So’nggi yangiliklar

11:12Роналду "Спортинг"га ўтишга яқин. Португалиялик ЖЧ-2026га қадар ватанига қайтмоқчи  1 10:46"Арсенал" асосий футболчиси билан музокараларни бошлади  1 10:16«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  6 09:45Испания терма жамоаси футболчиси "Арсенал" билан келишувга эришди  7 09:17Пол Робинсон: "МЮ ва "Тоттенхэм" ЕЧЛга тайёр эмас"  11 08:50Салоҳ — журналистлар талқинига кўра АПЛда мавсумнинг энг яхши футболчиси  11 08:22"Байер"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  1 07:54"Барселона" учта ўртоқлик учрашуви учун 15 миллион олади  3 07:25Суперлига. Бугун 9-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  7 01:47А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди  6 01:20"Бавария" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 00:45Расман: Ироқ термасига янги бош мураббий тайинланди  1 00:40Суперлига. Абрамов бошчилигидаги "Динамо" кичик ҳисобда ғалаба қозонди, "Андижон" эса дербида "Нефтчи"га мағлуб бўлди  1 00:19Вадим Абрамов: "Салбий ўйин кўрсатган бўлсак-да, натижа ижобий бўлди. Менга шуниси яхшироқ"  12 23:57Микель Артета: "Ҳакими жавоб ўйинида гол урмаслиги керак эди"  6

Superliga. Penaltidan gol urolmagan Jaloliddinov jarima zarbasidan "Neftchi"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Superliga. Penaltidan gol urolmagan Jaloliddinov jarima zarbasidan "Neftchi"ga g'alaba keltirdi

Superliga 9-tur doirasidagi "Neftchi" - OKMK o'yini yakunlandi.

"Neftchi" – OKMK 1:0

26 may. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov

Qanot hakamlari: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Isroil Imomnazarov

VAR: Ibrohim Ismoilov

 VAR: Aleksandr Sidorov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Bekzod Aripov

Gol: 1:0 — 53, Jasur Jaloliddinov.

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo'raboev, 7. Jasur Jaloliddinov (17. Sanjar Qodirqulov, 90+3), 8. Katalin Karp, 9. Husayn Norchaev (77. Bilolxon Toshmirzaev, 68), 11. Javohir Qahramonov (23. Diyorjon Turopov, 68), 20. Anvarjon G'afurov (s), 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 55. Manuchehr Safarov, 70. Abbosjon G'ulomov (14. Xurshidbek Muxtorov, 78), 99. Nsungusi Effiong (18. Mixay-Alekxandru Roman, 90+4).

Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Jaloliddin Jumaboev, 4. Boyan Ciger, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov.

OKMK: 1. Valijon Rahimov, 2. Akram Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (8. Baxtiyorjon Qosimov, 75), 10. Xurshid G'iyosov (11. Murodjon Toshmatov, 83), 14. Azizbek Bahromov (13. Eldorbek Begimov, 58), 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 27. Ali Abdurahmonov (99. Irakli Ruxadze, 76), 28. Arixiro Sentoku, 77. Nodirbek Abdurazzoqov (18. Aziz Xolmurodov, 58).

Zaxira: 35. Javohir Ilyosov, 5. Giorgi Papava, 21. Saidafzalxon Ahrorov, 95. Milyan SHkrbich.

Ogohlantirish: Sardor Rahmonov (23), Akram Komilov (52), Muhsinjon Ubaydullaev (59), Jasur Jaloliddinov (90+2), Anvarjon G'afurov (90+4), Murodjon Toshmatov (90+4), Sanjar Qodirqulov (90+10).

Golga aylanmagan penalti: Jasur Jaloliddinov (24).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+11. OKMKning jarimadan so'nggi urinishi raqib himoyachilari tomonidan bartaraf etildi.

90+4. Maydonda futbolchilar o'rtasida janjal sodir bo'ldi. Bir necha futbolchi ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Zarba! Raqib darima maydonida to'pni qabul qilib olgan Muxtorovning zarbasini OKMK darvozaboni qaytardi.

88. Ruxadzega nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi. Mehmonlar jarima zarbasi amalga oshirdi, ammo Toshmatovning zarbasi "jonli devor"dan qaytdi. 

84. Rahimov pas berishda to'pni raqibga berib qo'ydi va o'z darvozasidan yana bir to'p olib chiqishiga bir bahya qoldi.

83. OKMKda so'nggi o'zgarish  sodir bo'ldi.

78. "Neftchi" tarkibida yana bir o'zgarish ro'y berdi.

75. OKMK safida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

74. Zarba! Effionning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Rahimov qaytardi.

68. "Neftchi" tarkibida ikkita o'zgarish bo'ldi.

60. Xavfli vaziyat! Qosimovning zarbaga aylangan uzatmasi rekoshet hosil qilib, darvoza ustuniga tegib qaytdi.

59. Katta tezlikda oldinga borayotgan Rustamovni to'xtatib qolgan Ubaydullaev ogohlantirildi.

58. OKMK tarkibida ikki o'zgarish yuz berdi.

53. GOL! Penaltidan gol urolmagan Jaloliddinov jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg'ol qildi! "Neftchi" yarim himoyachisi 20 metrlar masofadan OKMK darvozabonining yaqin burchagini aniq nishonga oldi.

52. Komilov o'z jarima maydoniga kirib borishga urinayotgan Jaloliddinovni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

51. Jaloliddinovning olis masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

48. Mezbonlarning hujumichi OKMK darvozaboni va himoyachilari tomonidan qiyinchilik bilan bartaraf etildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+5. Zarba! Norchaev chap qanotdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, ammo yo'nalish noaniq chiqdi.

45+4. Qahramonov o'ng qanotdan katta tezlikda oldinga bordi va markaz tomon uzatma amalga oshirdi, ammo Norchaev to'pga eta olmadi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

43. Rahimov chaqqonroq harakat qilib, o'z vaqtida to'pni qaytarmaganda, Nsungusi darvozaga to'p kiritishi mumkin edi.

43. Raqibini aldab o'tishga urinayotgan Qahramonov OKMK futbolchilari tomonidan to'xatib qolindi.

40. Qosimovning 25 metrlardan yo'llagan chap oyoqdagi zarbasiga aniqlik etishmadi.

39. OKMKning burchak zarbasidan so'ng "Neftchi" himoyachilari o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishiga bir bahya qoldi.

37. Mezbonlarning burchak zarbasi samarasiz yakunlandi.

34. Xavfli vaziyat! Abdurahmonovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasini Ergashev qaytardi.

28. To'xtaxo'jaev va Jaloliddinov to'qnashib ketdi. "Neftchi" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

24. Rahimovvv!!! OKMK darvozaboni Jaloliddinovning 11 metrli nuqtadan yo'llagan zarbasi yo'nalishini topib, to'pni ushlab oldi.

23. Penalti! Hakam OKMK darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgiladi va Rahmonovga sariq kartochka ko'rsatdi.

20. Qahramonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. "Neftchi" futbolchisi raqib jarima maydonida markazga pas berayotganda, Rahmonov uning oyog'ini bosib oldi. Hakam ehtimoliy penalti borasida VAR bilan suhbatlashmoqda.

17. Norchaev raqib jarima maydonida zarba berishga ulgurmadi, To'xtaxo'jaev epchilroq harakat qildi.

15. G'ulomov raqib jarima maydoni to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi.

12. Efiong raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin bo'lgan pallada to'pni o'ziga qulay bo'ysindira olmadi. Qolaversa, u o'yindan tashqari holatda qolgan ekan.

10. Abdurazzoqov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

8. Akrom Komilovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

7. Qahramonovning olisdan yo'llagan zarbasi raqib darvozasidan yuqoriga yo'nalish oldi.

4. Maydon markazida OKMK futbolchilariga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Neftchi" futbolchilari sariq-qora, OKMK o'yinchilari oq-kulrang liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика