So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Superliga. Kanchelskis ketgach "Navbahor" "Buxoro"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. Kanchelskis ketgach "Navbahor" "Buxoro"ni mag'lub etdi

Teglar :  BuxoroNavbahor
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

Uchrashuvning 9-daqiqasida SHahzod SHaymanovning darvozaga bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

14-daqiqada mezbonlarning navbatdagi hujumlaridan birida "Buxoro" darvozaboni Xurshid Xo'jaev to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni SHahzod SHaymanov darvozaga aniq yo'llab, hisobni ochdi - 1:0.

17-daqiqada SHahzod SHaymanovning 20 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'ridan joy oldi - 2:0. 

Birinchi taym tugadi. 

52-daqiqada Azimjon Ahmedovning zarbasidan so'ng, to'pni "Buxoro" darvozaboni ushlab oldi. 

61-daqiqada Ivan Solovyovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 63-daqiqada SHahzod SHaymanovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

65-daqiqada "Buxoro" himoyachisi Vladimir Baenkoning zarbasi noaniq chiqdi. 69-daqiqada Ivan Solovyovning goli o'yindan tashqari holatda urildi, deb inobatga olinmadi.

73-daqiqada Asadbek Sobirjonovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 75-daqiqada Aleksandr Kasyanning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'pni darvozabon Xurshid Xodjaev ushlab oldi. 

87-daqiqada Ivan Solovyov mehmonlar darvozasini aniq nishonga olib, hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

89-daqiqada mehmonlar penaltidan hisobni qisqartirishdi. 11 metrli jarima zarbasini Vladimir Baenko aniq amalga oshirdi - 3:1.

O'yinda "Navbahor" 3:1 hisobida g'alaba qozondi.



NAVBAHOR – BUXORO 3:1
23 iyun 2019 yil. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30
Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: SHahzod SHaymanov 14, - 1:0. SHahzod SHaymanov 17, - 2:0. Ivan Solovyov 87, - 3:0. Vladimir Baenko 89 penalti, - 3:1.

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Slavko Lukich, Azim Ahmedov (Zafar To'raev, 68), SHahzod SHaymanov, Ivan Solovyov, Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Abbos G'ulomov (Komiljon Tojidinov, 90+2), Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov, 85).
Zaxira: Dilshod Hamroev, Mirzohid Mamatxonov, Xojiakbar Yunusov, G'iyosjon Komilov, Ilhomjon Aliboev.

"Buxoro": Xurshid Xodjaev, Mirjalol Jumaev, Asadbek Sobirjonov, Jamoliddin Ubaydullaev (Azamat Isroilov, 84), Behruz SHodmonov, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Baenko, Jahongir Abdumo'minov, Artyom Kulesha, Doston Ibragimov (Akobir To'raev, 84).
Zaxira: SHohjahon Nasimov, Rahimjon Davronov, Tohirjon SHamsiddinov, Ohunjon Sayfiddinov, Akram Bahriddinov, Anvarjon Jo'raev, Mirfayz Muhiddinov. 

Ogohlantirishlar: Vladimir Baenko 55, Behruz SHodmonov 57,


Navbahor

Shahzod Shaymanov - 14', Shahzod Shaymanov - 17', Ivan Solovyov - 87'

Superliga. 12-tur

23/06/2019, 19:30

1
:
3
Tugadi

Buxoro

Vladimir Baenko - 89'

45'
90'
14'  Shahzod Shaymanov
17'  Shahzod Shaymanov
87'  Ivan Solovyov
55'  Vladimir Baenko
57'  Behruz SHodmonov
89'  Vladimir Baenko



Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика