Superliga. Tur darvozaboni - Muzaffar Abdullaev
12 apr 2021 15:17
Yangiliklar
Superliga. Tur darvozaboni - Muzaffar Abdullaev
Biroz avval 7-10 aprel kunlari bo'lib o'tgan beshinchi tur ramziy terma jamoasini elon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.
Coca Cola Superliga. 5-tur ramziy terma jamoasi
"Qo'qon-1912" jamoasi Muborakda "Mashal" mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda qo'qonliklar kiritgan (yoki kiritmagan) birinchi gol o'z yo'liga, lekin jamoa darvozaboni Muzaffar Abdullaev 3 marta chiroyli seyv ijro etdi va o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Abdullaev 63-daqiqada Humoyun Murtazoev, 73-daqiqada esa Samuel Ononivuning juda xavfli zarbalarini qaytardi va jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Bundan tashqari, 90+3-daqiqada ham Murtazoevning zarbasini bartaraf etdi.
SHu tariqa, bu turda qator chiroyli seyvlari bilan jamoasi g'alabasiga hissa qo'shgan Muzaffar Abdullaev 5-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
Fikrlar