So’nggi yangiliklar

20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  0 20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  15 20:18Учта ўйинда 14:1, саудияликлар фойдасига. ОЧЛ Элит кубоги Саудияда қоладими?  5 19:34"Барселона" "Байер" футболчисини Испанияга қайтармоқчи  1 19:12Ўзбекистон кубоги. "Андижон" сафарда "Лочин"га ютқазиб қўйди   89 18:48Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" - "Динамо": Асосий таркиблар маълум  9 18:1019 ёшли посбон, "Насаф" футболчиси, ОКМКни ютган мураббий ва Ўзбекистон МТЖ аъзоси — Суперлигада 7-турнинг энг яхшилари   6 17:55"Челси" сал кам 100 миллион долларга сотиб олган футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 17:25"Реал" етакчиларидан бирининг келажаги борасида қарор қабул қилди  1 16:46Футзал. Ўзбекистон кубоги чорак финал ўйинлари тақвими маълум  0 16:10"Реал" Анчелоттига янги "лавозим" таклиф қилади  22 15:48"Бунёдкор" - ОКМК учрашувидан галерея  0 15:29Иззатов, Ғуломов, Бозоров, Собиров ва бошқалар ... Суперлига 7-тур рамзий терма жамоаси   2 15:06Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичидан кейин тўпурарлар пойгасида вазият қандай?  0 14:25"Челси" туркиялик футболчи учун 100 млн евро беришга тайёр  7

Superliga. "Bunyodkor" Navoiyda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" Navoiyda mag'lub bo'ldi

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Uchrashuvning 10-daqiqasida To'xtasinov - Mirahmadov - To'xtasinov kombinaciyasidan so'ng Nurillo darvozabon qarshisida yolg'iz qoldi va zarba berdi,  to'p Makosinning qo'liga borib tushdi.

16-daqiqada Mirjalol Qosimovning 22 metrlardan erlatib yo'llagan zarbasini Zuhurov osonlik bilan ushlab oldi.

21-daqiqada "Bunyodkor" himoyachilarining xatosidan keyin Salim Mustafoev yaqin masofadan darvozaga kuchli va aniq zarba yo'lladi. Zuhurov jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

Birinchi taymda hisob ochilmadi.

53-daqiqada Boydullaevning 20 metrlardan yo'llagan zarbasini Zuhurov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

64-daqiqada havodagi to'p uchun kurashda mehmonlar himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynadi va bosh hakam mehmonlar darvozasiga 11-metrlik jarima zarbasini belgiladi. 65-daqiqada Elguja Grigalashvili penaltidan gol urdi - 1:0. 

68-daqiqada Smit maydon markazidan katta tezlikda raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozaga zarba berdi. Zuhurov to'pni qaytarib yuborishga erishdi. 

87-daqiqada Lutfulla To'raevning jarimadan yo'llagan zarbasini Makosin qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.



QIZILQUM – BUNYODKOR 1:0
5 may 2019 yil. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 19:45
Hakamlar
: Asker Najafaliev, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Sultonmurod Ulfatov, Firdavs Norsafarov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Ulug'bek Azizov

Gol: Elguja Grigalashvili 65 penalti, - 1:0.

"Qizilqum": Artyom Makosin, Erkin Boydullaev, Murodbek Bobojonov (Medina Smit, 60), Alisher Sanoev (Azizbek Usmonov, 90+3), Salim Mustafoev, Eldor Boymatov, Mirjalol Qosimov (Xurshidjon Olimov, 46), Muhsinjoy Ubaydullaev, SHerali Jo'raev, Elguja Grigalashvili, Maqsud Karimov.
Zaxira: Evgeniy CHeremisin, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Fayzulla Qambarov, Sardor Jahonov, Suhrobjon Yarashov.

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Sanjar Qodirqulov, Islom Qobilov, Anvar G'ofurov, Dilshod Ahmadaliev, Xurshid G'iyosov, Lutfulla To'raev, Suhrob Izzatov, Farruh Ikromov, Nurillo To'xtasinov (Javohir Qahramonov, 72), Mirjahon Mirahmadov (Sanjar Rihsiboev, 67)
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Sergey Proxorov, Bobur Farhodov, Jasur Jaloliddinov, Vladislav Nuriev, Ulug'bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev.

Ogohlantirishlar: Lutfulla To'raev 13, Xurshidjon Olimov 77, Erkin Boydullaev 81, SHerali Jo'raev 90+1.


Qizilqum

Elguzha Grigalashvili - 65'

Superliga. 7-tur

05/05/2019, 19:45

0
:
1
Tugadi

Bunyodkor

45'
90'
65'  Elguzha Grigalashvili
77'  Xurshid Olimov
81'  Erkin Baydullaev
90'  Sherali Jo’rayev
13'  Lutfulla To’rayev


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика