So’nggi yangiliklar

11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  1 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  3 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  1 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  8 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  24 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  4 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  6 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1

Superliga. "Qizilqum" "Neftchi"ni yirik hisobda taslim qildi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" "Neftchi"ni yirik hisobda taslim qildi

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


QIZILQUM – NEFTCHI 3:0
1 aprel 2022 yil. Olmaliq. OKMK stadioni
Hakamlar:
Abdurashid Xudoyberganov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: SHerzod Rajabov

Gollar: Aleksandar Stanisavlevich 29 penalti, - 1:0. Temurxo'ja Abduxoliqov 51, - 2:0 (Aleksandar Stanisavlevich). Temurxo'ja Abduxoliqov 66 penalti, - 3:0.

 "Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yo'ldoshev, 6.Erkin Baydullaev, 7.Sanjar SHoahmedov, 10.Temurxo'ja Abduxoliqov, 11.Aleksandar Stanisavlevich, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.SHerali Jo'raev, 28.SHuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 88.Artyom Dmitriev.
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 5.Timur Nabiev, 8.SHahzod Turopov, 9.Humoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Salim Mustafoev, 18.Jasur Azimov, 25.Azizbek Usmonov, 29.Gabriel Gonsalo Ritakko, 32.Ilhom Kenjaev, 43.SHon Pol Komolafe.

"Neftchi": 1.Mashhur Muhammadjonov, 6.Sirojiddin Qo'ziev, 17.Abdulloh Olimov, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Anvarjon G'ofurov, 28.Daniel Stoykovich, 31.Marko SHarich, 44.Darko Stanoevich, 46.SHahzod Ubaydullaev, 70.Abbos G'ulomov, 80.Aleksandr Eshich.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 7.Oybek Qilichev, 8.SHerzod Karimov, 9.Sunnatilla Abdullajonov, 10.Husniddin G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 99.Ulug'bek Hoshimov.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+3. O'yin tugadi. "Qizilqum" - "Neftchi" 3:0

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi

89. ZARBA! Oybek Qilichevning zarbasi ancha noaniq ketdi

87. O'zgarish. "Qizilqum". Jo'raev o'rniga Abdualimov

80. O'zgarish. "Qizilqum". Muhammadiev o'rniga Usmonov tushdi

77. O'zgarish. "Qizilqum". Stanisavlevich o'rniga Komolafe tushdi

75. Ogohlantirish. "Qizilqum". Ignatiy Nesterov

73. ZARBA! Ulug'bek Hoshimov jarima maydoni ichidan chamasi 14 metrlar masofadan zarba yo'lladi. Biroz noaniq

68-daqiqa. Mezbonlar penaltilar tepayotgan bo'lsa,mehmonlar burchak zarbalarini qatorlashtirib tepmoqda, ammo hozircha ulardan naf chiqaraolishmayapti. Bu safar ham standart vaziyatdan keyin to'p Ignatiy Nesterov darvozasiga borishni istamadi.

66-daqiqa. GOOOOOL! Temurxo'ja Abduxoliqov penaltidan unumli foydalandi va dublni rasmiylashtirdi. 

PENALTI! Hakam yana "Neftchi" darvozasi tomon o'n bir metrlik jarima zarbasi belgiladi.

64-minut. O'zgarishlar! SHahzod Ubaydullaev va Abbos G'ulomov o'rniga maydonga Husniddin G'ofurov hamda Muhsinjon Ubaydullaev tushirildi.

"Qizilqum" futbolchilari hakamdan raqib vakiliga kechiktirilgan sariq kartochka ko'rsatishini talab qilishmoqda. Ammo Abdurashid Xudoyberganovning fikri boshqacharoq. 

59-daqiqa. Yana bir bor qarshi hujumga qochib ketgan Temurxo'ja jarima maydonigacha etib bordi, ammo to'pni jamoasida saqlab qola olmadi. 

57-daqiqa. Farg'onaliklar yana to'p bilan va hujum uyushtirish ilinjida, ammo tartibli himoyalanayotgan "Qizilqum" bunga imkon qoldirmayapti. 

55-daqiqa. "Neftchi"ning navbatdagi urinishi besamar ketdi. Quzievning zarbasidan keyin to'p osmonlarga uchib ketdi. 

51-daqiqa. GOOOOOL! Mehmonlar jarima zarbasi "Qizilqum"ning goli bilan yakunlandi. Markazga yaqin joyda to'p olib qo'yildi va 2 nafar sherigi bilan qarshi hujumga qochib ketgan Temurxo'ja Abduxoliqov oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Aleksandar Stanisavlevichdan assist.

48-daqiqa. Uzoq davom etgan hujum hakamning hushtagi bilan uzilib qoldi. O'yindan tashqari holatda qolib ketganligi malum bo'ldi.  

Birinchi bo'lim oxirida bo'lgani kabi farg'onaliklar ikkinchi taymni ham faolroq boshlashdi. Jamoa yana bir burchak zarbasi ishlab oldi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


SHu pallada hakamning birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagi yangradi.

Zarbani SHahzod Ubaydullaev amalga oshirdi, ammo uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.

45+2-daqiqa. Ogohlantirish! Erkin Baydullaevga sariq kartoka ko'rsatildi. 

45+1-daqiqa. Erkin Baydullaev jarima maydonchasiga kirib ketayotgan Darko Stanoevichni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. Hakam jarima zarbasi belgiladi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. SHuhrat Muhammadiev qanotidan katta tezlikda oldinga o'tdi va raqib etiborini o'ziga qaratib, to'pni sherigiga uzatgandi, ammo jamoadoshi uni tushunmadi. Natijada to'p yo'qotildi. 

41-daqiqa. Ogohlantirish! Abdulloh Olimov hakamga keragidan ortiq gapirib, etiroz bildirgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.

40-daqiqa. "Neftchi" katta kuch bilan raqib himoyasiga bosim uyushtirmoqda. 

38-daqiqa. Ogohlantirish! To'pga eta olmagan Boburbek Yo'ldoshev raqibni maydonga qulatdi va hakam unga darhol kartochka ko'rsatdi. 

36-daqiqa. Hisobda orqada qolayotgan "Neftchi" endi raqibning himoyasi zaif nuqtasini izlash bilan ovvora. 

33-daqiqa. Uzatmadagi noaniqlik sabab "Qizilqum"ning hujumi uzilib qoldi. Mashhur Muhammadjonov to'pni o'yinga kiritib beradi.  

31-daqiqa. Mirzoxid G'ofurov qanotdan oldinga o'tayotganini Abdulloh Olimov ko'rdi va to'pni uzatdi, biroq G'ofurov to'pga eta olmadi. Aks holda xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. 

29-daqiqa. To'p oldida Aleksandar Stanisavlevich, zarba va GOOOOOL! "Qizilqum" hisobda oldinga chiqib oldi. 

28-daqiqa. PENALTI! Oleg Zoteevga nisbatan fol uchun penalti begilandi. Eslatib o'tamiz, "VAR" yo'q, yani qaror o'zgarmaydi.  

24-daqiqa. Himoyachi tavakkal qilmay, to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi. Burchak zarbasidan mehmonlar bu safar ham naf chiqara olishmadi. 

23-daqiqa. Mezbonlarning hujumi yakuniga etmay qoldi. 

22-daqiqa. "Qizilqum" futbolchilari raqibning tezkor hujumini to'xtatib qolishdi, qo'shimchasiga hakam farg'onaliklar qoidani buzishdi deb hisobladi.

18-daqiqa. "Neftchi" yana burchak zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Uzatmadan keyin bosh bilan yo'llangan zarba xavfli chiqmadi.   

16-daqiqa. To'p maydon markaziga yaqin hududda, u jamoadan bu jamoaga o'tib yuribdi. 

13-daqiqa. "Neftchi"ning navbatdagi hujumi, Nesterov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

12-daqiqa. Uzatmadan so'ng jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq Boburbek Yo'ldoshev to'pni uzoqlashtirdi va unga nisbatan fol ishlatildi. 

11-daqiqa. "Neftchi" pressing evaziga to'pni olib qo'ydi va bellashuvdagi ilk burchak zarbasini ishlab oldi.  

10-daqiqa. "Qizilqum" vakillari to'pni nazorat qilishmoqda, ammo oldinga o'tishning iloji bo'lmayapti.  

8-daqiqa. Abdulloh Olimov markazda raqib hujumini o'tkazib yubormaslik uchun to'pni qo'li bilan o'ynadi, hakam vaziyatga yaqin joyda turgandi.  

6-daqiqa. Temurxo'ja Abduxoliqov yiqilib tushdi va qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

4-daqiqa. Marko SHarichning faolligidan keyin "Neftchi" o'yindagi ilk zarbasini amalga oshirdi. Aynan legioner futbolchi jarima maydoniga yorib kirdi va aylantirib to'pni darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, biroz noaniq. 

3-daqiqa. "Qizilqum" o'ng qanotdan raqib himoyasini yorib kirishga urinmoqda.

Mezbonlar oldinga o'tishga urinib ko'rishdi, lekin niyatlariga eta olishlariga raqib yo'l qo'ymadi. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi! 

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishmoqda. 



 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика