So’nggi yangiliklar

16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  0 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  3 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0

Superliga: “Nasaf” - “Metallurg”. Prevyu Yangiliklar

Superliga: “Nasaf” - “Metallurg”. Prevyu

Superliganing 4-tur uchrashuvida jamoamiz Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 30 mart  juma kuni “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Ushbu jamoalar bu safar o'zaro 41-uchrashuvda maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuv “Nasaf”ning milliy chempionatimizdagi 622-uchrashuvi bo'ladi.


O'zbekiston Superligasi-2018. 4-tur
“Nasaf” (Qarshi) - “Metallurg” (Bekobod)
30.03.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da
Bosh hakam:
SHerzod Qosimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Timur Gaynulin (Toshkent), Andrey Capenko (Toshkent)
Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent)
Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Sardor Qudratullaev.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda ilk marta  1998 yili tuqnash kelishgan. O'zaro uchrashuvlarning statistikasiga etibor qaratsak, jamoalar milliy chempionatimizda o'zaro 40 marta tuqnash kelishgan. Bo'lib o'tgan 26 o'yinda “Nasaf” jamoasining qo'li baland kelgan. 4 o'yinda durang natija qayd etilgan. Qolgan 10 uchrashuvda bekobodliklar g'alaba qozonishgan. To'plar nisbati bo'yicha “Nasaf” futbolchilari ustunlikni o'z qo'llarida ushlab turishibdi – 69:31.

Bu jamoalarning o'tkazilgan to'rt uchrashuvida “ajdarlar” yirik hisobda zafar quchishgan. Eng yirik natija 2004 yil 15 martda Qarshida kechgan bahsda qayd etilgan. Unda “Nasaf” jamoasi raqib darvozasiga javobsiz ettita to'p yo'llashga muvaffaq bo'lgan.

O'tgan yilgi Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvda ham “Nasaf” raqibini 2:0 hisobida dog'da qoldirgan.

Qarshida o'tgan o'zaro uchrashuvlar tarixidan

SHu paytgacha bu jamoalar Qarshida o'zaro 20 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ushbu uchrashuvlarning 18tasida “Nasaf” g'alaba qozongan. 1 uchrashuvda durang va yana 1 uchrashuvda madanchilar g'alabaga erishgan. Demak, Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda “Nasaf” yaqqol ustunlikka ega. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda darvozalarga 61ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda – 50:11.


Quyida Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi 5ta  uchrashuvning natijalarini etiboringizga havola qilamiz:

04.11.2017.  “Nasaf” – “Metallurg” 2:0
30.09.2016.  “Nasaf” - “Metallurg” 3:0
15.05.2015.  “Nasaf” - “Metallurg” 0:1
27.04.2014.  “Nasaf” - “Metallurg” 0:0
04.05.2013.  “Nasaf” - “Metallurg” 3:1
 
Ko'rib turganingizdek, “Metallurg” Qarshidan so'nggi bor 2015 yilda g'alaba  bilan qaytgan. Bu “Metallurg”ning Qarshida qozongan  yagona g'alabasidir.

Jamoalarning bu yilgi chempionatdagi ishtiroki haqida

“Nasaf”  bu yilgi superliganing o'tgan uch uchrashuvining bittasida durang va ikkitasida g'alaba qozondi. Ochkolari soni 7taga teng, to'plar nisbati 5-2ni tashkil qilmoqda. "Nasaf" o'tgan turda “Qizilqum” jamoasi mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

“Metallurg” jamoasi o'tgan uch uchrashuvning ikki uchrashuvida durang qayd etgan va bittasida g'alabaga erishgan. To'plagan ochkolari soni 5taga teng. To'plar nisbati 2-1ni tashkil qilmoqda. Madanchilar o'tgan tur uchrashuvini o'z maydonida “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'tkazdi va kichik 1:0 hisobida zafar quchishdi.

Qiziqarli fakt


“Nasaf” – “Metallurg” uchrashuvi jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev uchun murabbiy sifatida yubiley uchrashuv hisoblanadi. Berdiev bu safar jamoani, milliy chempionatimizdagi 155-uchrashuvda maydonga boshlab tushadi. O'tgan turdagi “Qizilqum” ustidan qozonilgan g'alaba, murabbiyning milliy chempionatdagi 100-g'alabasi sifatida tarix sahifalaridan joy oldi. Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi va mamlakatimizda uch karra eng yaxshi murabbiy sifatida etirofga sazovor bo'lgan Ro'ziqul Sadullaevich, 2012 yildan “Nasaf”ga ustozlik qilib kelmoqda.

Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari


“Nasaf” - “Metallurg” yoshlari o'rtasidagi uchrashuv 29 mart payshanba kuni soat 16:30da boshlanadi. Uchrashuv “Geolog” stadionida bo'lib o'tadi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari o'rtasidagi uchrashuv esa, 30 mart juma kuni “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Qiziqarli uchrashuvlarni o'tkazib yubormang!

 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика