So’nggi yangiliklar

13:36Ўзбекистонлик ҳакамлар футзал бўйича Осиё Кубогининг 2 ўйинига тайинлов олишди  0 12:59Сака "Бавария"га қарши баҳсда: 0 зарба, 0 дриблинг, 0 аниқ кросс  0 12:40Начо: "Реал" чуқур ҳимояланиб, ғалаба қозона олишини кўрсатди. Одатда биз рақибни чидашга мажбур қиламиз"  11 12:05«Реал Мадрид» футболчиси: «Манчестер Сити» биздан кўра яхшироқ футбол ўйнади»  17 11:40«Ювентус» судда ютқазди. Энди Италия жамоаси Криштиану Роналдуга катта миқдорда товон тўлайди  5 11:23Франция вазири Килиан Мбаппенинг ПСЖдан кетиши ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  1 10:53U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита учрашувида ишлашади  1 10:27Sofascore. Майдонда 20 дақиқа ҳаракат қилган Ғаниев энг яхшиларидан бири бўлди  0 10:02«Реал Мадрид» чемпионлар «қотили». Мадридликлар ЧЛ рекордини ўрнатди  58 09:38Париж сари «юриш» бошланди. Ўзбекистон U-23 — Малайзия U-23 ўртасидаги учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10EЧЛ. Ҳафта футболчиси бўлишга номзодлар эълон қилинди  12 08:46Гвардиола: «Ман Сити» бугун ҳар томонлама ажойиб эди»  55 08:20Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  15 07:53EЧЛ. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match»лари маълум  15 07:37БАА чемпионати. «Шабаб Ал Аҳли» меҳмонда мағлуб бўлди. Ғаниев захирадан майдонга тушди ва ассист қайд этди  0

Superliga. Markaziy bahsda "Neftchi" va OKMK jangovar durang qayd etdi Yangiliklar

Superliga. Markaziy bahsda "Neftchi" va OKMK jangovar durang qayd etdi

Bugun mamlakatimiz yashil maydonlarida Coca-Cola Superligasining 4-tur bellashuvlariga start berildi.

Turning markaziy to'qnashuvi Farg'onada bo'lib o'tmdi. "Neftchi" o'z maydonida OKMKni qabul qildi. Uchrashuvda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

Neftchi

Aleksey Larin - 31', Nurillo To'xtasinov - 66'

Superliga. 4-tur

31/03/2023, 18:00

2
:
2
Tugadi

OKMK

Martin Boake - 15', Xurshid G’iyosov - 40'

45'
90'
31'  Aleksey Larin
31'  Nurillo To'xtasinov
46'  Anvar G’ofurov (Zoir ZHo'raboev)
47'  Muhsin Ubaydullaev
59'  Toma Tabatadze
63'  Umar Adhamzoda (Abbos G'ulomov)
63'  Ulug'bek Hoshimov (Izzat Abdullaev)
66'  Nurillo To'xtasinov
66'  Abbos G'ulomov
84'  Toma Tabatadze (Murod Bobojonov)
87'  Diyor Turopov (Fozil Musayev)
15'  Martin Boake
15'  Sardor Rahmonov
40'  Xurshid G’iyosov
40'  Shohruh Gadoyev
78'  Sanjar Tursunov (Ruben Sanchez)
78'  Siyavash Haqnazariy (Oybek Rustamov)
84'  Shohruh Gadoyev (Irakli Ruxadze)
84'  Martin Boake (Mirzhahon Mirahmadov)
89'  Xurshid G’iyosov (Muhammadanas Hasanov)
90'  Oybek Rustamov
90'  Sardor Rahmonov


Superliga, 4-tur

31.03.2023, 18:00

Farg'ona. "Istiqlol" stadioni.

"Neftchi" – OKMK 2:2

Gollar: O.Larin (N.To'xtasinov) 31, N.To'xtasinov (A.G'ulomov) 66 - M.Boake (S.Rahmonov) 15, X.G'iyosov (SH.Gadoev) 40

Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Andrey Capenko, Temur Gaynullin, Lochin Dolimov

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

AVAR: Anvar Marajabov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Qudrat Madraimov

"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 7.Umar Adhamzoda (70.Abbosjon G'ulomov 63), 8.Nurillo To'xtasinov, 9.Ulug'bek Hoshimov (11.Izzatilla Abdullaev, 63), 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Anvarjon G'ofurov (2.Zoir Jo'raboev, 46), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Toma Tabatadze (35.Murodbek Bobojonov 84), 23.Diyorjon Turopov (28.Fozil Musaev, 87), 24.G'ulom Haydar G'ulomov, 26.Oleksey Larin.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 4.Andrey Mishchenko, 5.Yuriy Batyushin, 10.Sunnatilla Abdullajonov.

OKMK: 25.Valijon Rahimov, 2.Akrom Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Abdulla Abdullaev, 10.Xurshid G'iyosov (19.Muhammadanas Hasanov, 89), 17.Sanjar Tursunov (9.Ruben Sanches, 78), 22.SHohrux Gadoev (11.Irakli Ruxadze, 84), 27.Martin Boake (14.Mirjahon Mirahmadov, 84), 88.Siavash Xaqnazariy (15.Oybek Rustamov, 78).

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 13.Eldor Begimov, 44.Muhammadali Salem, 77.Nodir Abdurazzoqov.

Ogohlantirishlar: M.Ubaydullaev 47, T.Tabatadze 59, D.Tropov 73 - O.Rustamov 90, S.rahmonov 90+7


Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Ajoyib bahs uchun jamoalarga rahmat.

90+4 - M.G'ofurov birga bir yugurib ketishi mumkin edi, lekin Vali Rahimov markazga yugurib chiqdi va xavfni bartaraf etdi.

90+3 - A.Komilovning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.

Asosiy vaqtga 7 daqiqa qo'shib berildi.

87 - N.To'xtasinovning navbatdagi kuchli va aniq zarbasini V.Rahimov ushlab oldi.

84 - Gadoev o'rniga Ruxadze, Boake o'rniga Mirahmadov tushirildi. "Neftchi" tarkibida esa Tbatadze o'rniga Murod Bobojonov tushdi.

80 - Zarbaaa, Gadoevning 30-35 metrlardan tepgan kuchli va aniq zarbasini A.To'raev qaytarib qoldi.

78 - OKMK tarkibida S.Tursunov o'rniga Ruben Sanches tushirildi.

Bosh hakam vaziyat penaltiga tortmaydi deb hisobladi.

74 - Akobir SHukurullaev VARga murojaat qilmoqda. To'raev S.Rahmonovga nisbatan qo'pol o'ynagan bo'lishi mumkin deb o'ylayapti hakamlar...

66 - GOOOLLL!!! Nurilla To'xtasinovdan super gol - 2:2. O'yin qizigandan qizib bormoqda.

63 - "Neftchi" tarkibida U.Adhamzoda hamda U.Hoshimov o'rniga Abbos G'ulomov va Izzatilla Abdullaev tushirildi.

62 - Gaboevning pasidan keyin G'iyosov to'pni to'xtatmay zarba berdi, kuchsiz zarbani To'raev ushlab oldi.

60 - Zarbaaa, X.G'iyosovning uzoq burchakka bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

59 - Anzurga havodagi kurash payti tirsak bilan zarba berib yuborgani uchun Tabatadze ogohlantirildi.

50 - D.Turopovning bosh bilan bergan zarbasini V.Rahimov ushlab oldi.

47 - Ogohlantirish, Muhsin Ubaydullaev. Muhsin va Akrom Komilov jo'jaxo'rozlik qilishdi va Akrom yiqildi.

Ikkinchi bo'limga start berildi. Kettik.

Tanaffus!

45+4 - Zarbaaa, S.Tursunovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan aniq va xavfli zarbasini A.To'raev qaytarib qoldi.

45+1 - Zarbaaa, Diyor Turopov birga bir vaziyatdan gol ura olmadi. Valijon Rahimov OKMKni goldan qutqardi. Himoyachilar peshonasidan o'pib qo'yishsayam bo'ladi.

40 - GOOOLLL!!! Xurshid G'iyosov OKMKni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Gadoevning pasidan keyin Xurshid bosh bilan gol urdi. Kutilganidek qiziqarli o'yin ko'ryapmiz.

31 - GOOOLLL!!! Aleksey Larin hisobni tenglashtirdi. To'xtasinovning burchak zarbasidan uzatgan to'pini Larin olmaliqliklar darvozasiga joylab qo'ydi. Boya yozdikku bugun burchaklar qarama-qarshiligi bo'lyapti deb) Bosh hakam VARga murojaat qildi va golni inobatga oldi.

30 - Zarbaaa, D.Turopovning bosh iblan zarbasi darvozaga kirib ketayotganda Boake to'pni qaytarib yubordi.

28 - "Neftchi" asta sekin oldinga ko'proq bormoqda. Lekin, hozircha o'yin nazorati OKMKda.

23 - Ehh, Tabatadze darvozaga zarba berish o'rniga uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Toma darvoza bu tomonda edi...

15 - GOOOLLL!!! Tursunov burchakni ijro etdi, S.Rahmonov zarba bermoqchi bo'ldi va Boakega golli pas berdi. Martin hisobni ochdi. OKMK beshinchi burchakdan keyin nihoyat gol urdi.

9 - To'qqiz daqiqada o'yindagi to'rtinchi burchak zarbasi. Bo'ldida endi, gol urselar urilar burchakdan) Anzur Ismoilovning bosh bilan zarbasi biroz yuqoridan ketdi.

7 - Burchaklar qarama-qarshiligi bo'lyapti bu o'yin. Endi "Neftchi"ning burchak to'pi xavfli ko'rinish oldi. M.Ubaydullaevning bosh bilan zarbasi biroz noaniq.

5 - Zarbaaa, Tursunovning burchakdan uzatgan to'pidan keyin Boakening bosh bilan bergan zarbasini ustun qaytardi. Akbar To'raev ustunni o'qib qo'ysa ham bo'laveradi)

4 - Gadoev burchakdan to'g'ri darvozaga zarba yo'lladi, noaniq.

- Uchrashuvga start berildi.

- Ayni paytda farg'onaliklar 9 ochko bilan jadvalni boshqarib turishibdi, olmaliqliklar esa 6 ochko bilan 4-pog'onada borishmoqda.

Bugun Mirjalol Qosimov turnir jadvali peshqadamiga qarshi eng ideal tarkibni maydonga tushirgan. Vitaliy Levchenko ham xuddi shunday ayni paytdagi eng yaxshi tarkibni tushirgan. "Istiqlol"da ajoyib to'qnashuv guvohi bo'lishimizga umid katta.


Coca-Cola Superliga turnir jadvali >>>>> Superliga

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика