Superliga. Tur murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev
12 apr 2021 16:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630603_original.jpg)
![](/upload/storage/630603_220.jpg)
Superliga. Tur murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev
Biroz avval 7-10 aprel kunlari bo'lib o'tgan beshinchi tur ramziy terma jamoasini elon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.
VIDEO Superliga. Tur goli - Marko Stanoevich
Ortda qolgan 5-turning eng yaxshi murabbiyi deb "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev topildi. Qarshiliklar Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'lishdi. Joriy mavsum oldidan tarkibini ancha kuchaytirib olgan mezbonlarga qarshi o'yindagi g'alaba Ro'ziqul Berdiev jamoasini turnir jadvalida to'rtinchi pog'onaga olib chiqdi. O'tgan turda etakchilardan biri Oybek Bozorov jarohat olib safdan chiqqan bo'lsada, "Nasaf" yaxshi raqibni mehmonda engishni uddaladi.
SHu tariqa, "Qizilqum"dek xavfli raqibni safarda taslim qilgan "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev beshinchi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar