So’nggi yangiliklar

03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  6 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16

Superliga. "Metallurg" "Navbahor"ga qarshi bahsda so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Superliga. "Metallurg" "Navbahor"ga qarshi bahsda so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Bugun Coca Cola Superligasida 15-tur bellashuvlariga start berildi.

Bekobodda "Metallurg" jamoasi "Navbahor"ni qabul qildi. Bekobodliklar so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.

YANGILASH

Metallurg

Zabihillo O’rinboyev - 90'

Superliga. 15-tur

04/08/2023, 20:00

1
:
1
Tugadi

Navbahor

Ibrohim Yo'ldoshev - 22'

45'
90'
2'  Ivan Yosovich
21'  Kerim Palich
31'  Shahzod Nematjonov (Shahzod Ubaydullayev)
53'  Husniddin G’ofurov
79'  Sardor Abduraimov (Damir Temirov)
84'  Danial Mahini (Daler Sharipov)
90'  Zabihillo O’rinboyev
90'  Damir Temirov
22'  Ibrohim Yo'ldoshev
22'  ZHasur YAxshiboev
59'  Igor Golban
79'  Oston O'runov (Abror Ismoilov)
88'  Abror Ismoilov
90'  Jamshid Iskanderov (Temurxo’ja Abduxoliqov)

Superliga-2023, 15-tur

04.08.2023 yil. 20:00

"Metallurg" stadioni, Bekobod.

"Metallurg" - "Navbahor" 1:1

Gollar: Z.O'rinboev (D.Temirov) 90+6 - I.Yo'ldoshev (J.Yaxshiboev) 22

Hakamlar: Komiljon Rasulov, Olim Abduvosilov, Oybek Kalaxo'jaev, Doston Rahmonov.

VAR: Ilgiz Tantashev.

AVAR: Avaz Abdullaev.

Nazoratchi: Valentin Kovalenko.

Komissar: Jamshid Imomov.

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 3.Danial Mahini (20.Daler SHaripov, 84), 4.Kerim Palich, 7.Husniddin G'ofurov, 9.Zabihillo O'rinboev, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 15.Sardor Abduraimov (11.Damir Temirov, 79), 17.Rizo Yazdando'st, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 25.SHahzodjon Nematjonov (77.SHahzod Ubaydullaev, 31), 33.Ivan Yosovich.
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 8.Iskandar SHoyqulov, 19.Ergash Ismoilov, 23.Behruz SHodmonov, 97.Muhammadali Aliqulov.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Oston O'runov (17.Abror Ismoilov, 79), 8.Jasur Yaxshiboev, 10.Jamshid Iskanderov (21.Temirxo'ja Abduxoliqov, 90), 14.Jamshid Boltaboev, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 27.SHahboz Jo'rabekov, 91.Toma Tabatadze. 

Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 4.Azim Ahmedov, 13.Filip Ivanovich, 19.Doniyor Abdumannopov, 20.Muzaffar Mo'minov, 39.SHohruh Xudoybergenov, 77.Asadbek Sobirjonov.

Ogohlantirishlar: I.Yosovich 2, K.Palich 21, H.G'ofurov 53 - I.Golban 59

CHetlatish: A.Ismoilov 88


90+6 - GOOOLLL, Zabihillo O'rinboev bosh bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1.

90+4 - Yaxshiboevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

90+3 - Zarbaaa, A.Toshqo'zievning kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.

2-bo'limga 7 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90 - O'zgarish: J.Iskanderov o'rniga T.Abduxoliqov tushirildi.

88 - Qizil. Zaxiradan tushgan Abror Ismoilov bosh hakam tomonidan maydondan chetlatildi.

84 - Mezbonlarda Mahini o'rniga Daler sharipov tushirildi.

82 - Zarbaaa, Jasur Yaxshiboev 7-8 metrlardan yakkama-yakka vaziyatda to'pni biroz yuqoriga tepdi.

79 - O'zgarishlar: Mezbonlarda S.Abduraimov o'rniga D.Temirov, mehmonlarda esa O.O'runov o'rniga A.Ismoilov tushdi.

76 - Zarbaaa, ana xolos... O'tkir Yusupov to'pni kutilmagan jarima maydonchasi ichida oldirib qo'ydi. Z.O'rinboev esa to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ymoqchi bo'ldi va adashdi.

75 - Oston O'runovning uzoqdan tepgan to'pi regbi sport turida ochko berardi, futbolda emas.

71 - Yaxshiboevning pasidan keyin Jo'rabekov kuchli zarba berdi, noaniq.

67 - Zarbaaa, burchak to'pidan keyin Golbanning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq.

60 - Zarbaaa, Yaxshiboevning zarbasidan keyin darvozaga aniq ketayotgan to'pni Yazdando'st qaytarib yubordi.

59 - G'ofurovni to'ztatib qolgani uchun Golban ogohlantirildi.

55 - "Metallurg" tezkor qarshi hujumga bordi. SH.Ubaydullaev raqib jarima maydoni ichida himoyachini aldab o'ta olmadi.

53 - Ogohlantirish: Mezbonlardan H.G'ofurovga sariq.

50 - Zarbaaa, mezbonlarning eronlik himoyachisi Yazdando'stning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

Ikkinchi bshhlimga start berildi.

Tanaffus!

45+1 - Yosovichning bosh bilan bergan zarbasini O'tkir Yusupov ushlab oldi.

1-bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44 - SH.Jo'rabekovning jarimadan tepgan to'pidan keyin to'p rikoshet bo'lib burchakka ketdi. "Navbahor" esa ketma-ket uchinchichi burchak zarbasini ijro etadi.

41 - Kerim Palichning zarbasi noaniq ketdi.

40 - Zarbaaa, Oston O'runov darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi. Akmal Ortiqov to'pni ushlab oldi.

31 - O'zgarish: Mezbonlar tarkibida jarohat olgan SHahzod Nematjonov o'rniga SHahzod Ubaydullaev tushirildi.

28 - G'ofurbekovning zarbasi noaniq.

22 - GOOOLLL, Yaxshiboevning jarimadan uzatgan to'pini Ibrohim Yo'ldoshev darvozaga joylab qo'ydi - 0:1.

21 - Komil Rasulov VARni o'zi borib ko'rgach qizilni bekor qildi va Palichga sariq kartochka ko'rsatdi. 

Bosh hakamni VARni ko'rgani o'zi ketdi. Kutamiz...

17 - Ana bo'lmasa, bosh hakam Komil Rasulov Boltaboevga nisbatan qo'pollik uchun Kerim Palichga qizil kartochka ko'rsatdi. Mezbonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi.

15 - Zarba, Iskanderovning jarimadan tepgan to'piga biroz aniqlik etishmadi.

13 - Zarbaaa, mezbonlarning birinchi aniq zarbasini Z.O'rinboev yo'lladi. O'tkir Yusupov to'pni avvaliga qo'lidan chiqarib yubordi, ikkinchi urinishda esa ushlab oldi.

10 - "Metallurg" yaxshi hujum tashkillashtirdi, yakunda himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

7 - Oston O'runovning kuchli zarbasi juda noaniq ketdi.

4 - Zarbaaa, Tabatadzening jarimadan tepgan to'pini A.Ortiqov qaytardi. Qaytgan to'pni Golban darvozaga kiritdi, lekin Igor ofsaydda ekan.

2 - "Navbahor" xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepadi. Yosovichga sariq.

Uchrashuv vaqtidan 4 daqiqa kechikib boshladi. Uni namanganliklar boshlab berishdi.

Bekobodda jamoalar hali ham maydonga tushib kelishmadi. Sababi hozircha bizga nomalum. 

Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Bekobodda katta futbol kuni. "Metallurg" jamoasi "Navbahor"ni mehmon qiladi. Uchrashuvdan matnli translyaciyani shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> SUPERLIGA

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика