So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Superliga: Tur sharhi va laureatlar bilan tanishing Yangiliklar

Superliga: Tur sharhi va laureatlar bilan tanishing

Ananamizga muvofiq Superliganing 7-tur yakunlari hamda tur laureatlari bilan tanishtirib o'tamiz.

Kuni kecha Superliganing navbatidagi tur o'yinlariga yakun yasaldi. Mazkur turda ishqibozlar jami 19ta gol guvohiga aylanishdi.


Turning dastlabki bellashuvida "Paxtakor" qiyin o'tgan bahsda "Metallurg" qarshiligini engishni uddalagan bo'lsa, ikkinchi kun bahsida "Lokomotiv" kutilmaganda o'z uyida "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynab 1 ochkodan bo'lishib oldi. Joriy mavsum hisobidan ilk bor Superliga o'yinlariga mezbonlik qilgan Namangandagi uchrashuvda "Navbahor" "So'g'diyona"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.  "Buxoro" esa o'z uyida "Nasaf"ga yutqazib qo'yib qo'ydi va qarshiliklar ketma-ket ikkinchi o'yinda g'alaba nashidasini surishdi. Andijondagi "Andijon" - "Dinamo" bellashuvida esa muxlislar gollar-shousiga guvoh bo'lishdi va jamoalar murosasiz o'tgan bahsda 2:2 hisobidagi durangga rozi bo'lishdi. Olmaliqda esa AGMK nihoyat chempionatidagi ikkinchi g'alabasini "Surxon" ustidan tantana qildi. Navoiyda esa "Qizilqum" mag'lubiyatsiz seriyaga o'tib olgan "Bunyodkor"ning oyog'iga bolta urdi.


TURNIR JADVALI


Mazkur turdan keyin turnir jadvalida bazi o'zgarishlar yuzaga keldi. Xususan kuchli-uchlik tarkibida jamoalar o'rni almashdi. Peshqadam "Paxtakor" ikkinchi o'rindagi "Lokomotiv" bilan oradagi farqni 3taga etkazgan bo'lsa, "Metallurg" bunga qadar egallab turgan uchinchi o'rnini "Navbahor"ga bo'shatib berib, o'zlari 4-pog'onaga tushishdi. Ikki tur avval oxirgi o'rinda bo'lgan, o'tgan hafta 8-pog'onaga qadar ko'tarilgan "Nasaf" Buxorodagi g'alabadan so'ng 5-o'rinni band etib turibdi. Navoiydagi mag'lubiyatdan keyin Abramovning "qaldirg'ochlari" to'rtinchi o'rindan 6-pog'onaga tushib ketishdi. Andijondagi durangdan so'ng "Dinamo" avval egallab turgan o'rni, yani 7-pog'onada qoldi.

CHempionatni juda shiddat bilan boshlagan va yuqori uchtalikdan pastlamay turgan "Surxon" asta-sekin quyiga shung'imoqda. Olmaliqdagi mag'lubiyatdan keyin jamoa egallab turgan 5-pog'onadan sakkizinchi o'ringa tushib ketdi. "Bunyodkor"ni mag'lub etgan "Qizilqum" esa turnir jadvalida 3 pog'ona tepaga sakradi, yani 9-o'rin. CHempionat autsayderiga aylanib qolgan AGMK "Surxon" taslim etilgach oxirgi pog'onadan 10-o'ringa ko'tarilib oldi. O'z uyida g'alabani qo'ldan chiqargan "Andijon" esa bir pog'ona pastga tushdi, yani 11-o'rin. O'tgan turdan keyin "Qizilqum" band etib turgan 12-o'rinni endilikda "Buxoro" egallamoqda. Namanganda yutqazgan "So'g'diyona" esa 11-o'rindan xavfli hududga tushib ketdi. Garchi Toshkentda qimmatli 1 ochkoni qo'lga kiritgan "Qo'qon-1912" qolgan raqobatchilari g'alabaga erishishgani tufayli turnir jadvalida mavqeini yaxshilay olmadi. Ayni paytda No'mon Hasanov boshchiligidagi jamoa eng oxirgi o'rinni band etishmoqda.



Superliganing 7-turidan so'ng uchta jamoa ("Paxtakor", "Lokomotiv", "Dinamo") o'z o'rnini saqlab qoldi. "Navbahor", "Nasaf", "Qizilqum" va AGMK jamoalari esa o'tgan turdagi o'rnilarini yaxshilab olishdi. Eng katta sakrashga erishgan jamoa bu AGMK. Qosimov jamoasi bir g'alabadan keyin 4 pog'ona tepaga ko'tarildi. "Metallurg", "Bunyodkor", "Surxon", "Andijon", "Buxoro", "So'g'diyona" va "Qo'qon-1912" esa mazkur turdan keyin turnir jadvalida pastlashdi.



Tur faktlari:

- Eng ko'p g'alaba qozongan jamoalar: "Paxtakor" (6)

- Eng ko'p mag'lubiyatga uchragan jamoalar: "So'g'diyona" (5)

- Eng ko'p durang o'ynagan jamoa: "Andijon" (4)

- Eng ko'p gol urgan jamoa: "Lokomotiv" (15)

- Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa: "Qo'qon-1912" (16)

- Eng kam gol urgan jamoa: "Surxon" (5)

- Eng kam gol o'tkazgan jamoalar: "Paxtakor" (5)

- Umuman durang o'ynamagan jamoalar: "So'g'diyona"

- Eng ko'p gol AGMK va "Metallurg" jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda kuzatilgan - 22

- Eng kam gol "Surxon" ishtirokidagi o'yinlarda kuzatilgan - 11

- Yagona mag'lub bo'lmagan jamoa - "Paxtakor"

- "Surxon" qatorasiga 4 o'yindan buyon gol urolmayapti

- "Paxtakor" "Lokomotiv" bilan o'rtadagi tafovutni 3 ochkoga oshirdi

- Temurxuja Abduxoliqov ketma-ket 6 o'yin, Kasyan esa qatorasiga 5 uchrashuvdan buyon gol urmoqda

- "Qo'qon-1912" o'tgan mavsumda bo'lgani kabi yana "Lokomotiv"dan Toshkentda ochko olishni uddaladi

- Eng yaxshi to'purarlar Temurxo'ja Abduxoliqov, Zafar Polvonov, Dragan CHeran va Aleksandr Kasyan hisobida 6tadan gol mavjud.

- Eng yaxshi assistentlar Husniddin G'ofurov va Ivan Solovyov hisobida 4tadan golli uzatma mavjud


Tur darvozaboni - Abduvohid Nematov

"Nasaf"ning yosh kiperi Buxoroda o'tgan bahsda jamoasi joniga bir necha marotaba oro kirib, yakunda "Buxoro" ustidan qozonilgan g'alabada o'zining katta hissasini qo'shishga muvaffaq bo'ldi. 18 yoshli darvozabon Superligadagi o'zining ikkinchi uchrashuvida ham darvozasi dahlsizligini quruq saqlashga erishdi va o'yin davomida 3ta juda yaxshi seyvni amalga oshirdi. Mazkur turda darvozasini munosib qo'riqlagan posbonlar ko'p bo'ldi. Ammo aynan "Nasaf" kiperining seyvlari jamoasining qayd etgan natijasida katta tasir ko'rsatgani etibori bilan aynan Nematov ketma-ket ikkinchi turki eng  yaxshi darvozabon nomiga sazovor bo'lmoqda.


Tur murabbiyi - Davron Fayziev

"Dinamo" jamoasi o'zining kamtarin tarkibiga qaramasdan Superligada istalgan raqib uchun haqiqiy bosh og'riqqa aylanmoqda. Aslida Pro-ligaga taraddud ko'rgan, ammo so'nggi pallada oliy divizion vakiliga aylangan "Dinamo" jamoasining qayd etayotgan natijalari, ko'rsatayotgan o'yini olqishga sazovor. Ayniqsa Andijondagi bahsda jamoa ko'rsatgan o'yin, xarakter va yakunda erishilgan natija etibori bilan Davron Fayzievni turning eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko'rdik. Superligadagi eng kamtarin tarkib bilan shunday ochiq va chiroyli, muhimi natija keltirayotgan futbol ko'rsatayotgan jamoada murabbiy imzosi yaqqol sezilib turibdi.



Tur futbolchisi - Aleksandr Kasyan

"Navbahor"ning rossiyalik legioner hujumchisi "So'g'diyona" bilan bo'lgan o'yinda maksimal samaradorlik namoyish etdi. Nafaqat mazkur o'yinda, balki chempionat davomida barqaror o'ynayotgan va samarali harakat qilayotgan Kasyan qatorasiga beshinchi o'yindirki maydonni golsiz tark etmayapti. Nafaqat gol urishda, balki jamoasi o'yinini tashkil etishda ham, hujumlarni rivojlanishida va to'pni jamoa uchun saqlab turishda Kasyanning hozirgi "Navbahor"dagi o'rni juda katta. "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda esa yaratilgan barcha vaziyatlarni golga aylantirishni uddasidan chiqdi. Dubl qayd etgan futbolchi uchinchi golni ham urgandi, ammo bu vaziyatda qanot hakami bayroqchasini ko'tarib offsayd qayd etdi. Aleksandr Kasyan "So'g'diyona" ustidan qozonilgan g'alabada jamoasining asosiy "quroli"ga aylandi va turning eng yaxshi futbolchisi deya topildi.



Ramziy terma jamoa

Superliganing 7-tur ramziy terma jamoasiga eng ko'p vakil (3) "Navbahor" jamoasidan kiritildi. Himoyachi Slavko Lukich, yarim himoyachi Oston O'runov va Aleksandr Kasyan turning ramziy jamoasidan o'rin olishdi. Aynan mazkur futbolchilarning faolligi va jonbozligi evaziga namanganliklar "So'g'diyona"ni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratishdi. SHuningdek, "Nasaf" va "Paxtakor"dan ikkitadan futbolchi ramziy jamoaga kirdi. "Nasaf" kiperi Abduvohid Nematov haqli ravishda ushbu joyga qo'yildi. Aynan uning ishonchli o'yini evaziga "Nasaf" qatorasiga ikkinchi uchrashuvda o'z darvozasidan to'p o'tkazmadi. Bobur Davlatov esa "Buxoro" bilan o'yinda jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Aynan uning o'yinni tashkil etishdagi harakatlari "Nasaf"ning hujumlarini keskinlashtirib turdi. SHuningdek, "Paxtakor"ning ikki futbolchisi Jaloliddin Masharipov va Dragan CHeran "Metallurg" ustidan qozonilgan g'alabada hal qiluvchi rolni bajarishdi. Aynan Masharipov boshlagan hujumlarni CHeran nihoyasiga etkazuvchi rolida bo'ldi. Dastlab Masharipovning ajoyib reydi va CHeranga golli uzatmasidan keyin muvozanat tiklangan bo'lsa, keyinchalik Masharipov ishlagan penaltidan CHeran gol urib o'z dublini rasmiylashtirdi. "Qo'qon-1912" himoyachisi Oybek Rustamov "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda ancha faol va ishonchli o'ynash bilan birgalikda, jamoasi uchun gol urishni ham uddaladi. "Dinamo" safidagi SHohruh Abdurahmonov esa "Andijon"ga qarshi bahsda eng yaxshi futbolchilardan biriga aylandi. AGMK himoyasida o'ynagan va jamoasining muhim golini urgan Dilshod Jo'raev nafaqat olmaliqliklarning g'alabasida munosib hissa qo'shdi, balki jamoasi quruq o'yin o'tkazishida mudofaadagi mustahkam qurg'on vazifasini ham yaxshi bajardi. "Qizilqum" sardori va jamoaning tayanchi sanalgan Erkin Boydullaev "Bunyodkor" bilan o'yinda nafaqat yaxshi o'ynadi, balki markazda yaxshigina nazorat o'rnatilishida muhim vazifani bajardi.


Tur ramziy terma jamoasi (3-5-2)

Darvozabon: Abduvohid Nematov ("Nasaf")

Himoyachilar: Slavko Lukich ("Navbahor"), Oybek Rustamov ("Qo'qon-1912"), Dilshod Jo'raev (AGMK)

Yarim himoyachilar: Oston O'runov ("Navbahor"), Erkin Boydullaev ("Qizilqum"), Bobur Davlatov ("Nasaf"), SHohruh Abdurahmonov ("Dinamo"),  Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")

Hujumchilar: Aleksandr Kasyan ("Navbahor"), Dragan CHeran ("Paxtakor")


NAVBATDAGI TUR

8-tur
10 may, juma

SO'G'DIYONA — ANDIJON (18:45)
NASAF — QIZILQUM (18:50)
11 may, shanba
DINAMO — AGMK (17:30)
PAXTAKOR — NAVBAHOR (19:45)
12 may, yakshanba
BUNYODKOR — QO'QON-1912 (17:15)
SURXON — BUXORO (17:30)

METALLURG — LOKOMOTIV (19:40)

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика