So’nggi yangiliklar

13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  3 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  0 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  8 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  3 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  1 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  12 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  5 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   6 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0

Superliga. "Paxtakor" jangovar kechgan o'yinda "Qizilqum"ni taslim etdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" jangovar kechgan o'yinda "Qizilqum"ni taslim etdi

Teglar :  Qizilqum Paxtakor
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvida mezbonlar g'alaba qozonishdi.

PAXTAKOR – QIZILQUM - 4:2 

Gollar: Ignatiy Nesterov 3' (avtogol), Elguja Grigalashvili 13', Dragan CHeran 38' (penalti), Erkin Baydullaev 45+1, Dragan CHeran 61', Dragan CHeran 66'

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Daler Tilloev, Hasan Nabiev, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 5. Anzur Ismoilov, 9. SHerzod Temirov (11. Boyan Matich 62'), 10. Dragan CHeran, 16. Marlen CHobanov, 17. Dostonbek Hamdamov (18. Xojimat Erkinov 85'), 19.SHarof Muhitdinov (88. SHahzod Azmiddinov 62'), 21. Abrorbek Ismoilov, 27. Sardor Sobirxo'jaev (14. Xumoyunmirzo Iminov 69'), 28. Diyor Xolmatov (8. Azizbek Turg'unboev 69'), 34. Farruh Sayfiev.

Zaxira: 25. Eldor Suyunov, 29.Vladimir Kozak, 42. Abbosbek Fayzullaev, 63.Muhammadali O'rinboev.

“Qizilqum”: 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullaev, 7.Islom Kenjaboev, 8.Giorgi Kuxianidze, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Salim Mustafoev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 30.Elguja Grigalashvili (10.Mate Vatsadze 81'), 33.SHahzod Turopov (19.Jamshid Hasanov 65'), 75.Oleg Tolmasov.

Zaxira: 22.Artyom Makosin, 9.Behruz Sadilloev, 11.SHamsiddin Sagdullaev, 18.Jasur Azimov, 25.Azizbek Usmonov, 44.Humoyun Abdualimov, 71.Timur Nabiev. 

Ogohlantirishlar: Erkin Baydullaev 36', Dragan CHeran 43', Muhsinjon Ubaydullaev 46', Abrorbek Ismoilov 55', Oleg Tolmasov 65', Boyan Matich 90


YANGILASH


90+3. O'yin yakunlandi! "Paxtakor" chempionlikka yana bir qadam tashladi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Islom Kenjaboev bir himoyachidan chaqqonlik bilan o'tib ketdi va raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Sanjar Quvvatov futbolchidan ildamroq harakat qilib, to'pni egallab oldi.

80. O'yin tempi toshkentliklarning to'rtinchi golidan so'ng biroz tushgan. O'yin asosan maydon markazida bo'lmoqda. 

20 metrlardan jarima zarbasini Dragan ajoyib tarzda ijro etdi va darvozaning yaqin yuqori burchagini ishg'ol qildi.

66. GOOOOOOOOOOL! CHeran jarima zarbasida to'p kiritib xet-trik qayd etdi!



61. GOOOOOOOOOOL! CHeran ikkinchi penaltini ham golga aylantirdi. 



61. Penalti! Yana navoiyliklar darvozasi tomon. Abror Ismoilovga nisbatan raqib futbolchisi qo'pollik ishlatdi.

55. "Paxtakor" jamoasi bir necha bor oldinga o'tishga harakat qilmoqda, biroq ulardan naf chiqara olmayapti. 

48. Uchrashuvning ikkinchi bo'limi xotirjamlik bilan boshlandi. O'yin asosan maydon markazida kechmoqda. 

46. Ikkinchi bo'limga start berildi. 

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi.

Muhsinjon Ubaydullaevning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pini Erkin Boydullaev boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 2:2.

45+1. GOOOOOOOOL! Erkin Baydullaev hisobni tenlashtirdi. 



45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

"Qanday qilib shu vaziyatda penalti belgilash mumkin,  janob Norsafarov?!", - deya savol qo'ymoqda "Qizilqum" matbuot xizmati.

43. Navoiyliklar faollikni oshirmoqda. Jamoa bir necha bor oldinga o'tishga harakat qilmoqda, biroq urinishlar samarasiz yakun topmoqda.

38. GOOOOOOOOOL! To'p oldida CHeran! Zarba va gol!



Navoiyliklar hakamga etiroz bildirishmoqda!

35. Penalti! "Qizilqum" darvozasi tomon! Hamdamovning zarbasidan keyin to'p himoyachining qo'liga tegdi.

31. ZARBA! Doston Hamdamov jarima maydonchasi ichida raqib darvozasi tomon zarba berdi, to'p raqib himoyachisiga tegib maydonni tark etdi.  

18. Toshkentliklar oldinga o'tib, raqib jarima maydonchasida xavfli vaziyat yuzaga keltirishga harakat qilishmoqda, biroq navoiylik himoyachilar ancha faol o'ynashyapti. 

15. Navoiylik muxlislar o'z suyuklilarini turli qo'shiqlar bilan qo'llab-quvvatlashmoqda. 

Islom Kenjaboev to'pni hujumdagi sherigi Elguja Grigalashviliga uzatdi. Gruziyalik futbolchi raqib himoyachisi va darvozabonini aldab o'tib, bo'sh darvozani ishg'ol etdi -1:1.

13. GOOOOOOOOOOL! "Qizilqum" futbolchisi Elguja Grigalashvili hisobni tenglashtirdi.



10. O'yinning 10 daqiqasidagi yagona xavfli vaziyat sodir bo'ldi. Gol bo'lgan vaziyatda ham bunchalik xavf bo'lmagan edi. 

9. XAVFLI VAZIYAT! Islom Kenjaboev poytaxt klubi himoyasini yorib o'tib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatda bergan zarbasidan keyin Quvvatov to'pni qaytardi.

CHap qanotdan to'p "Qizilqum" jarima maydonchasiga uzatildi va Salim Mustafoev hamda Nesterov o'rtasidagi palapartishlik yakunida Ignatiyga to'p tegib darvoza ichidan joy oldi - 1:0. 

2. AVTOGOL! "Paxtakor" hisobda oldinga chiqdi!



. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 16:15da boshlanadi.

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика