So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  7 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

Superliga: “Nasaf” - “Bunyodkor”. Prevyu Yangiliklar

Superliga: “Nasaf” - “Bunyodkor”. Prevyu

“Nasaf” navbatdagi 21-tur uchrashuvini o'z maydonida “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv 11 avgust shanba kuni “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi va soat 20:00da boshlanadi.

Superliga. 21-tur
“NASAF” – “BUNYODKOR”
11.08.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da
Bosh hakam
: Zokir Qodirov
Qanot hakamlari: Ruslan Samandarov, Obid Jumaev
Zaxira hakami: Isxaq Ibragimov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.


O'zaro uchrashuvlarga oid
SHu paytgacha chempionatda bu ikki jamoa 23 marotaba kuch sinashishgan. O'tkazilgan o'yinlarning 12 tasida “Bunyodkor”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 8 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. “Nasaf” futbolchilari 3 o'yinda g'alaba nashidasini surishgan. To'plar farqi – 13:32 “qaldirg'ochlar” foydasiga.

Birinchi davrada bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvda “Bunyodkor” g'alaba qozongan edi.

Qarshidagi uchrashuvlarga oid faktlar

“Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalari Qarshida bungacha  11 bor kuch sinashishgan. SHundan 2tasida “ajdarlar” g'alabaga erishishgan. “Bunyodkor” esa Qarshidan 3 marta uch ochko bilan qaytgan. Qarshidagi 6 uchrashuvda o'zaro durang qayd etilgan. Uchrashuvlarda darvozalarga jami 12ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha hozircha tenglik - 6:6.

“Nasaf”ning o'zaro o'yinlarda “Bunyodkor" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 2:0 ga teng. “Bunyodkor”ning yirik g'alabasi esa – 5:0.

“Nasaf” so'nggi bor “Bunyodkor”ni Qarshida 2014 yili mag'lub etgan. “Bunyodkor” jamoasi esa Qarshida o'tgan yili g'alabaga erishgan. Bu uchrashuv taqdirini penaltidan kiritilgan yagona gol hal qilgan.


Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv natijalari:

18.08.2017. “Nasaf” – “Bunyodkor”  0:1
28.05.2016. “Nasaf” – “Bunyodkor”  1:1
26.10.2015. “Nasaf” – “Bunyodkor” 0:0
19.05.2014. “Nasaf” – “Bunyodkor” 2:0
03.11.2013. “Nasaf” – “Bunyodkor” 1:0
 

Ayni paytda “Nasaf” 26 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog'onasida bormoqda. “Bunyodkor” jamoasi hisobida 36 ochko bor va turnir jadvalining 3-pog'onasini egallab turibdi.

Bo'lajak uchrashuvda "Nasaf"ga Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan uch nafar futbolchilar yordam bera olishmaydi. SHuningdek “Bunyodkor” jamoasi tarkibida ham shunday to'rt nafar futbolchi bugun maydonga tushmaydi.

Ushbu uchrashuvga bo'lgan qiziqish juda yuqori. Darvoqe o'yinga kirish hamma uchun tekin. O'yin kuni stadionga faqat Navoiy ko'chasi tomonidan kirishga ruxsat etilgani haqida avval xabar bergan edik.

Barcha futbol ishqibozlarini stadionga chorlab qolamiz, marhamat qiling!

 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика