So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Superliga. "Olimpik" ikki kishi kam bo'lib qolgan "Surxon"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Olimpik" ikki kishi kam bo'lib qolgan "Surxon"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Ikkinchi davrani boshlab beruvchi Coca-Cola Superligasi 14-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Olimpik" bahsi yakunlandi.

"Surxon" – "Olimpik" 0:5

Olmaliq. OKMK sport majmuasi, 19.00

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, SHerzod Kamarov, Sardor Hakimov, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Gollar: Jiyanov (35, 45), Jo'raqo'ziev (61), Mirsaidov (65), Odilov (78)

"Surxon": 86.Davron Merganov, 3.Bobirjon Akbarov (s), 4.Javohir Sohibov, 5.Serxio Rodriges (10.Murodbek Bobojonov, 62), 9.Manel Martines (1.Azamat Ahmedov, 5) 14.Ruben Sanches (17.Ibrohim G'anixonov, 46), 20.Iqbol Malikjonov (2.Zoir Jo'raboev, 46), 23.Abdul Aziz Yusupov (6.Jahongir Ahmadov, 46), 33.Tohirjon SHamsitdinov, 66.Behruz SHaydulov, 99.Komron Saydazimov

Zaxira: 7.Islom Toshpo'latov, 11.Luis Migel Kezada, 26.Ulug'bek Abdullaev, 55.SHarofiddin SHobirov

"Olimpik": 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Behzod SHamsiev (s) (44.SHahzod Toirov, 65), 7.Ruslanbek Jiyanov (99.Muhammadali G'iyosov, 80), 9.Temur Mamasidiqov (22.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 46), 10.Farruxbek Muxtorov (37.Alisher Odilov, 64), 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 19.Dostonbek Tursunov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov (30.SHahzodbek Rahmatullaev, 68), 23.Abdurauf Bo'riev

Zaxira: 1.SHukron Yo'ldoshev, 4.Jasurbek Xoldorov, 28.Sunatulloh Hamidjonov, 70.Abubakrrizo Turdialiev

Ogohlantirish: Muxtorov (28)

CHetlatishlar: Merganov (3), Saidazimov (43, ikkinchi ogohlantirish)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

Yo'q, penalti bekor qilindi. Hakamning fikriga ko'ra, "Surxon" futbolchisi shunchaki chiroyli yiqilishni istagan ekan.

90+1. Penalti! Endi "Olimpik" darvozasiga! 

90. Hamroliev darvozadan ko'ra uning yonidagi bannerni nishonga olishni afzal ko'rdi.

88. Bugun ispan murabbiyining tiki-takasi uning o'ziga qarshi qo'llanilmoqda.

85. "Surxon" futbolchilariga Surxondaryo havosi etishmayapti, chamamda. Albatta, "qizil"lar ham o'yin natijasiga katta tasir ko'rsatdi.

80. "Olimpik"da o'zgarish: zaxiraga olinayotgan Jiyanovning kuchi tushdan beri tinim bilmayotgan noutbugimning zaryadi singari quvvat olmasa bo'lmaydigan darajaga etdi. G'iyosov  ham o'z hisobiga gol yozdirishga urinib ko'radi buyog'iga.

Bugun uchrashuv bosh hakami Viktor Serazitdinovning quloqlari dazmol misoli haroratga ega bo'lsa, ajabmas.

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Odilov kuchli zarba bilan jamoasining beshinchi golini urdi.

73. "Olimpik"da yana bir standart vaziyat yuzaga keldi, biroq klub futbolchisiga omad etishmadi.

71. Xoldorxonovga durbin sovg'a qilishsa, ehtimol, gollari ko'payib qolarmidi, uning jarimadan yo'llagan zarbasi ideolavha tayyorlashga arzirli bo'lmadi.

Bugun Lopesning aptekachilarga ishi tushadigan ko'rinadi.

68. "Surxon" futbolchisi Bobojonovning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

65. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Mirsaidov hisobni 0:4 ga etkazdi.

64. O'zgarish: Alisher Odilov muxtorovni almashtirdi.

64. Penalti! "Surxon" darvozasi tomon ikkinchi bor jarima zarbasi belgilandi.

61. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Jo'raqo'zevdan chiroyli "xato"! Uzatma amalga oshirishni mo'ljallagan Otabek bilmasdan to'pni darvozaga joylab qo'ydi!

59. "Surxon" futbolchilari ikkinchi bo'limda biz kutgandan yaxshiroq harakat qilmoqda.

55. ZARBA! Muxtorovning jarimadan yo'llagan zarbasi darvozaning "peshonasi"ga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

52. XAVFLI VAZIYAT! Qoyil, "Surxon" futbolchilariga! Hozir ham jillaqursa hisob qisqarishi mumkin edi, Nazarov so'nggi lahzalarda bunga yo'l qo'ymadi.

49. "Surxon" futbolchilari qo'pol o'ynash yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini tushunishmagan ko'rinadi. Natija o'z yo'liga, lekin kimgadir jarohat yo'liqtirish uchun o'ynash futbolchiga yarashmaydi.

48. "Surxon" ikki kishi kam bo'lishiga qaramay, hujumga tashlandi. Standart vaziyatdan so'ng bosh bilan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.

46. Ikki jamoa safida o'zgarish: Iqbol Malikjonov o'rniga Ibrohim G'anixonov, mehmonlarda esa Temur Mamasidiqov o'rniga Po'latxo'ja Xoldorxonov maydonga tushirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Hozircha yuzlab kilometr masofa bosib kelgan mana bu muxlislargagina achinsa arziydi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

47. "Surxon" futbolchilari qo'pollik ishlatish bo'yicha rekord qayd etishmoqchi ko'rinadi. Maydonni muxlislar tark eta boshladi, qaysi taraf ishqibozlari ekanligini taxmin qilavering.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. "Surxon" uchun bu juda ko'p.

45. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Jiyanov yuqoridan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.


42. Saidazimov ham kiyinish xonasida zerikib o'tirgan Merganovning yoniga yo'l oladigan bo'ldi, hakam uni ham maydondan chetlatdi.

42. "Surxon" posbonlarini jin chalgan ko'rinadi, ikkinchi posbon ham murabbiyidan ispan tilidagi yoqimli bo'lmagan so'zlarni eshitishi tabiiy.

39. "Surxon" futbolchisining yo'llagan zarbasi ishdan asta-sekin kvartirasi tomon qaytayotgan quyosh tomonga ravona bo'ldi.

38. Muxtorov fint orqali ikki raqibidan o'tib ketib, raqib jarima maydoniga yorib kirayotgandi, biroq uni o'z jamoadoshi bilib-bilmasdan to'xtatib qoldi.

37. Jo'raqo'zev to'pga etolmagani ortidan raqib posbonining ham to'pga etishini istamadi.

35. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Jiyanov 11 metrli nuqtada yanglishmadi!

33. Penalti! "Surxon"ning ikkinchi posboni ham chetlatilmasa bo'lgani edi. O'ng qanotdan Ibrohimovning uzatmasiga Mamasidiqov ulgurdi, ammo raqib posboni ulgurmadi.

31. Saidazimov kartochka olgan futbolchilar safidan joy olish uchun astoydil harakat qildi va raqibining o'yindan so'ng "Cinepar gel" ishlatadigan darajada qo'pollik ishlatdi.

28. Muxtorovni ogohlantirmoqchi bo'lgan hakamning kartochkasi dastlab qo'lidan tushib ketdi. "Olimpik" futbolchisi ehtimol, o'yinga ketar chog'i oila azolarining "Qaytishingda sariq kartoshka olib kel" degan gapini noto'g'ri anglab etgan ko'rinadi.

25. Sanchesning uzatmasi Nazarovning qo'llariga kiygan "qopqon"iga borib ilindi.

23. Mamasidiqovga oshirilgan to'pni raqib futbolchisi ruxsat so'ramasdan olib qo'ydi. Temur bundan ranjidi albatta.

20. "Olimpik" futbolchilari ofsaydda qolib ketdi. Odatda, raqib jarima maydoniga to'p oshirilshganda, "Surxon" futbolchilari ko'pchilikni tashkil qilish kerak edi, bu vaziyatda esa teskari holat kuzatildi.

16. "Olimpik" futbolchisining chap qanotdan uzatgan to'piga Ahmedov bokschinikiga o'xshab ketadigan qo'lqopi bilan musht tushirdi. Tarsaki egan to'pgan ancha uzoqqa qochib ketdi.

14. Jo'raqo'ziev ikki raqibi o'rtasidan aylanib olib, xotirjam zarba yo'lladi. "Surxon" posboni to'pni eson-omon darvoza ortiga kuzatib qo'ydi.

13. "Olimpik" hujumchisi raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgandi, biroq "Surxon"ning ikkinchi posboni bu safar qaerda joylashganini unutib qo'ymadi. 

12. "Surxon" bir kishi kam bo'lim qolganiga qaramay, faollikni davom ettirmoqda. "Olimpik" esa raqibning xursandchilik qilishiga izn bermayapti.

7. Jarima zarbasini mezbonlar ikki amallab bartaraf etishdi. 

6. Majburiy o'zgarish. Martinesning debyuti mana shunday boshlandi, u zaxiraga olindi. Zaxira posboni Azamat Ahmedov maydonga tushirildi.

3. "Surxon" darvozaboni chetlatilmoqda. nafasingizni rostlab oling, bir boshdan aytaman. Mezbonlar posboni jarima maydonidan tashqariga chiqdi va to'pni elkasi bilan to'xtatib oldi hamda tepaman deganda "poliz ekini"ni tushirib qo'ydi hamda qaerdaligini unutib qo'ydi shekilli, yotib olgancha to'pni egallab oldi. Hakam esa bu fintini buyog'iga maydondan tashqari ko'rsatishi kerakligini takidladi.

1. "Surxon" futbolchilarining dastlabki hujumiga Vladimir Noyer ildam chiqib, bosh bilan qaytarib yubordi. Termizliklar azosi to'p uzatayotgan bolakayga qarata, "To'pni ber, qattiqroq ber" deya etiroz bildirdi.

1. Uchrashuvni surxondaryoliklar boshlab berishdi.


Hakam soatiga qarab oldi, chiroyli buyum, batareykasi joyida, demak, o'yinni boshlasa bo'ladi.


Jamoalarga maydonga chiqib kelishdi, rasmga tushishga ham ulgurdi.


Bugun "Surxon" klubning ilk harfidan boshlanuvchi sariq, "Olimpik" ham shunga monand oq rangli libosda harakat qiladi.


Mazkur uchrashuv oldidan kishida ikki savol yuzaga kelmoqda. Birinchisi, "Olimpik" do'stlik g'alaba qozonadigan seriyasini davom ettiradimi? Ikkinchisi, VPN ilovasini mobil qurilmamizdan o'chirib tashlayversak bo'ladimi?


Assalomu alaykum, ashaddiy futbol ishqibozlari! Yozgi komandirovkadan qaytgan klub ikkinchi davra o'yinlarini boshlash arafasida turibdi. Futbol ham tatilga chiqqach, uni sog'inib qoldik. Avgust kelishi bilan shuni his qilayapmanki, futbol maydoni nafaqat salomatlik, balki oliygohlar sari ilk qadam qo'yadigan maskan sanaladi.



"Surxon" — "Olimpik"

Egallab turgan o'rni: 11-8

Qarshining "Nasaf" klubiga safarda 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchragan surxondaryoliklar 3 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi hamda chempionatdagi g'alabasi seriyani 2 taga etkazdi. "Olimpik" ketma-ket 3 durang qayd etdi va "Navbahor" bilan o'z uyidagi qarama-qarshilikdan so'ng mag'lubiyatsiz seriyasini 4 o'yinga etkazdi. "Surxon" lider jamoalarni hisobga olmaganda, o'z maydonida deyarli yutqazmaydi. "Olimpik" esa durangsevar jamoa hisoblanadi, xoh uyda bo'lsin, xoh safarda, o'zini ham, raqibini ham xafa qilishni istamaydi. Termizliklar g'alaba qozonish orqali xavfli zonadan uzoqlashishi, qolaversa, "Olimpik"dan o'zib ketish imkoniyatiga ega. Timur Kapadze shogirdlari ham xavfsiz zonaga tushib ketmasligi hamda oldinda borayotgan "Bunyodkor"ni uzoqlashtirib yubormasligi uchun ochko qo'lga kiritishi muhim ahamiyatga ega.

"Surxon" o'z maydonida o'tkazgan oxirgi 6 uchrashuvda 7 ochko jamg'argan bo'lsa, "Olimpik" esa mehmondagi so'nggi 6 bahsda shuncha ochko jamg'argan. 

"Surxon" oxirgi 5 o'yinda 7 ochko jamg'argan bo'lsa, "Olimpik"da bu ko'rsatkich 6 ochkoni tashkil etadi. Jamoalarning birinchi davradagi o'zaro to'qnashuvida hisob ochilmagan.

Qiziq tomoni, "Surxon" o'zi mezbonlik qilgan barcha uchrashuvlarda gol urib kelmoqda. "Olimpik" esa safarda o'tkazgan oxirgi 5 o'yinda yutqazmagan.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика