So’nggi yangiliklar

01:05Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ренн"га мағлуб бўлди, "Ланс" ушбу турда биринчи ўринга кўтарилиши мумкин  5 23:54"Пиза" — "Милан". Таркиблар маълум  1 23:40"Халл Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  1 23:10"Ювентус" "Манчестер Сити" юлдузини нишонга олди  1 22:43"Манчестер Юнайтед" Харри Магуайр бўйича қарор қабул қилди  2 21:27"Барселона" "Челси”дан тарбияланувчисини қайтармоқчи  10 20:58"Ал Ҳилол" Франция терма жамоаси ҳимоячисига даъвогар  0 20:34БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Ал Дафра" билан дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 20:15"Ливерпуль" "Милан" ҳужум чизиғи етакчисига қизиқмоқда  2 19:49Расман: "Металлург" Ғофуров, Шоаҳмедов ва Саиднуруллаевни таркибга қўшиб олди  0 19:25Манба: Тудор — "Тоттенхэм" янги бош мураббийи  9 19:03САфарда "Навбаҳор" – "Актобе" учрашувида. Нани нега майдонга тушмади?   3 18:41Норчаев Италияга жўнаб кетди  7 18:20"Эвертон" Грилишни "Манчестер Сити"дан сотиб олмоқчи  1 17:56Абдурауф Бўриев: "Ўртоқлик учрашувида ҳам майдонга ғалаба учун чиқиш керак"  2

Superliga. "Navbahor" "Bunyodkor"dan ustun keldi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" "Bunyodkor"dan ustun keldi

Teglar :  NavbahorBunyodkor
Superliganing 30-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

 

O'yin boshlandi. 14-daqiqada "Bunyodkor"ning navbatdagi hujumidan so'ng, darvozabon Akbar To'raev to'pni qaytardi. 16-daqiqada Dilshodbek Ahmadalievning zarbasiga aniqlik etishmadi.

20-daqiqada Igor Golbanning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon Suhrobjon Sultonov ushlab oldi. 

26-daqiqada Azizbek Turg'unboevning burchakdan oshirgan to'pini Ro'zimboy Ahmedov boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. Lekin uning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

43-daqiqada Azizbek Turg'unboevning zarbasini darvozabon Suhrobjon Sultonov bartaraf etib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

60-daqiqada Azizbek Turg'unboevning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

Azizbek Turg'unboev jarima zarbasini amalga oshirganidan so'ng, jarima maydonchasi ichida to'p himoyachilardan birining qo'liga tekkanligi uchun penalti belgilandi.

64-daqiqada Ro'zimboy Ahmedov "qaldirg'ochlar" darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi - 1:0.

Bugungi uchrashuvga 12050 nafar muxlis tashrif buyurdi.

86-daqiqada Oston O'runovning zarbasidan  keyin to'pni darvozabon Suhrobjon Sultonov qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

90+2-daqiqada Javlon Ibrohimov ikkinchi marta sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.


Superliga, 30-tur
10 noyabr, shanba
18.00 - “NAVBAHOR” – “BUNYODKOR” 1:0
Hakamlar
: Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Ahmad Ergashev.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Komissar: Baxtiyor Mametov

Gol: Ro'zimboy Ahmedov 64 penalti, - 1:0.

“Navbahor”: 45.Akbar To'raev, 5.Igor Golban, 6.Oston O'runov, 8.Ayubxon Nomanov, 9.Dilshod Jabborov (s), 10.Azizbek Turg'unboev, 19.Mirzohid G'ofurov, 21.Azamjon Aliev, 22. Ro'zimboy Ahmedov (17. Sardor Sulaymonov, 83), 24.Davronbek Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov.
Zaxira:16.Isroiljon Obidjonov, 30. Darko Nikach, 33. Tomislav Payovich, 77. Muzaffar Abdullaev.

“Bunyodkor”: 32.Suhrobjon Sultonov, 2. Rustam Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Dilshod Jo'raev, 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 8.Javlon Ibrohimov (s), 9. SHahzodbek Nurmatov (14. Mirjahon Miraxmadov, 78), 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo'jaev, 20. Mirg'iyos Sulaymonov (99. Filipp Raevac 82), 77. Azizbek Haydarov (44. Mirjamol Qosimov, 62).
Zaxira: 50. Jasurbek Umrzoqov, 3. Islomjon Qobilov, 6. Anvar G'ofurov, 13. Sanjar Qodirqulov, 15. Farrux Ikramov, 30. Xurshid G'iyosov.

Ogohlantirishlar: Azizbek Haydarov 8, Ro'zimboy Ahmedov 8, Davron Hoshimov 48, Akrom Komilov 63, Javlon Ibrohimov 76, 

CHetlatish: Javlon Ibrohimov 90+2.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика