So’nggi yangiliklar

20:49Эрон чемпионати. "Истиқлол" мағлуб бўлди, Машарипов ва Кожо захирадан майдонга тушди  6 20:27ЎзПФЛ 4 клубнинг U21 жамоаси учун майдонини қабул қилмади, 1-турдаги 1 ўйин ўтказилмайди  3 20:02Рой Кин Бруну Фернандеш сардорлиги ҳақида: "У биз кутган сардор эмас, иқтидорли бўлишнинг ўзи камлик қилади"  1 19:32Ла Лига ҳакамларини танқид қилгани учун "Реал"га нисбатан иш очилди  10 19:18"Манчестер Сити" янги футболчи жамоа сафига келиб қўшилганини эълон қилди  0 18:41Себальос мушак жароҳати туфайли сафдан чиқди  1 16:43Дуайт Йорк: "31 ёшли Погба МЮнинг бутун ярим ҳимоясидан яхшироқ формада"  16 16:19"Бавария" фикридан қайтиб қолди  6 15:30Салах "Олтин тўп" ҳақида: "Баъзида ҳолатга ташқи таъсир бўлиши мумкин"  49 15:06Рубен Аморим: "МЮ футболчилари танқидни кўнглига яқин олиб юборяпти"  2 14:36Дрогба Моуриньо ҳақида: "Қанақасига менинг "отам" ирқчи бўлиши мумкин?"  8 12:45Вальдано: "Пулдорлар келиб, футбол анча ўзгарди"  1 12:17Артета: "Чемпионлик пойгасидаги вазият 3 ой аввал қандай бўлса, ўшандайлигича қолмоқда"  10 11:54"FourFourTwo" жаҳон футболидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди  21 11:33Салоҳ: "Мухлислар доим ёдда тутишини истардим, мен улар учун боримни бердим"  4

Superliga. "Nasaf" Qarshida OKMKni ishonchli tarzda engdi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" Qarshida OKMKni ishonchli tarzda engdi

Bugun Superliga 13-tur bellashuvlari davom ettirildi.

Turning markaziy to'qnashuvlaridan biri Qarshi shahrida bo'lib o'tdi. Unda "Nasaf" jamoasi OKMKni ishonchli hisobda mag'lub etdi.

Nasaf

Husniddin Aliqulov - 3', Mateus Lima - 48'

Superliga. 13-tur

24/06/2023, 20:00

0
:
2
Tugadi

OKMK

45'
90'
3'  Husniddin Aliqulov
3'  Javohir Sidiqov
48'  Mateus Lima
48'  Oybek Bozorov
59'  Mateus Lima (Azizbek Amonov)
67'  Bahrom Abdurahimov (Sukhrob Nurulloyev)
90'  Oybek Bozorov (SHahzod Akramov)
90'  Javohir Sidiqov (Abubakrrizo Turdaliev)
90'  Shuhrat Muhammadiyev (ZHo'rabek Mannonov)
7'  Anzur Ismoilov
56'  Mirjamol Qosimov (Siyavash Haqnazariy)
56'  Akrom Komilov (Vitaliy Denisov)
77'  Sanjar Tursunov (Oybek Rustamov)
77'  Dilshod Ahmadaliev (Eldor Begimov)
87'  Mirzhahon Mirahmadov (Muhammadanas Hasanov)

Superliga, 13-tur

24.06.2023, 20:00

"Markaziy" stadion, Qarshi

"Nasaf" – OKMK 2:0

Gollar: H.Aliqulov (J.Sidiqov) 3, Lima Kruz (O.Bozorov) 48

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, SHuhrat Rajabov

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

AVAR: Ilya Ilin

Komissar: Qudrat Madraimov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 4.Husniddin Aliqulov, 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Sidiqov (70.Abubakr Rizo Turdialiev, 90), 18.Bahrom Abdurahimov (17.Suhrob Nurulloev, 67), 19.Lima Kruz (99.Azizbek Amonov, 59), 28.SHuhrat Muhammadiev (15.Jo'rabek Mannonov, 90), 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (20.SHahzod Akramov, 90), 92.Umarbek Eshmurodov (s).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 21.Doniyor Narzullaev, 88.Marko Stanoevich.

OKMK: 1.Botirali Ergashev, 2.Akramjon Komilov (29.Vitaliy Denisov, 56), 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (88.Siyavash Haqnazari, 56), 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliev (13.Eldorbek Begimov, 77), 8.Abdulla Abdullaev, 10.Xurshid G'iyosov, 14.Mirjahon Mirahmadov (19.Muhammadanas Hasanov, 87), 17.Sanjar Tursunov (s) (15.Oybek Rustamov, 77), 22.SHohruh Gadoev.

Zaxira: 12.Dilshod Yoqubov, 11.Irakli Ruxadze, 27.Martin Boake, 77.Nodirbek Abdurazzoqov.

Ogohlantirishlar: A.Ismoilov 7, H.Ergashev (OKMK murabbiyi) 82

MATNLI TRANSLYACIYA



Uchrashuv yakunlandi. "Nasaf"dan ishonchli g'alaba va qarshiliklar jadvalda 2-o'ringa chiqib olishdi.

90+5 - G'iyosov burchakdan to'g'ri darvozaga tepdi, qaytarishdi to'pni.

Bahs asosiy vaqtiga 9 daqiqa qo'shib berildi.

90 - "Nasaf"da birdaniga 3 o'zgarish

87 - O'zgarish: OKMKda M.Mirahmadov o'rniga Muhammadanas Hasanov tushdi.

82 - OKMK yordamchi murabbiyi Hikmat Ergashev ogohlantirildi.

77 - O'zgarishlar: OKMKda S.Tursunov o'rniga Oybek Rustamov, D.Ahmadaliev o'rniga esa Eldor Begimov tushirildi.

71 - Aliqulovning jarimadan tepgan to'pi noaniq.

70 - Sidiqov yiqitildi, qarshiliklar xavfli nuqtadan jarima to'pi tepishadi.

68 - Yana burchak zarbasi, yana Sidiqov to'pni ko'tardi va yana Aliqulov bosh bilan zarba berdi. Bu safar noaniq.

67 - O'zgarish: "Nasaf"da B.Abdurahimov o'rniga Suhrob Nurulloev tushirildi.

62 - Bozorovning pasidan keyin Amanov zarba berdi, A.Ismoilov uni qaytarib yubordi.

59 - O'zgarish: "Nasaf"da ikkinchi golni urgan Lima Kruz o'rniga Azizbek Amanov tushirildi.

56 - O'zgarishlar: OKMKda M.Qosimov o'rniga Siavash Haqnazari, A.Komilov o'rniga esa Vitaliy Denisov tushirildi. Mirjalol Qosimovdan dastlabki reakciya.

56 - Gadoevning jarimadan tepgan to'pi noaniq ketdi.

48 - GOOOOOLLL!!! "Nasaf" ikkinchi bo'limning ham 3-daqiqasida gol urdi. Bu safar qarshi hujumda Bozorovning pasidan keyin Lima Kruz hisobni 2:0 ko'rinishga keltirdi.

2-bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45+1 - Zarbaaa, B.Abdurahimovning birinchi urinishini himoyachi qaytardi, ikkinchi zarbasi esa biroz noaniq ketdi.

1-bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43 - Gadoevning burchakdan darvozaga yo'llagan zarbasini A.Davronov qaytarib qoldi.

42 - Bo'lim oxirida OKMK ustunlikni qo'lga olishga harakat qilmoqda, ammo ularning hujumlari samarali yakun topmayapti.

36 - G'iyosovning jarima maydoniga xavfli uzatmasini himoyachilar qaytarishdi.

30 - OKMKning hujumi oxirigacha etmay bartaraf etildi mezbonlar tomonidan. Har ikkala jamoa futbolchilariga suv ichib olish uchun imkon berildi.

22 - Zarbaaa, Lima Kruzning zarbasini Botirali ushlab oldi va tezda qarshi hujumni boshladi. Gadoev esa qarshi hujumni oxirgi nuqtasiga kelganda to'pni yo'qotdi.

21 - S.Tursunov to'pni oldirib qo'ygach "Nasaf" qarshi hujumga o'tdi va Tursunovning o'zi ortga qaytib to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

19 - Xavfli vaziyat olmaliqliklardan. Ammo Ahmadalievning pasiga Mirahmadov ham, G'iyosov ham eta olmadi.

17 - J.Sidiqovning 20 metrlardan bergan kuchli zarbasi ancha noaniq ketdi.

16 - OKMKning birinchi hujumi samarasiz, keskinlashmadi hujum.

14 - Lima Kruz jarohat olib maydonda yotibdi. SHifokorlar unga yordam ko'rsatishdi, hammasi joyida.

10 - Zarbaaa, yana Sidiqov burchakdan ko'tardi va yana Aliqulov bosh bilan zarba berdi. Bu safar darvoza to'sini olmaliqliklarni goldan qutqarib qoldi. "Nasaf" nimalar qilyapti bahs startida...

7 - Nasrullaevni boshiga tepib yuborgani uchun A.Ismoilov ogohlantirildi.

6 - OKMK futbolchilari hali o'zlariga kelib olishmadi. "Nasaf" mutlaq ustunlik qilmoqda o'yinda.

3 - GOOOOOLLL, "Nasaf" 2-qavatni yutib gol urdi va albatta Husniddin Aliqulov. Sidiqovning burchakdan uzatgan to'pini Aliqulov bosh bilan OKMK darvozasiga joylab qo'ydi - 1:0.

1 - Zarbaaa, olmaliqliklarning xatosidan keyin Mozgovoyning pasidan keyin Nasrullaev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Botirali o'zini ko'rsatdi. Ajoyib start.

Uchrashuvga start berildi. 

Jamoalar birgalikda "Biz giyohvandlikka qarshimiz" shiori tushirilgan maxsus banner oldida suratga tushishdi.

Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Qarshi shahrida katta futbol kuni. "Nasaf" OKMKni qabul qilmoqda.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика