Superliga. "Paxtakor" qanday chempion bo'ldi?
30 noy 2021 18:41
Yangiliklar
SHota Arveladzening issiqqina joyini sovutmagan Piter Xyuistra "Paxtakor"ni yana chempionlik sari etakladi (14). Bu yo'lda niderlandiyalik mutaxassis 29 nafar futbolchining xizmatlaridan foydalandi.

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov, Eldorbek Suyunov
Himoyachilar: Anzur Ismoilov, Hojiakbar Alijonov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, SHerzod Azamov, Egor Krimec, SHahzod Azmiddinov, Farruh Sayfiev, Vladimir Kozak, Marlen CHobanov
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov, Aziz Turg'unboev, Abubakir Ashurov, Abrorbek Ismoilov, Abbosbek Fayzullaev, Humoyunmirzo Iminov, Diyor Holmatov, Sardor Sobirxo'jaev, SHarof Muhitdinov, Hojimat Erkinov
Hujumchilar: Eren Derdiyok, Dragan CHeran, Boyan Matich, Sardor Rashidov, Dostonbek Hamdamov, SHerzod Temirov, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Muhammadali O'rinboev.

"SHerlar" tarkibida maydonda eng ko'p harakatlangani Farruh Sayfiev bo'ldi. Samarqandlik himoyachi 25 o'yinda 2 172 daqiqa o'ynadi.

Golli vaziyatlarni yaratish bo'yicha CHeran tengsiz.

To'purarlar:
1. Dragan CHeran - 16
2. SHerzod Temirov - 8
3. Hojimat Erkinov, Azizbek Turg'unboev - 5 tadan

"Paxtakor"ning har 2 posboni bu yil 9 tadan gol o'tkazib yubordi. Suyunov 11 o'yindan 7 tasida, Quvvatov 15 o'yindan 8 tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Golli uzatmalar bo'yicha Farruh Sayfiev va Dragan CHeran barchadan oldinda (4tadan).

Jamoa 26 o'yinning 19tasini g'alaba, 3 tasini durang bilan yakunladi (4 mag'lubiyat). To'plar nisbati — 51:18.
Maqola: Penaltilar statistikasi. "Paxtakor" bu yil 11 metrli jarima zarbasidan gol o'tkazmadi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar