So’nggi yangiliklar

18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  0 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  99 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  2 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6

Superliga. Musobaqa formati o'zgaradi Yangiliklar

Superliga. Musobaqa formati o'zgaradi

SHu yilning 19 sentyabr kuni O'zbekiston Professional futbol ligasi Coca Cola Superligasi bosh murabbiylari hamda tashkilot Ijroqo'mi azolari bilan yig'ilish o'tkazgandi.

"Mazkur yig'ilishda murabbiylar tomonidan chempionat uchrashuvlari sonini oshirish masalasi ham ko'tarildi. Ayrimlar taklifiga ko'ra, buning uchun ligada jamoalar sonini 16 taga etkazish kerak. O'zbekiston Professional futbol ligasi esa Superliga va Pro liga o'rtasidagi sport principlarini hurmat qilishga chaqirishi barchaga malum. O'yinlar sonini esa boshqa yo'l bilan ham oshirish imkoniyati mavjud. 

SHundan kelib chiqib, O'zPFL taklif ishlab chiqdi. Tez orada u muhokamaga qo'yiladi. Taklif etilayotgan formatda ilk navbatda futbol muxlislarining xohish-istaklari inobatga olingan. Yani, bunda markaziy o'yinlar sonini ko'paytirish hamda o'tkinchi o'yinlar sonini kamaytirish masalasi asosiy planga olib chiqilgan. 

O'zbekiston Professional futbol ligasi nafaqat 16, balki 18 talik ligani ham amalga tadbiq qilishi mumkin. Biroq buning uchun O'zbekistonda licenziyalash talablariga to'liq javob beradigan kamida 20-22 ta klub mavjud bo'lishi kerak. Ayni vaqtda esa bizda bunday klublar soni 12-14 tani tashkil qiladi. Teletranslyaciyalardan pul ishlash hamda foydani jamoalar o'rtasida taqsimlash darajasiga etib borilguniga qadar biz ligani kuchaytirishning boshqa muqobil variantlarini izlashga majburmiz", – deyiladi O'zPFL xabarida.

Avvalroq SHahboz Beg'amov Telegram'dagi safifasida jamoalar soni oshishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика