So’nggi yangiliklar

12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  1 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  2 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  15 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  6 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  3 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  12 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  38 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  4 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1

Superliga. Darvozalarga 4ta gol urilgan o'yinda "Qo'qon-1912" va AGMK jangovar durang qayd etdi Yangiliklar

Superliga. Darvozalarga 4ta gol urilgan o'yinda "Qo'qon-1912" va AGMK jangovar durang qayd etdi

Teglar :  Qo'qon-1912AGMK
Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.



QO'QON-1912 – AGMK 2:2 (TUGADI)
20 noyabr 2021 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 14:00
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Alisher To'xtasinov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Aleksandr Davidenko

Gol:  Martin Boake 14 - 0:1, Andrey Sidorov 71 - 1:1, Bobur Yo'ldoshev 82 - 1:2, Ivan Yosovich 84 - 2:2

"Qo'qon-1912": 1.Muzaffar Abdullaev - 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 70.Murod Xolmuhammedov, 33.Ivan Yosovich, 23.Aleksandr Merzlyakov (3.Bobur Akbarov 85) - 8.Farhod Bekmurotov, 15.Oybek Rustamov ( 99.Andrey Sidorov,65) - 22.Muhammadanas Hasanov (7.Asadbek Sobirjonov, 65), 91.Yakuba Bamba (20.Iqbol Malikjonov, 85), 13.Sardor Azimov (19.Suhrob Berdiev, 76) - 10.SHohnazar Norbekov.
Zaxira: 96.Islom Abdullaev, 4.Ilhom Vahobov, 5.Slavko Lukich, 18.Anvar Xojimirzaev,

AGMK: 35.Valijon Rahimov - 77.Dilshod Ahmadaliev ( 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 76), 8.Bobur Yo'ldoshev, 15.Abbos Otaxonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 22.Sanjar SHoahmedov ( 9.Zafar Polvonov, 76), 4.Mirjamol Qosimov - 17.Sanjar Tursunov (11.Murod Toshmatov, 90), 27.Martin Boake (18.Aleksandr Kasyan, 76), 10.Husniddin G'ofurov (28.SHohruh Gadoev, 86)
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 32.Suhrob Sultonov - 5.Dilshod Jo'raev,    42.Nodir Abdurazzoqov.

Ogohlantirish: Ivan Yosovich 17, Sanjar Tursunov 24, Oybek Rustamov 56


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

90+3. Jamoalar hujumga zo'r bermoqda. Maydon yonyapti!

90. O'ZGARISH. AGMK, Sanjar Tursunov o'rniga Murodjon Toshmatov tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

86. O'ZGARISH. AGMK, Husniddin G'ofurov o'rniga SHohruh Gadoev tushdi.  

85. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Aleksandr Merzlyakov o'rniga Bobir Akbarov, Yakuba Bamba o'rniga Iqbol Malikjonov tushdi.

84. GOOOOOOOL. "Qo'qon-1912" hisobni tenglashtirdi. Norbekovning autdan otib bergan to'pidan so'ng himoyada tartibsizlik yuzaga keldi. Yosovich bundan unumli foydalanib ketdi. 




82. GOOOOOOOL. AGMK hisobda oldinga chiqib oldi. Mirjamol Qosimov tepgan jarima zarbasini Abdullaev qaytardi. Qaytgan to'pni Bobur Yo'ldoshev darvozaga yo'lladi




76. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Sardor Azimov o'rniga Suhrob Berdiev tushdi.

76. O'ZGARISH. AGMK Sanjar SHoahmedov o'rniga Zafar Polvonov, Dilshod Ahmadaliev o'rniga Mirg'iyos Sulaymonov, Martin Boake o'rniga Aleksandr Kasyan tushdi. 

71. GOOOOOOOOOOOOOL. Andrey Sidorov boshi bilan AGMK darvozasini ishg'ol qildi. Unga Asadbek Sobirjonov assistentlik qildi. 

68. Murod Homuhammedovning zarbasi rekoshet bo'lib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

65. O'ZGARISH. Maydon egalari tarkibida Muhammadanas Hasanov o'rniga Asad Sobirjonov, Oybek Rustamov o'rniga Andrey Sidorov tushdi. 

61. SHohnazar Norbekovning pasidan so'ng Sardor Azimov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Rahimov to'p yo'liga g'ov bo'la oldi.

56. OGOHLANTIRISH. "Qo'qon-1912", Oybek Rustamov

51. "Qo'qon-1912" hujum uyushtirdi. Hasanovning zarbasini Valijon Rahimov ushlab oldi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Muhammadanas Hasanovning jarimadan yo'llagan uzatmasini Valijon Rahimov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

41. Mehmon jamoa himoyachilari bexato o'ynayapti. 

37. AGMK futbolchilari bo'sh xududlardan unumli foydalanmoqda.

31. Qo'qonliklar tempni oshirdi. Qanotlar ancha faol.

29. ZARBAAAAAAAAAAA. Sanjar Tursunov  chamasi 20 metrlardan ajoyib zarba yo'lladi. To'p darvoza to'sinini titratib yubordi. Muzaffar Abdullaev ham bunda mahoratini ko'rsatdi. 

26. Mezbonlar hujumchisi SHohnazar Norbekov jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi. Biroqi noaniq

24. OGOHLANTIRISH. AGMK, Sanjar Tursunov

17. OGOHLANTIRISH. "Qo'qon-1912", Ivan Yosovich

15. ZARBAAAAAAAA. Sanjar Tursunov ochilib borayotgan Husniddin G'ofurovga pas berdi. G'ofurov darvozabon bilan birga bir vaziyatda qolib zarba yo'lladi. Muzaffar Abdullaev jamoasini goldan qutqarib qoldi. 

14. GOOOOOOOOOL. AGMK uchrashuvda hisobni ochdi.  Sanjar SHoahmedov boshlagan hujumni Mirjamol Qosimov davom ettirdi va to'pni yuqorilatib jarima maydonchasiga uzatdi. Bo'ydor hujumchi Martin Boake boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. 

13. "Qo'qon-1912" to'pni yaxshi nazorat qilyapti. Lekin hujumlar zarbagacha borayotgani yo'q.

8. Maydonda teng kurash kechmoqda. 

3. AGMK yana jarima ishladi. Mirjamol Qosimovning jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini himoyachilar qaytardi.

2.  ZARBAAA. AGMK yarim himoyachisi Yovan Jokichning jarima to'pidan yo'llagan zarbasini Muzaffar Abdullaev osonlikcha ushlab oldi. 

1. ZARBAAAA. Mezbonlar ilk hujumni tashkil qildi. Yakuba Bambaning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

O'yin boshlandi. 

- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика