Superliga tashkil qilmoqchi bo'lgan klublarning 9 tasi Evropa klublari associaciyasiga qaytdi
16 avg 2021 19:35
Yangiliklar
Superliga tashkil qilmoqchi bo'lgan klublarning 9 tasi Evropa klublari associaciyasiga qaytdi
Evropa klublari associaciyasi (ECA) Evropa Superligasini tashkil qilmoqchi bo'lgan 12 ta klubdan 9 tasini qayta kiritishga rozi bo'ldi.
"Milan", "Arsenal", "CHelsi", "Atletiko", "Inter", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" yana tashkilotga azo bo'ldi.
Aprel oyida UEFA tomonidan Superliga tuzish uchun qo'yilgan majburiyatlar rad etilgach, ushbu jamoalar "Real", "Barselona" va "Yuventus" bilan birgalikda ECAdan chiqib ketishgandi.
«ECA klublari Evropa Superligasi deb nomlangan loyiha keng jamoatchilik manfaatlariga javob bermasligini tan oldi, shuningdek, ularning bu loyihadan butunlay voz kechgani haqidagi bayonotlari inobatga olindi", — deyiladi ECA xabarida.
Fikrlar