelskis o'zi uchun ayni kerakli haridni amalga oshirdi desak mubolag'a bo'lmaydi. U jamoada yaqinda tark etgan Obid Jo'raboevni o'rnini egallashi kutilmoqda. Hoshimov o'zining ajoyib harakatlari bilan “lochinlar”ning g'alabalariga munosib hissa qo'shadi degan umiddamiz. Transferlar oynasi yopilishiga hali vaqt bor, demak Kanchelskis tarkibda yana bazi o'zgarishlarni amalga oshirishi mumkin. Boisi, u ko'p bora matbuot anjumanlarida ayrim futbolchilardan noroziligini ochiq aytmoqda. Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.


Humoyun Murtozaev – “Mashal”

Mahoratli hujumchiga Vadim Abramov ortiq ehtiyoj sezmasligini bildirdi va uning “Bunyodkor”dan ketishiga qarshilik ko'rsatmadi. Gapning ochig'i Murtozaev “Bunyodkor”ning darajasiga mos tushmadi deyishimiz mumkin. To'g'ri mavsum boshida OCHL va Superligada bir nechta gollar urdi. Biroq, keyinchalik u o'z o'yinini yo'qotib qo'ydi. Restartdan keyin ham Abramov Murtozaevga imkoniyat berishda davom etdi. Biroq, u ishonchni oqlamadi. Yakunda “Mashal” o'z hujumchisini ortga qaytardi. Muborakliklar uchun bu harid omadli bo'lishi aniq. Jamoada hujumda yakuniy nuqtani qo'yadigan futbolchi etishmayotgan edi. Eshitishimizga qaraganda Ro'ziqul Berdiev o'zining sobiq shogirdini “Nasaf”ga qaytarmoqchi. Biroq, “Mashal” direktori Ilhom Qurbonov bu borada hech qanday taklif kelib tushmaganini aytdi. 


Aziz Ibragimov – “Buxoro”

Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan “Buxoro” tarkibini imkoniyati etganicha kuchaytirish payida. Hozircha Jamshid Saidov o'rinbosarlar jamoasidagi futbolchilar ko'magiga suyanmoqda. Negaki klubda yuzaga kelgan qarzdorlik sabab yangi futbolchilarni PFL ro'yhatidan o'tkaza olgani yo'q. SHunday bo'lsada bu muammolar tez orada bartaraf etilishiga ishonamiz. “Buxoro” klubi o'zi uchun begona bo'lmagan, o'z vaqtida jamoaning muvaffaqiyatlariga hissa qo'shgan Aziz Ibragimovni ortga qaytarish arafasida turibdi. Futbolchi o'zining boy tajribasi bilan jamoani Superligada olib qolishiga yordam berishi mumkin.


Husniddin G'ofurov – AGMK

Tezkor dribling va ajoyib texnika egasi bo'lgan, o'z vaqtida Serbiyaning bir nechta jamoalari sharafini himoya qilgan Husniddin G'ofurov yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishga yaqin. Mavsumni “Surxon” jamoasida boshlagan futbolchi endilikda faoliyatini AGMKda davom ettirishi borasida xabarlar qulog'imizga chalinmoqda. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoada u yanada yorqinroq to'p tepishini tahmin qilib qolamiz. G'ofurovning AGMKga kelishi jamoaning qanot chizig'ida raqobatni oshiradi. 

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика