So’nggi yangiliklar

21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  0 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  3 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  17 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  23 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1

Superliga. "Olimpik" Alisher Odilovning goli evaziga "Neftchi" maydonida g'alaba qozondi Yangiliklar

Superliga. "Olimpik" Alisher Odilovning goli evaziga "Neftchi" maydonida g'alaba qozondi

Coca Cola Superligasi 24-turi doirasidagi bahs yakunlandi.

Coca Cola Superligasi 

24-tur

Neftchi

Superliga. 24-tur

03/11/2023, 18:15

1
:
0
Tugadi

Olimpik

Alisher Odilov - 78'

45'
90'
2'  Giorgi Nikabadze
46'  Fozil Musayev (Sharof Muhitdinov)
46'  Bachana Arabuli (Ulug'bek Hoshimov)
53'  Ulug'bek Hoshimov
60'  Muhsin Ubaydullaev
30'  Saidazamat Mirsaidov
63'  Ibrohim Ibragimov
78'  Alisher Odilov
78'  ZHasur ZHaloliddinov
82'  Ibrohim Ibragimov (Nodirbek Abdixoliqov)
82'  Otabek Jo'raqo'ziev (SHahzod Akramov)
82'  Eldor Begimov (Saidafzalxon Ahrorov)
84'  ZHasur ZHaloliddinov
87'  SHerzod Esanov (Odilbek Abdumazhidov)
90'  Alisher Odilov (Asadbek Jo'raboev)

"Neftchi" – "Olimpik" 0:1  

3 noyabr. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 18:15 

Gol: Alisher Odilov (Jasurbek Jaloliddinov) 78'

Gol urilmagan penalti: Lutfulla To'raev 77' (noaniq)

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov

Yordamchi hakamlar:  Avaz Abdullaev, Amal Sultonov

Zaxira hakami:  Xushnud Suyunbekov

VAR:  Ibroxim Ismoilov

AVAR:  Ziyodullo Abduraxmonov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: SHerzod Rajabov

"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 2.Zoir Jo'raboev (5.Tomislav Mrchela, 73), 13.Lutfulla To'raev, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Giorgiy Nikabadze (11.Izzatilla Abdullaev, 73), 24.G'ulom Haydar Gulyamov, 28.Fozil Musaev (8.SHarof Muhitdinov, 46), 40.Bachana Arabuli (9.Ulug'bek Hoshimov, 46), 70.Abbosjon G'ulomov.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 10.Sunnatulla Abdullajonov, 17.Abdulloh Olimov, 26.Oleksey Larin, 66.Doniyor Valiev.

"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 7.Ibrohim Ibragimov (8.Nodir Abdixoliqov, 82), 10.Farruh Muxtorov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (9.SHahzod Akramov, 82), 14.Eldor Begimov (21.Saidafzalxon Axrorov, 82), 29.Aleksandr Zevadinov, 30.Jasurbek Jaloliddinov, 37.Alisher Odilov, 44.Asadbek Rahimjonov, 77.SHerzod Esanov (4.Odilbek Abdumajidov, 87).

Zaxira: 1.SHukron Yo'ldoshev, 5.Javohir O'tamurodov, 16.Rian Islamov, 17.Timur Mamasidiqov.

Ogohlantirishlar: Giorgiy Nikabadze (2), Saidazamat Mirsaidov (30), Ulug'bek Hoshimov (53), Muhsinjon Ubaydullaev (60), Ibrohim Ibragimov (63), Jasurbek Jaloliddinov (84).

MATNLI TRANSLYACIYA

BAHS YAKUNLANDI! 

90+6. "Olimpik"da o'zgarish: Odilov o'rniga Jo'raboev uchrashuvni tugatib qo'yadi. 

90+1. Zarba! Izzatilla Abdullaevning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Olimpik"da o'zgarish: Esanov o'rniga Abdumajidov o'yinga qo'shildi. 

84. Jasurbek Jaloliddinov to'pni tepib yuborgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

82. "Olimpik"da 3 ta o'zgarish: Ibragimov o'rniga Abdixoliqov, Begimov o'rniga Axrorov, Jo'raqo'ziev o'rniga Akramov bahsni davom ettiradi. 

78. GOL! Jasurbek Jaloliddinovning jarimadan oshirib bergan pasidan keyin Alisher Odilov darvozani ishg'ol qildi – 0:1!

77. Uuuux! Lutfulla To'raev penaltidan unumli foydalana olmadi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 

76. Penalti! Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov "Olimpik" darvozasi tomon penalti belgiladi. 

75. Hakam VAR tomon otlandi. To'p Rahimjonovning qo'liga tekkan bo'lishi mumkin.

73. "Neftchi"da 2 ta o'zgarish: Jo'raboev o'rniga Mrchela, Nikabadze o'rniga Abdullaev maydonga tushdi.  

71. Uuuux! Muxtorovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Esanov bosh bilan noaniq zarba yo'lladi. 

67. "Aut"dan oshirib berilgan uzatmani Ulug'bek Hoshimov bosh bilan darvozaga burishga urindi.

63. Ibrohim Ibragimov Lutfulla To'raevga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

60. Muhsinjon Ubaydullaev Alisher Odilovni qoidani buzgan holda to'xtatib qoldi va sariq kartochka oldi. 

57. Otabek Jo'raqo'zievning aqlli pasidan so'ng SHerzod Esanov xavfli vaziyat hosil qilishi mumkin edi, ammo darvozabon Akbar To'raev birinchi bo'lib to'pga ega chiqdi. 

57. Jasurbek Jaloliddinovga tibbiy yordam ko'rsatildi. Raqib uning sonini bosib olgan edi. 

55. Zarbaaa! Ibrohim Ibragimovning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

53. Ulug'bek Hoshimov Zevadinovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi. 

50. Lutfulla To'raevning yaqin masofadan bergan zarbasi ancha noaniq ko'rinish kasb etdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Neftchi"da 2 ta almashtirish: Arabuli o'rniga Hoshimov, Musaev o'rniga Muhitdinov tushirildi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

44. Gulyamovning havodan oshirib bergan pasidan keyin Nikabadze bosh bilan noaniq zarbani ijro qildi. 

43. Saidazamat Mirsaidov Mirzohid G'ofurovni ushlab qolgani uchun jarima belgilandi. 

41. Zarba! Jasurbek Jaloliddinovning o'ng oyoqdagi aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi. 

39. Zarba! Ibrohim Ibragimovning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 

35. Zarbaaa! Alisher Odilovning zarbasidan keyin To'raev to'pni qaytardi.

32. Fozil Musaev va SHerzod Esanov to'qnashib ketishdi, farg'onaliklar futbolchisi ozroq maydonda yotdi va o'rnidan turdi.

30. Saidazamat Mirsaidov kurash vaqtida qo'li bilan Lutfulla To'raevni urib yuborgani uchun ogohlantirildi.  

27. Zarba! Jasurbek Jaloliddinovning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

23. Zarbaaaa! Jasurbek Jaloliddinovning olisdan yo'llagan zarbasi Akbar To'raevning ustidan o'tib darvozaga kirib ketishiga oz qoldi. 

20. Anvarjon G'ofurov Jasurbek Jaloliddinovga nisbatan qoidani buzdi. Jardiydaning uzatmasidan so'ng Rahimjonov bosh bilan zarba yo'llay olmadi. 

19. Uuuux! Zarbaaaa! Hamidullo Abdunabievning qo'pol xatosidan so'ng Arabuli deyarli bo'sh darvozaga to'pni yo'naltirmoqchi bo'ldi, to'p himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi. 

15. Zarba! G'ofurovning qanotdan oshirib bergan pasidan so'ng Nikabadze zarba yo'lladi, sal noaniq.

13. Zarba! Arabulining yaqin masofadan bergan zarbasidan keyin to'p ancha noaniq ketdi.  

11. Zarba! G'ulom Haydar Gulyamovning jarimadan uzatgan to'pini Nikabadze bosh bilan darvozaga yo'naltirishga harakat qildi, noaniq. 

10. Jasurbek Jaloliddinov qarshi hujumga qochib ketmoqchi bo'lgan Mirzohid G'ofurovni ochiqchasiga ushlab qoldi. 

7. Hozircha "Olimpik" to'p nazoratini qo'lga olgan. "Neftchi" esa bosim qilish bilan band. 

5. Zarba! Ibragimov Anri uslubida darvozani nishonga olishni istadi, biroq bunga himoyachilar to'sqinlik qilishdi. 

2. Giorgiy Nikabadze Jasurbek Jaloliddinovga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda. 

- Uchrashuv 18:15 da boshlanadi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика