So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  0 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  1 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

"Superliga moslashish qiyin kechyapti, taqvim bizga noqulay tushib qoldi". "Turon" safida faollik ko'rsatayotgan Bilolxon Toshmirzaev bilan intervyu Yangiliklar

"Superliga moslashish qiyin kechyapti, taqvim bizga noqulay tushib qoldi". "Turon" safida faollik ko'rsatayotgan Bilolxon Toshmirzaev bilan intervyu

Kuni kecha O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining 3-turi doirasida "Turon" - "Andijon" (1:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuv yakunida saytimiz muxbiri o'yindagi yagona golga assisentlik qilgan iqtidorli yarim himoyachi Bilolxon Toshmirzaev bilan intervyu tashkil etdi.

- Bilolxon, "Turon" joriy mavsumdan Superligada ishtirok etmoqda. Bu chempionatga jamoaning moslashish jarayoni qanday kechmoqda?

- Superligaga moslashish jarayoni bizda bir oz qiyin kechmoqda. Taqvimning biz uchun noqulay tushib qolgani ham adaptaciya jarayoniga o'z tasirini o'tkazayapti. Dastlabki turlardanoq kuchli va nomdor jamoalar bilan to'qnash kelayotganimiz bizga bir oz qiyinchilikni yuzaga keltirdi.

- Superliga va Pro-liga o'rtasida farqni qanday izoxlaysiz?

- Bu ikki ligalar o'rtasidagi farq hozirga kelib juda sezilarli darajada deb o'ylamayman. Boisi Pro-ligada ham bir qator nomdor jamoalar ishtirok etayapti. SHaxsan o'zimga u qadar ham katta farq sezilmadi.

- O'yin davomida ko'p dribling ishlatasiz. Jahon futbolidagi ideal sifatida ko'radigan futbolchingiz bormi? Masalan kimning harakatlaridan ilhomlanasiz?


- Jahon futbolida Messi, Neymar va Eden Azarlarning o'yinlarini kuzatib boraman. Ularning maydondagiharakatlaridan ilhomlanaman. SHuningdek ularning uslublarini ham o'zlashtirishga harakat qilaman.

- "Turon" muxlislari sizni juda qadrlashadi. Ularga qanday tilaklarni bildirgan hamda vadalar bergan bo'lardingiz?


- "Turon" jamoasi muxlislarini juda yaxshi ko'raman. Ular stadion tribunalarida juda faol va tartibli muxlislik qilishadi. Biz ular uchun g'alabalarni taqdim etishga intilamiz. Nasib bo'lsa mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlashni maqsad qilganmiz.

- Bugungi o'yinda kiritilgan yagona golga hammualliflik qildingiz. Aytingchi, Jasur Xakimovni qulay vaziyatda ekanini qanday his qildingiz?


- Jasurni bosh bilan yaxshi o'ynashini bilardim. To'p bilan harakatlanib kelayotgan vaqtimda hujum chizig'i tomon bir lahza qarab oldim. O'shanda Jasur Xakimovni qulay vaziyatga chiqib kelayotganini ko'rdim va darhol uzatmani amalga oshirdim. Guvohi bo'lganingizdek vaziyat gol bilan yakunlandi.

- Jamoani oldinda kutib turgan muhim o'yinlar, yani "Paxtakor" va AGMK bilan bo'lib o'tadigan o'yinlar haqida fikrlaringiz qanday?


- "Paxtakor" va AGMK kuchli jamoalar. Bu jamoalarga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlarda munosib harakat qilib g'alabalarga erishmoqchimiz.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика