Superliga va PRO-ligada badal pullari oshirildi
07 fev 2019 12:25
Yangiliklar
Superliga va PRO-ligada badal pullari oshirildi
"2019 yilgi mavsum uchun Superligada ishtirok etishning badali umumiy 600 000 000 so'mni tashkil qiladi. Bunda jamoaning ayollar hamda futzal klublari tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan badal puli ham qo'shib hisoblangan", - deb yoziladi yangi mavsum reglamentida.
Malumot uchun, 2018 yil uchun Superligada ishtirok etish uchun badal puli 500 000 000 so'mni tashkil etgan edi.
Bundan tashqari quyi liga badal pullari endi turlicha bo'ladi.
"2019 yilgi mavsumda Pro-liga “A”da ishtirok etish uchun badal 250 000 000 so'mni tashkil qiladi. Bunda jamoaning ayollar hamda futzal klublari tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan badal puli ham qo'shib hisoblangan. Pro-liga “V”da ishtirok etish uchun ariza badali 100 000 000 so'mni tashkil qiladi", - deb yozilgan yangi mavsum reglamentida.
Malumot uchun, 2018 yil uchun PRO-ligada ishtirok etish uchun umumiy badal puli 40 000 000 so'mni tashkil etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar