So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Superliga. "Bunyodkor" Bekobodda 3 ochko oldi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" Bekobodda 3 ochko oldi

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Uchrashuvning 14-daqiqasida Bahodir Pardaevning akrobatik uslubda yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 22-daqiqada Islombek Isoqjonovning olisdan zarbasi, to'p to'g'ri darvozabonning qo'liga borib tushdi.

36-daqiqada Nurillo To'xtasinov 25 metrlardan darvozaning to'qqizligini nishonga oldi - 0:1.

Birinchi taym tugadi.

48-daqiqada Muzaffarov uzatgan to'pni Bahodir Pardaev darvozaga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi. To'pni to'liq bo'ysundirishning imkonini topolmadi.

58-daqiqada Nurullo To'xtasinovning zarbasi, Lobanov to'pni egallab oldi. 

59-daqiqada Muzaffar Muzaffarovning olisdan zarbasi, darvozabon o'z o'rnida. 

60-daqiqada To'xtasinovning 18 metrlardan darvozaning uzoq burchagiga yo'llagan zarbasi ozgina xato ketdi.

65-daqiqada markaziy himoyachilarning qo'pol xatosidan unumli foydalangan Mirjahon Mirahmadov hisobni 0:2ga o'zgartirdi. 

85-daqiqada Pardaevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi.

90+2-daqiqada Isoqjonovning zarbasi darvoza ustuniga tegdi maydonga qaytdi. 

O'yinda "Bunyodkor" 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 



Superliga, 10-tur
"METALLURG" — "BUNYODKOR" 0:2
25 may 2019 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Rahimbek Karimov.
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.
Komissar: SHerzod Rajabov.

Gollar: Nurillo To'xtasinov 36, - 0:1. Mirjahon Mirahmadov 65, - 0:2.

"Metallurg": Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Ibrohim Yo'ldoshev (Muzaffarjon Muzaffarov, 46), Suhrob Nurulloev, Islom Isoqjonov, Bahrom Abdurahimov, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Muhammad Isaev (SHavkat Mullajonov, 46), Bahodir Pardaev
Zaxira: 1. Zafar Safaev,9. Mahmud Qudratullaev, 19. Doniyor Usmonov, 20. Xudoyshukur Sattorov, 22. SHahzodbek G'ofurbekov, 33. Odilbek Abdumajidov, 70. Sergey Tumasyan.

"Bunyodkor": Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Anvar G'ofurov, Dilshod Ahmadaliev, Jasur Jaloliddinov (Abdulla Abdullaev, 82), Xurshid G'iyosov (Javohir Qahramonov, 78), Lutfulla To'raev, Mirjahon Mirahmadov, Sanjar Qodirqulov (34.Suhrob Izzatov, 38), Nurillo To'xtasinov, Ulug'bek Abdullaev
Zaxira: 25. Murodjon Zuhurov, 4. Sergey Proxorov, 5. Boburbek Farhodov, 20.Vladislav Nuriev, 23. Sanjar Rixsiboev, 37. Muhammadodil Qahramonov.

Ogohlantirishlar: Islom Qobilov 45.



Metallurg

Superliga. 10-tur

25/05/2019, 19:00

2
:
0
Tugadi

Bunyodkor

Nurillo To'xtasinov - 36', Mirzhahon Mirahmadov - 65'

45'
90'
36'  Nurillo To'xtasinov
65'  Mirzhahon Mirahmadov


Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика