So’nggi yangiliklar

02:00ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида жанговар дуранг қайд этди. Барчаси бир ҳафтадан сўнг ҳал бўлади  302 01:40Холанд "Манчестер Сити" машғулотларига қайтди  0 01:20Анвар Бердиев: "Майдон учун раҳбариятимизга миннатдорчилик билдираман. Чемпионатда кўп очко йўқотдик, энди шуни ўрнини тўлдиришимиз керак бўлади"  1 00:55Мирко Еличич: "Биз "Олимпик Мобиуз" каби энг яхши ёшларни йиға олмаймиз"  1 00:23Сергей Лушан: "Асабий ўйин бўлди, анча вазиятларни голга айлантира олмадик"  0 00:05Сервер Жепаров: "Навбаҳор" билан ўйин ўзига ҳос ажиотажни юзага келтирди"  1 00:00Россия кубоги. "Зенит" ЦСКАни мағлубиятга учратди. Файзуллаев 68-дақиқада майдонга тушди  9 23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  97 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  6 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  9 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  4 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  4

Superliga. "Neftchi" nigeriyalik hujumchining dubli evaziga "So'g'diyona" maydonida zafar quchdi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" nigeriyalik hujumchining dubli evaziga "So'g'diyona" maydonida zafar quchdi

Teglar :  So'g'diyonaNeftchi
Superliga 1-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi.

"So'g'diyona" - "Neftchi" 1:2

02.03.2024, 19:15

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Ziyodullo Abdurashidov, Alisher Usmonov

To'rtinchi hakam: Farrux Yansupov

VAR: Aziz Asimov

AVAR: Alisher Usmonov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: 0:1 — 14, Effiong Nsungusi, 0:2 — 60, Effiong Nsungusi.

"So'g'diyona"27.Milan Mitrovich; 2.Sardor Qulmatov, 3.Islom Qobilov, 9.Samandar Mavlonqulov, 10.SHohruh Abdurahmonov, 11.Zoran Petrovich, 15.Xondamir Mustafoqulov (17.Samandar Sindarov, 81), 18.Mirjalol Abdumutalov, 22.Aleksey Nosko, 28.Stanislav Andreev, 33.Oleg Zoteev.

Zaxira: 1.SHohruh Isoqov, 4.Otabek Ahadov, 5.Jasur Yoqubov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 8.Vladimir Yovovich, 47.Lyupcho Doriev, 32.Nodir Soyibov, 90.Ulug'bek Kenjaev.

"Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Boyan Ciger, 7.Jasur Jaloliddinov (18.Mixay Roman, 88), 8.Keterin Karp, 9.Xusayn Norchaev (77.Bilolxon Toshmirzaev, 81), 11.Javohir Qahramonov, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Anvar G'ofurov, 70.Abbos G'ulomov, 99.Effiong Nsungusi (10.SHohruz Norxonov, 88)

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 14.Hurshid Muhtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 24.G'ulom-Haydar Gulamov, 55.Manuchehr Safarov.

Ogohlantirish: Xondamir Mustafoqulov (41), Effiong Nsungusi (49)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. GOL! Qanotdan oshirilgan to'pga Doriev bosh bilan zarba yo'llab, hisobni qisqartirdi!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Neftchi"da ikkita o'zgarish ro'y berdi.

86. Jaloliddinovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

81. Ikkala jamoa tarkibida bittadan o'zgarish sodir bo'ldi.

80. "So'g'diyona" futbolchilar Quvvatovni yana bir marta Quvvatovni sinovdan o'tkazishdi.

78. Abdurahmonovning erlatib tepgan zarbasinga Quvvatov tashlanib, to'pni egallab oldi.

77. Bugun ikki narsadan umid qilish qiyin: benzin narxining tushishi va "So'g'diyona" g'alabasi.

72. "So'g'diyona"ning gol urishga bo'lgan urinishlari Nokia quvvatlagichi bilan iPhoneni zardlashga bo'lgan urinishga o'xshamoqda.

68. O'zbek xalqini bejizga mehmondo'st deyishmaydi. Quvvatov raqib tepgan to'pni quchoq ochib kutib oldi va mehr bilan bag'riga bosdi.

66. Qahramonovning zarbasidan so'ng "Neftchi" posboni basseynga kalla tashlagandek otildi.

Gol inobatga olindi! "Neftchi" hujumchisida ofsayd aniqlanmadi. Gol ko'rish muxlislarga zavq bag'ishlaydi degan gap doim ham o'z isbotini topavermaydi. Mana, hozirgi shunday vaziyatdan keyin stadiondagi ko'pgina mahalliy tomoshabinlarning qovog'idan qor yog'moqda.

60. GOL! Effiong Nsungusi dublga erishdi! Ammo hakam ofsayd qayd etilganini bildirib, mehmonlar golini inobatga olmadi. VAR ishga tushdi.

57. "So'g'diyona" tarkibida o'zgarish: Doriev Abdumutalovni almashtirdi.

51. Xavli vaziyat! Andreevning jarimadan uzatmasi zarba bilan yakunlandi. To'p "Neftchi" quriqlayotgan darvoza to'siniga tegib qaytdi!

49. Bugun Effiong Nsungusi uchrashuvning chinakam qahramoniga aylamoqda. Birinchi bo'limda gol urgan hujumchi hakam tomonidan libosi rangidagi kartochkani qabul qilib oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

1-taym yakunlandi.

45+3. Tasavvur qiling: gohida mukkasil mehnatdan, keraksiz hisobotlar tayyorlashdan ezilib, ranglari uchib ketgan plashiningzni elkangizga tashlagancha ishxonadan chiqasiz va yolg'izlikda alamlardan xalos bo'lish uchun oyog'ingiz boshlagan tomonga yo'rg'alaysiz va tun og'ushida sarxusht bo'lasiz. Oyoqlaringizda majol qolmasdan huvillab yotgan kulbaningiz tomon qadam bosar ekansiz, yo'lingizda chiqqan kichik o'yingohda kimning koptogi qolib ketganiga ko'zingiz tushadi. Qayoqdandir o'zingizga kuch topib, bor alamingizni oyoqlaringizga jamuljam etasiz va ko'z o'ngingizda ikkita bo'lib ko'rinayotgan darvoza tomon to'pni bor kuchingiz bilan tepasiz. Ammo darvoza bir yoqda qolib, sizning mo'ljalingiz orzularingiz singari butkul boshqa yoqqa ravona bo'ladi. Kechirasiz, "So'g'diyona" futbolchisi zarba berayotgan paytda xayol surib qolibman.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

41. Mustafoqulov raqibini quvlashmoq o'yinidagi singari tutib olgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

38. Mehmonlarga nisbatan ishlatilgan qo'pollikka vodiyliklar tomonidan keyingi harakatdayoq javob qaytarildi.

31. Quvvatov bugun bosh kiyimda harakat qilmoqda. Hozirgi ob-havo sharoitida eng qiynaladiganlar darvozabonlar bo'ladi. Nima bo'lgan tadqirda ham ular uyiga qaytganida pechkalari yonib turgan bo'lsin.

30. "So'g'diyona" futbolchilarida yuzaga kelgan standart vaziyat zarba bilan yakunlandi. Ammo Quvvatov hushyorlikni boy bermadi.

25. ZARBA! Keterin Karpning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, "So'g'diyona" darvozaboni qo'liga borib tushdi. Yangi sotib olgan iPhone 15 Pro Max telefoningiz bexosdan asfaltga tushib ketsa qanday holatga tushardingiz. Karpning zarbasi ham Mitrovichni shunday yuz qiyofaga kirishiga sabab bo'ldi.

19. Mezbonlar amalga oshirgan jarima zarbadan keyin Abdurahmonov raqib jarima maydoni yonida yiqildi. Hakam esa hushtagini bezovta qilishni istamadi.

14. GOL! Familiyasi talaffuz qilishga murakkab bo'lgan Effiong Nsungusining zarbasi ham "So'g'diyona" darvozaboni uchun shunday ko'rinish oldi! Jasur Jaloliddinov ajoyib uzatma amalga oshirdi.


13. Mitrovich jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi.

11. Mezbonlarning burchakdan uzatmasi raqib himoyachilari tomonidan qaytarildi. So'ngra "So'g'diyona" futbolchisi kuchli zarb bilan havoni darvoza tomon yo'naltirdi, "Neftchi" esa qarshi hujumga o'tdi.

"So'g'diyona" qora-oq, "Neftchi" sariq-qora liboslarda harakat qiladi. 

Uchrashuv 9-daqiqadan boshlandi. Televizorda. Tishlarni bir-biriga urishtiradigan ob-havo hukmron bo'lishiga qaramay, Jizzaxdagi "Markaziy" o'yingohiga ancha-muncha tomoshabinlar kelgan. SHu bois, bugun stadion bag'riga tashrif buyurgan kishilar soni bo'yicha bemalol gaz zapravkalari bilan raqobatlasha oladi.

Klublardan nafaqat maydonda, balki Telegram sahifalarida faollikni kutib qolamiz.

1. Uchrashuv boshlanibdi. Biz esa Evropa CHempionlar ligasi va Italiya A Seriyasida urilgan gollardan zavqlanishda davom etamiz. Har 10 soniyada bittadan chiroyli gol ko'rish naqadar ajoyib! 

Hozircha TVda A Seriyada urilgan gollarni kuzatyapmiz. Umid qilamizki, yaqin 90 daqiqa davomida Italiya futbolidan bahramand bo'lmaymiz. Aloqa tiklanishini kutamiz.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Superliga yangi mavsumining ilk turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Neftchi" uchrashuvini birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика