Superliga. “Navbahor” birinchi zarbda tizzasigacha, ikkinchi zarbda esa beligacha pastga tushdi
13 apr 2018 10:39
Yangiliklar
Superliga. “Navbahor” birinchi zarbda tizzasigacha, ikkinchi zarbda esa beligacha pastga tushdi
Bir tur avval ham Namangan klubi CHempionlik yo'lida kurash olib boruvchilar qatorida edi. Yani, yuqori zonada beshinchi jamoa bo'lib turgandi. “So'g'diyona” maydonidagi qandaydir 10 daqiqa esa klubni nafaqat Jon saqlash payidagilar qatoriga tushirdi, balki shu zonaning xavfli yo'lagiga ham kiritib qo'ydi.
Bu faqatgina 6-turdan keyingi holat. Bo'linish faqatgina 22-turdan keyingi holatga ko'ra optimal variantga keladi. Hozir esa “Bunyodkor”ning markaziy o'yinlardagi natijasiga qoyil qolishdan boshqa chora yo'q. Yuqori oltilikning 4 ta jamoasi bilan o'ynab ulgurgan “qaldirg'ochlar” jami 10 ochko ishlab oldi.
CHempionlik yo'lida
Bunyodkor 4 3 1 0 8:3 10
Nasaf 2 1 1 0 4:2 4
Buxoro 3 1 0 2 3:6 3
Paxtakor 3 1 0 2 2:3 3
AGMK 2 0 1 1 2:3 1
Metallurg 2 0 1 1 2:4 1
“Qo'qon-1912” esa “Navbahor”ning qo'shni bo'lishidan manfaat ko'rdi. Bir tur avval jamoaning “Navbahor”ga qarshi o'yini hisobda o'chirib turilgandi. Bu safar esa shuning hisobiga qo'qonliklarda o'sish ko'rindi.
Va endi “Neftchi”ga razm soling. Quyi oltilik vakillariga qarshi 1 tagina o'yinda ishtirok etgan ekan. Demak, uning juda kuchsizligi borasida fikr bildirishga hali erta. CHunki u yuqori oltilikda borayotgan klublardangina mag'lub bo'layotgan ekan. Bundan chiqdi, o'z qo'shnilariga qarshi o'yinlarda balki biror yaxshi natijadan umid qilsa bo'lar...
Jon saqlash yo'lida
Qo'qon-1912 3 2 1 0 4:1 7
Lokomotiv 3 1 1 1 4:3 4
So'g'diyona 3 1 1 1 4:5 4
Navbahor 3 1 0 2 4:4 3
Qizilqum 3 1 0 2 3:6 3
Neftchi 1 0 1 0 0:0 1
Fikrlar