Superliga. Tur murabbiyi - Ulug'bek Baqoev
22 iyu 2020 17:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/576119_original.jpg)
![](/upload/storage/576119_220.jpg)
Superliga. Tur murabbiyi - Ulug'bek Baqoev
Avvalroq tur ramziy terma jamoasini elon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.
Video "Tezkor studiya". 5-tur yakunlari muhokamasi
Ortda qolgan 5-turning eng yaxshi murabbiyi deb "So'g'diyona" ustozi Ulug'bek Baqoev topildi. Jizzaxliklar Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'lishdi. O'tgan turda "Paxtakor"ni mag'lub etgan Ulug'bek Baqoev shogirdlari bu safar "temiryo'lchilar"ni taslim etishdi. Jasur Hasanov yana bir bor kuchli raqibga qarshi asosiy figuralardan biri bo'ldi. Baqoev esa restartdan keyin Toshkentning ikki klubiga qarshi bahslarda 100 foizlik natija qayd etdi.
SHu tariqa, "Lokomotiv"ni mehmonda enggan Ulug'bek Baqoev ketma-ket ikkinchi turda eng yaxshi murabbiy deb topildi.
Eslatib o'tamiz, 5-turdan keyin "So'g'diyona" 7 ochko bilan 8-o'ringa ko'tarildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar