So’nggi yangiliklar

10:18«Атлетико» футболчиси узоқ муддатга четлатилиши мумкин  0 09:52Клаудио Раньери Шомуродов ҳақида фикр билдирди  1 08:49Гвардиола Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  5 08:16Sofascore. Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди  5 07:55Суперлига. Насаф ўз уйида ғалаба қозонди, Шароф Муҳиддиновдан СУПЕРГОЛ!  0 07:40Танишинг! "Насаф"нинг Суперлига-2025 учун тўлиқ қайдномаси  0 03:09Сергей Лушан: "Футболни озгина бўлса ҳам тушунадиган одам бир ойда жамоа йиғиб бўлмаслигини тушунади"  12 02:42А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Аталанта"га шармандали тарзда мағлуб бўлди  20 01:42Вадим Абрамов: "Бизни "Навбаҳор"дек жамоага қарши ўйиндаги дуранг ҳам қониқтирмасди"   11 00:21Киммихнинг "Бавария" билан янги шартномаси бўйича ҳужжатлар тайёр. Келишув 2029 йилгача мўлжалланган  1 23:55А Серия. "Рома" биринчи дақиқадаги гол эвазига "Эмполи"ни мағлуб этди, Шомуродов 72 дақиқа ўйнади  55 23:40Рўзиқул Бердиев: "Рубин Хебай бетоб экани сабаб бугун ўйнай олмади"  2 23:32РПЛ. "Рубин" Қозонда "Спартак"ни мағлуб этди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:27АПЛ. Райснинг голи "Арсенал"ни МЮга қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди  38 23:10Суперлига. "Навбаҳор" – "Динамо" 0:0, Ҳожимирзаев сўнгги дақиқаларда белгиланган пенальтини голга айлантира олмади  7

Superliga. "Navbahor" "Surxon" ustidan qiyin g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" "Surxon" ustidan qiyin g'alabaga erishdi

Coca Cola Superligasi 23-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Coca Cola Superligasi

23-tur

27 oktyabr, juma

Surxon

Sunnatulloh Hamidjonov - 58'

Superliga. 23-tur

27/10/2023, 18:00

2
:
1
Tugadi

Navbahor

Doniyor Abdumannopov - 2', Oston O'runov - 82'

45'
90'
57'  Tamirlan Jamalutdinov (Asilbek Jumaev)
57'  Behzod SHamsiev (Nuriddin Hasanov)
58'  Sunnatulloh Hamidjonov
81'  Behruz SHaydulov (Aziz Pirmuhammadov)
81'  Sunnatulloh Hamidjonov (Muhammadali Abdurahmonov )
89'  Humoyun SHerbo'taev (Jahongir Abdusalomov)
90'  Jahongir Abdusalomov
2'  Doniyor Abdumannopov
2'  Asadbek Sobirzhonov
55'  Asadbek Sobirzhonov (Oston O'runov)
78'  Abror Ismoilov (Azim Ahmedov)
82'  Oston O'runov
82'  Jamshid Iskanderov

SURXON – NAVBAHOR 1:2 

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:00

Gollar: Sunnatulloh Hamidjonov (Diyor Ramazonov) 57' – Doniyor Abdumannopov (Asadbek Sobirjonov) 2', Oston O'runov (Jamshid Iskanderov) 82'

Gol urilmagan penalti: Silvanus Nimeli 90+5' (darvozabon)

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Komiljon Rasulov

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov 

AVAR: Timur Gaynullin

Nazoratchi: Jahongir Saidov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

"Surxon": 1.Artyom Potapov (s), 2.Bobur Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov (9.Muhammad Ali Abdurahmonov, 82), 6.Artyom Sokal, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun SHerbo'taev (17.Jahongirbek Abdusalomov, 89), 10.Tamirlan Jamalutdinov, 15.Diyor Ramazonov, 18.Silvanus Nimeli, 25.Behzod SHamsiev, 66.Behruz SHaydulov (5.Azizbek Pirmuhammadov, 82).

Zaxira: 86.Davron Merganov, 4.SHahzod Tairov, 19.Nuriddin Hasanov, 27.Asilbek Jumaev, 77.Asadbek Karimov, 99.Komron Saydazimov.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov (s), 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Abror Ismoilov (4.Azimjon Ahmedov, 78), 19.Doniyor Abdumannopov, 21.Temurxo'ja Abduholiqov, 22.Igor Golban, 77.Asadbek Sobirjonov (7.Oston O'runov, 55).

Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 20.Muzaffarxon Mo'minov, 27.SHohboz Jo'rabekov, 31.Luka CHermel, 96.Usmonali Abdukarimov, 97.Abror Abdurazakov, 98.Davronbek Olimjonov.

Ogohlantirish: Jahongirbek Abdusalomov (90).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



BAHS YAKUNLANDI! 

90+5. Dahshat! Silvanus Nimeli penaltidan unumli foydalana olmadi...

90+5. Ibrohim Yo'ldoshev Dostonbek Tursunovni yiqitgani uchun penaltm belgilandi. Hakam VAR'ni ko'rib yakuniy qarorni qabul qildi.

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Jahongirbek Abdusalomov qo'pollik ishlatgani bois hakam tomonidan ogohlantirildi. 

89. "Surxon"da o'zgarish: Humoyun SHerbo'taev o'rniga Jahongirbek Abdusalomov o'yinga qo'shildi. 

87. Asilbek Jumaevning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin to'pni O'tkir Yusupov egallab oldi, Nimeli to'pga ulgurgani yo'q.  

82. GOL! Jamshid Iskanderovning pasidan so'ng Oston O'runov qulay vaziyatga chiqib bordi va "Navbahor"ni hisobda oldinga olib chiqdi – 1:2!

81. "Surxon"da 2 ta o'zgarish: SHaydulov o'rniga Pirmuhammadov, Hamidjonov o'rniga Ali Abdurahmonov bahsga qo'shildi.

78. "Navbahor"da o'zgarish: Abror Ismoilov o'rniga Azim Ahmedov o'yinni davom ettiradi. 

71. Zarba! Jamshid Iskanderovning pasidan keyin Igor Golban ham o'z omadini sinab ko'rmoqchi bo'ldi, ammo uning sirpanib ketishi oqibatida to'p osmon-u falakka uchib ketdi. 

70. Zarbaaa! Ismoilovning navbatdagi kuchli zarbasi manzilga aniq bormadi. 

67. Zarbaaa! Abror Ismoilovning olisdan yo'llagan zarbasini Artyom Potapov qiyinchilik bilan bartaraf etdi! 

64. "Surxon" muxlislari "Suuurxoondaryo – Suuurxoondaryo" deya hayqirishmoqda. 

61. O'yin qizigandan qizimoqda. "Navbahor" azolarida kayfiyat tushib ketdi, raqiblarda esa aksincha. 

57. GOL! Artyom Sokalning "aut"dan otgan to'pi Ramazonovga kelib tushdi, uning pasidan keyin esa Sunnatulloh Hamidjonov erlatib darvoza burchagini nishonga oldi – 1:1!  

57. "Surxon"da 2 ta almashtirish: Jamalutdinov o'rniga Jumaev, SHamsiev o'rniga Hasanov maydonga tushdi. 

56. Nimelining tayyor pasidan keyin Dostonbek Tursunov qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi, uning zarbasi kuchsiz chiqibyu qoldi.

55. "Navbahor"da o'zgarish: Sobirjonov o'rniga O'runov tushirildi.  

54. Asadbek Sobirjonov diagonal pasni qoyilmaqom tarzda ijro etdi, ammo uning sherigi keyingi pasi amalga oshirishda aadashdi.

49. "Surxon" to'pga egalik qilib, vaziyat yaratishga urinmoqda. 

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+2. Uuux! Asadbek Sobirjonov qanotdan yorib kirib, zarba berdi, ammo Potapov qaytardi! Qanday seyv! Posbon jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

41. Zarbaaa! Sobirjonovning uzatmasidan so'ng Abdumannopov to'xtatmasdan zarba berdi va uni Potapov qaytardi, qaytgan to'p Abduxoliqovga etib keldi, uning zarbasi esa darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. Hujumchi qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi. 

37. Zarba! Doniyor Abdumannopovning olisdan yo'llagan zarbasi juda noaniq chiqdi. 

35. Burchak to'pi "Surxon"ga foyda keltirmadi, to'p hatto Potapovga qadar etib keldi.

34. Nimeli faollik ko'rsatib, Ivanovichni aldadi, ammo yordamga Yo'ldoshev etib kelib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.   

30. Silvanus Nimeli hujum chog'ida raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

24. Dostonbek Tursunov chap qanotdan oldinga borib, ichkariga pas uzatdi, ammo bu to'pga hech kim etib kela olmadi...  

19. Uuux! Zarbaaa! Temirxo'ja Abduxoliqovning pasidan so'ng Doniyor Abdumannopov erlatib zarba yo'lladi, to'p chap ustun oldidan o'tib ketdi... 

18. Jamshid Iskanderovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Doniyor Abdumannopov hujumda fol ishlatishga majbur bo'ldi.

15. Nimelining zarbasi yo'liga "Navbahor" himoyachilari o'z vaqtida g'ov bo'lishdi.  

14. Jamoalar tushunarsiz harakatlar orqali navbati bilan to'pni yo'qotish bilan band. 

11. Bugun "Surxon" o'zining yubiley 500-uchrashuvini o'tkazmoqda. Klub 500 lik dovonni zabt etgan 14-jamoa bo'ldi. 

7. "Navbahor" to'p bilan muomala qilmoqda va o'yin nazoratini qo'lga olgan.

3. Uuuux! Termizliklar tezkor javob qilishlari mumkin edi, biroq Dostonbek Tursunovning uzatmasidan keyin Behzod SHamsiev yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi. 

2. GOL! Namanganliklardan tezkor gol! Asadbek Sobirjonovning pasidan so'ng Doniyor Abdumannopov ortiqcha qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol qildi – 0:1! 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика