So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Superliga: “Navbahor” - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

Superliga: “Navbahor” - “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  NavbahorNasaf
5-7 aprel kunlari mamlakatimiz milliy chempionati, Superliganing 5-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Bu turda jamoamiz safarda Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan bahs yuritadi.

Mazkur jamoalar chempionatimizdagi o'zaro 43-uchrashuvida maydonga tushishadi.

O'zbekiston Superligasi-2018. 5-tur
“Navbahor” (Namangan) – “Nasaf” (Qarshi)
07.04.2018. “Markaziy" stadion. 20:00da
Bosh hakam:
Vladislav Ceytlin (Toshkent)
Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent)
Zaxira hakami: Rustam Lutfullin (Toshkent).
Nazoratchi:  Sayfiddin Ermatov (Toshkent).
Komissar: Baxtiyor Namozov.

O'zaro uchrashuvlarga oid malumotlar

Ushbu jamoalarning o'zaro uchrashuvlari doimo keskin va murosasiz bo'lgan. Jamoamiz o'tgan yilgi chempionatda “Navbahor”ni o'z maydonida 4:0 hisobida mag'lub etgan edi. Namangandagi uchrashuvda esa kichik 1:0 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

Navbatdagi uchrashuv jamoalarning chempionatdagi o'zaro 43-o'yini sifatida qayd etiladi. Bungacha jamoalar 42 bor o'zaro kuch sinashishgan. 22 uchrashuvda “ajdarlar” g'alabaga erishishgan. 11ta o'yinda “lochinlar”ning qo'li baland kelgan. Qolgan 9ta bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar nisbati 60-75 “Nasaf” foydasiga.

O'zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 42 ochkoni, “Nasaf” esa 75 ochkoni qo'lga kiritgan. Ushbu jamoalarning o'zaro uchrashuvlarida eng yirik 6:0 hisobi,  Namanganda va Qarshida ham qayd etilgan.

Namanganda bo'lgan o'zaro uchrashuvlar haqida

Mazkur jamoalar bungacha Namanganda 21 marta kuch sinashishgan. Navbatdagisi o'zaro 22-uchrashuv bo'ladi. Bo'lib o'tgan 21ta uchrashuvning 9tasida “Navbahor” g'alabaga erishgan. 4tasida “ajdarlar” g'alaba qozongan. 8 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Namangandagi o'zaro uchrashuvlarda darvozalarga 66ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati 42-24 “Navbahor" foydasiga.

“Nasaf” Namangandan so'nggi bor 2013 yili uch ochko bilan qaytgan. Namangandagi o'tgan yilgi o'zaro uchrashuvda “Navbahor” kichik 1:0 hisobida g'alabaga erishgan. 2001 yili Namanganda bo'lgan o'zaro uchrashuvda darvozalarga eng ko'p,  sakkizta to'p kiritilgan. Bu uchrashuvda “Navbahor” 6:2 hisobida g'alabaga erishgan.  

Namangandagi so'nggi besh uchrashuv natijasi
25.11.2017. “Navbahor” - “Nasaf”  1:0
11.06.2016. “Navbahor” - “Nasaf”  2:2
10.05.2015. “Navbahor” - “Nasaf”  1:1
06.04.2014. “Navbahor” - “Nasaf”  1:0
30.03.2013. “Navbahor” - “Nasaf” 1:2

Jamoalar bu yilgi chempionatda qanday ishtirok etishmoqda?

“Navbahor” jamoasi o'tgan to'rt uchrashuvning 2tasida g'alaba, 1 uchrashuvda durang va yana bir uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. To'plagan ochkolari soni 7taga teng. Hozircha turnir jadvalining 4-pog'onasini band etgan. Raqiblar darvozasini 4 marta ishg'ol qilib, o'z darvozalaridan 2ta to'p olib chiqishgan.

“Nasaf” jamoamiz o'tkazilgan to'rt uchrashuvning 2tasida g'alaba va yana 2 uchrashuvda durang qayd etgan. 8 ochko bilan jadvalning 3-pog'onasida bormoqda. Futbolchilarimiz raqiblari darvozasini 6 marta ishg'ol qilishib, o'z darvozasidan esa 3ta to'p olib chiqishgan.

Jamoalarning yoshlari o'rtasidagi 5-tur uchrashuvi, 6 aprel juma kuni Uychi markaziy stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика