So’nggi yangiliklar

12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  2 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  1 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  5 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  5 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  19 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  5 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  3 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  7

Superliga. "Navbahor" o'z uyida OKMK bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" o'z uyida OKMK bilan durang o'ynadi

O'zbekiston Superligasi 2-turi doirasida Namanganda "Navbahor" OKMKni qabul qildi.

"Navbahor" - OKMK
09.03.2024, 18:30
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev.
Qanot hakamlari: Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov.
Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov.
VAR hakami: Aziz Asimov.
AVAR hakami: SHohrux Azamov.
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov.
Komissar: SHohrux Said.

"Navbahor" — 1.O'tkir Yusupov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Ruslanbek Jiyanov (11.Asadbek Sobirjonov 62), 22.Toma Tabatadze, 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev, 77.Abrorbek Ismoilov (21.Giorgi Nikabadze 78).
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Siyavash Haqnazari, 24.Dostonbek Abdulxaev, 27.Ozodbek O'ktamov, 33.SHodiyor SHodiboev, 71.Navro'zbek Iminjonov

OKMK — 35.Javohir Ilyosov, 2.Akrom Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.mirjamol Qosimov (5.Giorgi Papava 67), 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 28.Arixiro Sentoku (88.Murat Ermatov 88), 95.Milyan SHkrbich (18.Aziz Xolmurodov 67), 99.Irakli Ruxadze (77.Nodirbek Abdurazzoqov 67).
Zaxira: 1.Valijon Rahimov, 6.Avazbek O'lmasaliev, Baxtiyorjon Qosimov, 11.Murodjon Toshmatov, 23.Iskandar Businov. 

Ogohlantirishlar: Odiljon Hamrobekov — Dilshod Ahmadaliev.


Navbahor

Toma Tabatadze - 10'

Superliga. 2-tur

09/03/2024, 18:30

1
:
1
Tugadi

OKMK

Sardor Rahmonov - 18'

45'
90'
10'  Toma Tabatadze
10'  Odiljon Hamrobekov
50'  Odiljon Hamrobekov
53'  Abror Ismoilov
62'  Ruslanbek Jiyanov (Asadbek Sobirzhonov)
77'  Abror Ismoilov (Giorgi Nikabadze)
90'  Jamshid Iskanderov (Shodiyor Shodiboyev)
90'  Ibrohim Yo'ldoshev
18'  Sardor Rahmonov
18'  Dilshod Ahmadaliev
40'  Mirjamol Qosimov
68'  Mirjamol Qosimov (Giorgi Papava)
68'  Milyan Shkrbich (Aziz Xolmurodov)
68'  Irakli Ruxadze (Nodir Abdurazzoqov)
88'  Arixiro Sentoku (Murat Yermatov)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

Bo'ldi, Tantashev final hushtagini chaldi, "Navbahor" o'z maydonida ochko yo'qotdi. 

90+7-daqiqa. Nikabadzening zarbasi ko'nglidagidek chiqmadi.

90-4+daqiqa. Ogohlantirish! Dilshod Ahmadaliev qo'polligi uchun kartochka oldi. 

90-daqiqa. Bahsning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

88-daqiqada 88-raqamli futbolchi Ermatov bugun o'zini ko'rsata olmagan Sentoku o'rniga o'yinga qo'shildi. 

87-daqiqa. Qarshi hujumni Papava uzoq masofadan zarbasi bilan yakunlab berdi. 

85-daqiqa. "Navbahor" raqib darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyat yaratishda muammolarga duch kelmoqda. 

Sardor Rahmonov yana katta sahnaga chiqishi mumkin edi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.

82-daqiqa. OKMK oldinga o'tdi va burchak zarbasi ishlab oldi. 

78-daqiqa. O'zgarish! Abrorbek Ismoilov o'rniga Giorgi Nikabadze maydonga tushirildi.

77-daqiqa. Yovan Jokich uzoq masofadan zarba berib, omadini sinab ko'rdi. Biroq uning zarbasi o'ta kuchsiz chiqdi va darvozaga xavf solmadi.  

73-daqiqa. Hujumga kelgan Ivanovich o'yindan tashqari holatda qolib ketgani qayd etildi.

71-daqiqa. "Navbahor"ning yana bir hujumi omadsiz yakunlandi.    

67-daqiqa. O'zgarishlar! SHkrbich o'rniga Xolmurodov, Ruhadze o'rniga Abdurazzoqov, Qosimov o'rniga Papava o'yinga qo'shildi. 

Vaziyatni takroran ko'rgan Ilgiz Tantashev to'p uchun kurashda Jokich raqib darvozaboniga nisbatan fol ishlatgan deb hisobladi va gol inobatga olinmadi.  

Biroq gol hozircha inobatga olinmadi, ishga "VAR" aralashadi. 

64-daqiqa. GOOOOOOL! Odiljon Hamrobekov darvozabondan qaytgan to'pni kuchli zarb bilan darvozaga aniq yo'lladi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 

62-daqiqa. O'zgarish! Ruslan Jiyanov o'rniga Asadbek Sobirjonov o'yinga qo'shildi. 

61-daqiqa. Ahmadaliev Jiyanovga nisbatan keskin harakat qildi va hakam jarima zarbasi belgiladi. Ruslan yordamga muhtoj. Iskanderov esa bu fol uchun raqibga sariq so'ramoqda. 

60-daqiqa. Zarba nuqtasiga chiqib borgan Yovan Jokich o'ta kuchli zarba berdi, biroq uning urinishiga aniqlik etishmadi.

58-daqiqa. Ruslan Jiyanov chaproqdan markazga yaqinlashib keldi va aniq zarba yo'lladi, Ilyosov o'z o'rnida. 

55-daqiqa. Markazda to'p uchun kurash.

53-daqiqa. Sayfievning uzatmasidan keyin Jokichning bosh bilan yo'llagan xavfli zarbasini Javohir Ilyosov yaxshi harakat qilib qaytarishni uddaladi.

51-daqiqa. "Navbahor"ning chap qanotdan uyushtirilgan hujumi faqatgina burchak zarbasi bilan yakunlandi. Navbatdagi standartdan esa Samvel Babayan shogirdlari naf chiqara olishmadi.  

49-daqiqa. Ogohlantirish! Odiljon Hamrobekov to'p uchun kurashda Ahmadalievga nisbatan keskin o'ynagani uchun kartochka bilan ogohlantirildi. 

48-daqiqa. Ibrohim Yo'ldoshev raqib hujumini uzib qo'ydi va to'pni jamoasiga qaytarib berdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2-daqiqa. Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha hisob teng.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

37-daqiqa. Yovan Jokich Ruhadzeni oldinga o'tkazmadi va to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

34-daqiqa. OKMK ham burchak zarbasidan keyin zarba bera oldiyu, to'p darvozaga aniq bormadi. 

32-daqiqa. Islom To'xtaxo'jaev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan keyin ish zarbagacha etib bormadi. 

29-daqiqa. Ikki gol mualliflari Tabatadze va Rahmonov to'qnashuvi... Hakam hujumchi fol ishlatdi deb topdi. Bunday qaror Tomaga butkul yoqmadi. 

25-daqiqa. Maydon markaziga yaqin hududda Ruhadze va Jokich to'qnashib ketishdi. Hakam mehmonlar vakilini nohaq deb topdi.

24-daqiqa. OKMK o'yin suratini ancha tenglashtirishga erishgandek.

Burchak zarbasidan esa mehmonlar naf chiqara olishmadi. 

22-daqiqa. Xurshid G'iyosov jarima maydonchasi ichida to'pni o'ziga o'nglab, zarba berdi, ammo to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.

18-daqiqa. GOOOOOOOL! Ahmadalievning faolligi va uzatmasidan keyin Sardor Rahmonov hisobni tenglashtirdi! 

17-daqiqa. Ivanovich havodagi kurashda Milyan SHkrbichga nisbatan fol ishlatdi deb topildi.  

15-daqiqa. Ahmadaliev bir nechta raqiblarini ortda qoldirib, jarima maydonchasigacha etib bordi, biroq unga kiraverishdi to'pni yo'qotib qo'ydi.

13-daqiqa. Standart vaziyatdan keyin Farruh Sayfiev hujum markazida paydo bo'ldi, lekin uning zarbasi qovushmadi. Aks holda oradagi farq ikkitaga oshishi aniq edi. 

11-daqiqa. GOOOOOOOL! Toma Tabatadze hisobda oldinga chiqib oldi!

10-daqiqa. OKMKning uzoq tayyorlangan hujumi yakuniga etmay qoldi. 

7-daqiqa. Iskanderovning uzatmasidan keyin Abrorbek Ismoilov to'pni to'xtatib o'tirmay, boshi bilan darvozabonning ustidan tashlab qo'yishga urinib ko'rdi.

5-daqiqa. Xavfli vaziyat! TOMA Tabatadze hisobni ochishga juda yaqin edi. Uning aniq zarbasidan keyin Javohir Ilyosov chiroyli seyv ijro etib, jamoasini qutqarib qoldi.

3-daqiqa. "Lochinlar" ijrosida yana bir burchak zarbasi. Himoyachilar bu safar ham to'pni qaytarishdi.

1-daqiqa. Mezbonlar uchrashuvdagi birinchi burchak zarbasini amalga oshirib berishdi.

Asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. Bosh hakam va sardorlar rasmiy ishlarni hal qilib olishyapti. 

Har ikki jamoa ustozlari asosiy tarkib borasida bir qarorga kelib ulgurgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
25 may 20:14:50
Davron Tashpulatov
LEGINDA foydalanuvchining fikriga javob berish
Хотинсифат кизил этик хезалак
Aden namanganli bolib qizil etik kiygan basa ayib toshkentliladami kotni bolasi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика