So’nggi yangiliklar

03:38ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум  12 03:25ЕЧЛ. "Арсенал", "Бавария", "Челси", "Ливерпуль" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди (сўнгги турнинг барча натижалари)  27 03:20ЕЧЛ. "Барселона" ўз уйида "Копенгаген"ни мағлубиятга учратиб, умумий гуруҳ босқичини 5-ўринда якунлади  29 03:10ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"  67 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Галатасарой"ни мағлубиятга учратиб, тўғридан-тўғри кейинги босқичга йўл олди!  13 00:59ФИФА 2025 йилда трансфер учун энг кўп пул ишлатган клублар номини маълум қилди  3 00:38Лукас Пакетанинг "Фламенго"га ўтиши расман тасдиқланди. Футболчи унга қўйилган нотўғри айбловлар оқибатида ватанига қайтишга қарор қилди  0 23:41"Динамо" назорат учрашувида "Акрон"га кичик ҳисобда мағлуб бўлди  3 23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртиш"ни мағлубиятга учратди  8 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  4 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  6 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0

Coca Cola Superligasi. Jangovar o'yinda "Navbahor" "Neftchi" bilan durang o'ynadi va bronza medaliga ega chiqdi, farg'onaliklar esa sovrindorlar safiga kira olmadi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Jangovar o'yinda "Navbahor" "Neftchi" bilan durang o'ynadi va bronza medaliga ega chiqdi, farg'onaliklar esa sovrindorlar safiga kira olmadi

Coca Cola Superligasi oxirgi, 26-turidan joy olgan uchrashuv yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

26-tur

"Navbahor" – "Neftchi" 1:1

Bosh hakam: Sami Aljurays

Qanot hakamlari: Muhammad Alabkari, Faysal Al Qaxtoni

Zaxira hakami: Akmal Rahimov

VAR: Sulton Aharbi

AVAR: Bahtiyorxo'ja SHavkatov

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: SHohruh Said

Gol: 0:1 — 39, Mirzohid G'ofurov, 1:1 — 67, Milosh Milovich.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov (s), 5.Milosh Milovich, 7.Oston O'runov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 17.Abror Ismoilov, 19.Doniyor Abdumannopov (77.Asadbek Sobirjonov, 50), 21.Temurxo'ja Abduxoliqov (4.Azim Ahmedov, 46), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 91.Toma Tabatadze.

Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 33.SHodiyor SHodiboev, 69.SHerzodbek Abdubo'riev, 96.Usmonali Abdukarimov, 98.Davronbek Olimjonov.

"Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Jo'raboev, 8.SHarof Muhitdinov, 19.Mirzohid G'ofurov (s), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Giorgi Nikabadze (9.Ulug'bek Hoshimov, 81), 23.Diyorjon Turopov (28.Fozil Musaev, 85), 24.G'ulom Haydar G'ulomov, 70.Abbosjon G'ulomov (66.Doniyor Valiev, 81), 77.Bilolxon Toshmirzaev (11.Izzatilla Abdullaev, 90+4)

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 10.Sunnatilla Abdullajonov, 14.Rahmonjon Ro'ziev, 17.Abdulloh Olimov, 26.Oleksiy Larin.

Ogohlantirish: Yovan Jokich (28), G'ulom Haydar G'ulomov (45+2), Muhsin Ubaydullaev (56), Milosh Milovich (70), Samvel Babayan (72), Jamshid Iskanderov (77)

 MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+5. ZARBA! Ivanovichning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Nazarov qaytardi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'runov katta tezlikda oldinga borayotgandi, "Neftchi" futbolchisi uni yiqitdi. Jarima zarbasi belgilandi.

85. Turopov jarohat oldi va tibbiy yordamga muhtoj. Menimcha, u almashtirilsa kerak.

81. "Neftchi"da ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

77. Yana janjal boshlandi. Saudiyalik hakam ham kartochka ko'rsatishdan boshqa hech narsa qila olmayapti. Iskanderov ogohlantirildi, zaxiradagilardan kimdir chetlatildi.

72. Samvel Babayan hakamga ortiqcha etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

71. ZARBA! Muhitdinovning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

70. Hozirgina gol urgan Milovich qo'pollik uchun ogohlantirildi.

67. GOL! Burchakdan uzatilgan to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Milovich "Nefchi" darvozasiga kiritdi!

67. Iskanderovning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

65. Xavfli vaziyat! Toshmirzaev raqib posbonining ustidan to'pni oshirib tashlamoqchi bo'ldi, biroq Yusupov to'pni qaytardi.

61. Jokichning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

58. Iskanderovning jarimadan yo'llagan zarbasini Nazarov mushti bilan urib yubordi.

56. Ubaydullaevga sariq kartochka ko'rsatildi.

53. Xavli vaziyat! O'runovning say-harakatlari evaziga mezbonlar hujumi dastlab Iskanderov, so'ngra Sobirjonovning zarbasi bilan yakunlandi, biroq aniqlik bobida ular adashdi.

49. Xavfli vaziyat! Muhitdinov chap qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan raqib darvozasi tomon tepdi, Yusupov jamoasini qutqarib qoldi.

48. ZARBA! Ahmedovning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Nazarov esa hushyorlikni yo'qotmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. G'ulomov maydon markazida raqib futbolchisiga nisbatan xavfli harakat amalga oshirgni uchun ogohlantirildi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

39. GOL! G'ofurov o'ng qanotdan rivojlangan tezkor hujum natijasida markazga ochildi va Muhitdinovning ajoyib uzatmasini bo'sh darvozaga yo'lladi! 

38. Mehmonlarning burchak zarbasi xavfli ko'rinish oldi.

36. Nikabadzening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq yo'nalish oldi.

35. Mehmonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. G'ulomovning jarimadan yo'llagan zarbasini mezbonlar bir amallab qaytarishdi.

32. "Navbahor"ning navbatdagi hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

28. Jokich Toshmirzaevga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

26. Abdumannopovning olisdan yo'llagan zarbasini Nazarov egallab oldi.

23. Tabatadze hakamga unga nisbatan qo'pollik ishlatilganligini tushuntirmoqchi bo'ldi. Saudiyalik hakam esa qoidabuzarlik sodir etilmaganini bildirdi.

16. G'ofurov o'ng qanotdagi sherigini oldinga boshlagandi, biroq uzatma ancha kuli bo'lgani uchun maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

11. ZARBA! Iskanderovning pasidan so'ng Tabatadze zarba yo'lladi, Nazarov to'pni egallab oldi.

10. O'runov sherigini raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubormoqchi edi, biroq "Neftchi" himoyachisi uning niyatini payqab oldi.

8. ZARBA! Nikabadzening uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Yusupov qaytardi.

2. "Neftchi"da xavfli hujum sodir bo'ldi. CHap qanotdan oshirilgan to'pni oxirgi pallada mezbonlar himoyachisi qaytardi.

1. Uchrashuv boshlandi. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика