Superliga U-18. "Neftchi" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi
19 may 2018 15:11
Yangiliklar
Superliga U-18. "Neftchi" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi
O'yinda SHerzod Zokirov bosh murabbiyligidagi farg'onaliklar 5:2 natijasida g'alaba qozonishdi.
O'yinda deyarli maydon egalarini ustunligi ostida o'tdi. Biroq ilk bo'limda "Neftchi" jamoasi juda ko'plab golli vaziyatlardan foydalana olmadi. Bazi vaziyatlarda raqib himoyachilari xavfni qiyinchilik bilan bartaraf etishgan bo'lsa, boshqa holatlarda hujumchilarga biroz aniqlik etishmadi. SHu tariqa birinchi bo'limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.
Ikkinchi bo'limda jamoalar hujumkorlikni yanada oshirishdi. Murabbiylar shtabi tarkibda o'zgartirishlarni amalga oshirishdi. Bu ham o'yin suratiga o'z tasirini o'tkazdi. "Neftchi"ning gollarini zaxiradan maydonga tushgan Muhammad Umarjonov boshlab berdi. Hisob ochilgach, maydon egalari gollarni ketma-ketligini boshlashdi. Farg'onaliklar safidan Dilshod Umirzaqov Qarshi jamoasi darvozasiga 3 marta gol kiritib, xet-trik qayd etdi. SHuningdek, Abror Inomov ham bir marta o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Mehmonlar safidan esa Sardorbek Turaev va Alpomish Murov javob gollarini kiritishdi. Yakuniy hisob, 5:2 "Neftchi" g'alabasi!



O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar