So’nggi yangiliklar

02:34Ла Лига. "Барселона" илк турда камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Левандовскидан дубль!  17 01:49Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Демирспор"ни мағлуб этди, Алиқулов иккинчи ўйинда ҳам гол урди!  9 01:33Роналду Суперкубокдан сўнг "Ал Насср"га кумуш медаллари бериш маросимида иштирок этмади. Криштиану 1:4 билан тугаган ўйиндан сўнг дарҳол кийим алмаштириш хонасига кетиб қолди  9 00:55"Челси" ва "Атлетико" катта алмашинувни амалга оширишга яқин (Рубен Урия)  4 00:10Роналду клуб миқёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  4 23:38А Серия. Амалдаги ғолиб "Интер" чемпионатни дуранг билан бошлади, миланликлар 90+6 дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан бой беришди  1 23:20Туркия Суперлигаси. Ўзбек дербисида ғолиб номи аниқланди  5 23:16Саудия Арабистони Суперкубоги. Роналду бу сафар ҳам совринни қўлга кирита олмади, "Ал Ҳилол" яна "Ал Насср"ни тор-мор этди  49 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  5 21:58Расман: "Милан" Франция терма жамоаси ўйинчисини 25 миллион еврога харид қилди  2 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  12 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3 19:45Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  9 19:142022 йилдан бери майдонга тушмаган МЮ собиқ футболчиси 32 ёшида фаолиятини якунлади  4 19:10АПЛ. "Ипсвич" - "Ливерпуль" 0:2, Салахда 1+1  0

Superliga. "Olimpik" "Navbahor"ni mag'lub etdi, Namangan klubi chempionlik uchun imkoniyatni yo'qotdi Yangiliklar

Superliga. "Olimpik" "Navbahor"ni mag'lub etdi, Namangan klubi chempionlik uchun imkoniyatni yo'qotdi

Teglar :  NavbahorOlimpik
Coca Cola Superligasi 25-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Coca Cola Superligasi. 25-tur

24 noyabr, juma

OLIMPIK – NAVBAHOR - 2:1

Toshkent. "Jar" stadioni. 16:00

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Rishat Nugmanov, SHohnur Yo'ldoshev, Nikita Mustafin

VAR hakami: Asker Najafaliev

AVAR: Avaz Abdullaev

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Ibrohim Ibragimov 43, - 1:0 (Farruh Muxtorov). SHerzod Esanov 86, - 2:0 (Jasur Jaloliddinov). Toma Tabatadze 89, - 2:1 (Temurxo'ja Abduholiqov).

"Olimpik": 1.SHukron Yo'ldoshev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Odilbek Abdumajidov, 7.Ibrohim Ibragimov (8.Nodir Abdixoliqov, 90+7), 10.Farruh Muxtorov (11.Otabek Jo'raqo'ziev, 75), 21.Saidafzalxon Axrorov (14.Eldor Begimov, 75), 23. Abdurauf Bo'riev, 29.Aleksandr Zevadinov, 30.Jasurbek Jaloliddinov (s), 77.SHerzod Esanov (5.Javohir O'tamurodov, 90+7), 81.Asadbek Jo'raboev (37.Alisher Odilov, 67).

Zaxira: 99.Edem Nemanov, 6.Jaloliddin Sodiqov, 9.SHahzod Akramov, 16.Rian Islamov.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov (s), 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev (31.Luka CHermel, 73), 7.Oston O'runov (77.Asadbek Sobirjonov, 73), 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Abror Ismoilov (21.Temurxo'ja Abduxoliqov, 62), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich (4.Azimjon Ahmedov, 73), 91.Toma Tabatadze.

Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 19.Doniyor Abdullaev, 20.Muzaffarxon Mo'minov, 96.Usmonali Abdukarimov, 98.Davronbek Olimjonov.

Ogohlantirishlar: Farruh Muxtorov 45+1, Ibrohim Yo'ldoshev 45+1, Jamshid Boltaboev 50, Jasur Jaloliddinov 69, SHukron Yo'ldoshev 82, Luka CHermel 84, Eldor Begimov 90+9. 

CHetlatish: Luka CHermel 90+13.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+14. O'YIN TUGADI! "Olimpik" - "Navbahor" 2:1. 

90+13. VAR chetlatish! Luka CHermel raqibni tirsagi bilan urgani uchun

90+9. Ogohlantirish. "Olimpik". Eldor Begimov

90+7. O'zgarishlar. "Olimpik". Esanov va Ibragimov o'rniga O'tamurodov va Abdixoliqov tushdi

90. O'yinga 8 daqiqa qo'shildi

89. GOL! Abduholiqovning to'p uzatishidan keyin Toma Tabatadze boshi bilan gol urdi - 2:1.

86. GOL! SHerzod Esanovdan daxshatli zarba va supergol 2:0! 

84. Ogohlantirish. "Navbahor". Luka CHermel

82. Ogohlantirish. "Olimpik". SHukron Yo'ldoshev

81. ZARBAA! Iskanderov uzatgan to'pni Golban boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p to'singa tegib maydonni tark etdi!

75. O'zgarishlar. "Olimpik". Ahrorov va Muxtorov o'rniga Begimov va Jo'raqo'ziev tushdi

73. O'zgarishlar. "Navbahor". Yo'ldoshev, Jokich, O'runov o'rniga CHermel, Sobirjonov, Ahmedov tushdi

69. Ogohlantirish. "Olimpik". Jaloliddinov

67. O'zgarish. "Olimpik". Jo'raboev o'rniga Alisher Odilov

66. ZARBA! Temurxo'ja Abduholiqov uzoqdan zarba berdi, rekoshet hosil qilgan zarbadan keyin SHukron Yo'ldoshev to'pni ushlab oldi.

62. O'zgarish. "Navbahor". Abror Ismoilov o'rniga Temurxo'ja Abduholiqov

59. Xavfli vaziyat! Jamshid Iskanderov chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirib, to'pni havolatib, jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi. Abrorbek Ismoilovning boshi bilan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

51. ZARBAA! CHap qanotdan uzatilgan to'pni Jaloliddinov jarima maydoni ichidan darvozaga yo'lladi, O'tkir Yusupovdan seyv! 

50. Ogohlantirish. "Navbahor". Jamshid Boltaboev

46. Ikkinchi taym boshlandi




45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45+1. Ogohlantirishlar. Farruh Muxtorov va Ibrohim Yo'ldoshev

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

43. GOL! Muxtorovning to'p uzatishidan keyin Ibrohim Ibragimov chiroyli gol urdi - 1:0. 

40. Abrorbek Ismoilovning darvozaga boshi bilan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

38. ZARBA! Ahrorovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi, Yusupov o'z o'rnida!

24. ZARBA! Aleksandr Zevadinovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

23. UXX! Toma Tabatadze raqib jarima maydonchasi ichida yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi. Ammo unga himoyachilar qarshilik ko'rsatishdi va so'nggi pallada to'pni darvozaboni SHukron Yo'ldoshev ushlab oldi.

20. ZARBAAA! Jasurbek Jaloliddinovning 20 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

13. ZARBA! Jamshid Iskanderovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

12. ZARBA! Mirsaidovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini SHerzod Esanov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

4.Zarba! Abdurauf Bo'rievning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

2. ZARBA! Asadbek Jo'raboevning zarbasidan keyin O'tkir Yusupov to'pni qaytarib yubordi!



1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi. 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика