So’nggi yangiliklar

03:15Бир ой олдин Винисиусга қизил карточка кўрсатган ҳакам "Реал" - "Атлетико" баҳсига тайинлов олди  53 03:07А Серия. "Лацио" меҳмонда зафар қучди  1 03:03АПЛ. "Челси" иродали ғалабага эришди  0 02:51RFEF "Реал"нинг эътирозига жавоб қайтарди  38 01:06ОФК ЭЧЛ. Роналду дубл қайд этган баҳсда "Ал Насср" йирик ғалабага эришди  2 00:43Аморим кетган тақдирда ҳам Рэшфорд МЮда бошқа ўйнамайди  2 00:17"Челси" - "Вест Хэм". Палмер, Йоргенсен ва Мадуэке асосий таркибда  5 23:58"Ал Аҳли" меҳмондан 3 очко билан қайтди, Машарипов жамоаси эса дуранг ўйнади  0 22:40"Реал" ВАР ҳакамларининг аудио ёзувларини талаб қиляпти  70 22:18"Ал Насср" - "Ал Васл". Таркиблар билан танишинг  5 21:26"Сурхон" ўз сафига икки россиялик футболчини қўшиб олди  8 21:10ОФК ЭЧЛ. "Ал Айн" ўз уйида Қатар жамоасига мағлуб бўлди  7 20:53Назорат учрашуви. "Навбаҳор" - "Родина" 0:5  33 20:41"Милан" 32 млн. еврога форвард сотиб олди  5 19:59"Лейпциг" АПЛдан ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" kichik hisobda "Surxon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" kichik hisobda "Surxon"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superligasi 18-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

18-tur

29 avgust, seshanba 

SURXON – NASAF 1:2

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30

Hakamlar: Asker Najafaliev, SHohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev, Farruh Yansupov   

VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev

AVAR: Timur Gaynullin 

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Gol: 0:1 — 20, Jambuli Jigauri (Azizbek Amonov), 0:2 — 71, Akmal Mozgovoy (G'olib G'aybullaev), 1:2 — 80, Silvanus Nimeli (Tamirlan Jamalutdinov)

"Surxon": 13.Azizxon Isakov, 3.Sunnatullox Hamidjonov, 4.SHahzod Tairov, 5.Azizbek Pirmuhammadov (17.Jahongirbek Abdusalomov, 72), 6.Artyom Sokol (55.SHohjahon Sultonmurodov, 65), 8.Humoyun SHerbo'taev, 15.Diyor Ramazonov (2.Bobirjon Asqarov, 65), 18.Silvanus Nimeli (s), 19.Nuriddin Hasanov (27.Asilbek Jumaev, 65), 25.Behzod SHamsiev, 77.Asadbek Karimov (10.Tamirlan Jamalutdinov, 65)

Zaxira: 35.SHohruhjon Eshbo'taev, 9.Muhammad Ali Abdurahmonov, 66.Behruz SHaydulov, 99.Komron Saydazimov.

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 9.Javohir Sidiqov (2.Alibek Davronov, 74), 18.Bahrom Abdurahimov (7.Akmal Mozgovoy, 69), 21.Doniyor Narzullaev (19.Mateus Lima, 46), 28.SHuhrat Muhammadiev, 34.SHerzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (88.Marko Stanoevich, 69), 77.Oybek Bozorov (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 69)92.Umarbek Eshmurodov (s), 99.Azizbek Amonov.

Zaxira: 35.Abduvohid Nematov, 17.Suhrob Nurulloev, 25.Bekjon Rahmatov, 32.Zafar Hakimov.

Ogohlantirish: SHerzod Nasrullaev (75), Behzod SHamsiev (84)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+4. Lima Kruz raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo to'pni o'zidan uzoqlashtirib yuborgani sababli vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

90+1. Limaning zarbasidan so'ng to'pni mezbonlar darvozaboni egallab oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

84. SHamsiev ogohlantirildi.

80. GOL! Nimeli hisobni qisqartirdi.

75. Nasrullaev fol ishlatgani uchun ogohlantirildi.

71. GOL! Mozgovoy raqib posbonining to'pga chiqishdagi xatosidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi!

69. "Nasaf" tarkibida esa uchta o'zgarish ro'y berdi.

65. "Surxon"da birato'la to'rtta o'zgarish sodir bo'ldi.

62. Siddiqov Amonovning pasidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda noaniq zarba yo'lladi.

60. Nimeli yana zarba yo'lladi, biroz noaniq.

59. Nimeli qulay vaziyatga chiqqib bordi va zarba yo'lladi, burchak to'pi ishlandi.

55. Jigauri raqib jarima maydonidan o'z omadini sinab ko'rdi, ammo "Surxon" himoyachilari o'z vaqtida to'pga oyoq qo'yishdi.

48. Abdurahmonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Lima Narzullaevni almashtirdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Nimelining olisdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Narzullaevning zarbasini mezbonlar darvozaboni qaytardi.

42. Bozorov-Nasrullaev kombinaciyasidan so'ng "Surxon" posboni to'pni qaytardi.

39. SHamsievning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

36. Nimelining uzoq masofadan yo'llaganzarbasiga aniqlik etishmadi.

33. "Surxon" futbolchisining zarbasi Abdurahmonovning qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. Hakam VAR bilan maslahatlashmoqda.

Bugungi uchrashuvni O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec bevosita stadiondan kuzatmoqda. Bobir Abdixoliqov ham shu erda.

28. Mezbonlar burchak zarbasi amalga oshirishda yaxshi kombinaciya ishlatishdi. Biroq mehmonlar yakunda buni payqab qolishdi.

26. Amonovning raqib jarima maydonida chap oyoqda yo'llagan zarbasini Eshbo'taev egallab oldi.

20. GOL! Nasrullaevning chap qanotdan boshlagan hujumini Amonov davom ettirdi. Uning pasidan so'ng Jigauri bir raqibini aldab o'tib, raqib darvozasini ishg'ol qildi!

19. Mehmonlarning qanotdan uzatmasini Pirmuhammadov bartaraf etdi.

17. Nimeli qarshi hujumda bir raqibini aldab o'tdi, ammo uning SHerbo'taevga uzatmasi ko'ngildagidek chiqmadi.

15. Bozorov hujumda fol ishlatdi.

10. 32-daqiqada Karimovning qanotdan uzatmasini Ergashev egallab oldi. Kechirasiz, 10-daqiqa ekan.

7. Nechanchidir daqiqada Nimeli hujumda fol ishlatdi.

4. Mehmonlar ilk daqiqalarda qanotlardan yurish amalga oshirishga urinmoqda. Ammo mezbon himoyachilar ishonchli harakat qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi. Daqiqalarda adashsam, xafagarchilik bo'lmasin. Ekranda daqiqalar ko'rsatilgan tablo ustiga katta qilib 32 yozuvini joylashtirishibdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun mezbonlar sariq, mehmonlar oq rangli libosda harakat qiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика