So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

Superliga. "Lokomotiv" so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib, "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv" so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib, "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynadi

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bahsdagi ilk gol 4-daqiqasida mezbonlar tomonidan ochildi. O'ng qanotdan Husniddin G'ofurov tomonidan oshirilgan to'pni Temurxo'ja Abduxoliqov darvozaga yo'lladi - 1:0.

28-daqiqada maydon egalari ikkinchi bor to'p kiritishdi. Temurxo'ja Abduxoliqovning to'p uzatishidan keyin Diyorjon Turopov birga-bir vaziyatga chiqib borib gol urdi - 2:0.

Oradan ikki daqiqa o'tgach qo'qonliklar hisobni qisqartirishdi. Suhrob Berdievning jarimadan uzatgan to'pini Oybek Rustamov darvozaga yo'lladi - 2:1.

O'yindagi kulminaciya 90+1-daqiqada sodir bo'ldi. Davron Hoshimov o'z jarima maydoni ichida Behruz Sadulloevni yiqitdi deb topgan Hasan Ro'ziev mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima to'pini SHahboz Erkinov aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi - 2:2.


Superliga, 7-tur
"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 2:2
02 may 2019 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 2013 tomoshabin.
Hakamlar:
Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Timur Gaynullin, Ibrohim Ismoilov.
Nazoratchi: Sardar Najafaliev.
Komissar: Zohirbek Akramxonov.

Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 4, - 1:0 (Husniddin G'ofurov). Diyorjon Turopov 28, - 2:0 (Temurxo'ja Abduxoliqov). Oybek Rustamov 30, - 2:1 (Suhrob Berdiev). SHahboz Erkinov 90+2 penalti, - 2:2.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Jamshid Iskanderov (19.Avazbek O'lmasaliev, 46), 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduholiqov (9.Filip Rayevac, 65), 17.Husniddin G'ofurov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteev, 77.Diyorjon Turopov, 88.Igor Yelich (23.Yovan Jokich, 77).
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 7.Aziz Haydarov, 14.Aziz Amonov, 71.Arslanmurat Amanov, 72.Bobur Ergashev.

"Qo'qon 1912": 89.Boyan Knejevich, 7.Jamshid Hasanov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 13. Javohir Esonqulov (17.Behruz Sadulloev, 62), 15.Oybek Rustamov, 19.Suhrob Berdiev, 20.Iqboljon Malikjonov, 22.SHahboz Erkinov (21.Timur Usmonov, 90+4), 23.Aleksandr Merzlyakov, 55.Milosh Nikolich (16.Jasur Hasanov, 22), 65.Marko Milich.
Zaxira: 1. Islomjon Abdullaev, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 25.Sarvar Karimov, 8.Muhammadanas Hasanov, 11.Timur Hakimov, 70.Murod Xolmuhamedov.

Ogohlantirishlar: Diyorjon Turopov 29, Temurxo'ja Abduxoliqov 53, Oleg Zoteev 60, Islom To'xtaxo'jaev 90+2.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+4. Uchrashuv yakunlandi. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" - 2:2

90+4. O'zgarish. "Qo'qon-1912". SHahboz Erkinov o'rniga Temur Usmonov

90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHahboz Erkinov penaltidan gol urdi - 2:2.

90+1. PENALTI! "Lokomotiv" darvozasi tomon! Bosh hakam Davron Hoshimov Behruz Sadulloevni yiqitdi deb topdi 

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBA! Sardor Mirzaevning zarbasi noaniq chiqdi

82. Bugungi uchrashuvni 2013 tomoshabin kuzatib bormoqda.

78. UXXXXXXXX! Filip Rayevac birga bir vaziyatga chiqib bordi va darvozabonni poyladi!

77. O'zgarish. "Lokomotiv". Igor Yelich o'rniga Yovan Jokich tushdi

65. O'zgarish. "Lokomotiv". Temurxo'ja Abduholiqov o'rniga Filip Rayevac

64. ZARBAAAAAAAAAAAA! Qanday vaziyat! Hoshimovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini O'lmasaliev darvozaga yo'lladi, to'p esa Zoteevga bordi, Olegning 2 metrdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi!

62. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Javohir Esonqulov o'rniga Behruz Sadulloev,

60. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Oleg Zoteev

53. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Temurxo'ja Abduxoliqov

47. Diyorjon Turopovning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

46. Ikkinchi taym boshlandi.

46. O'zgarish. "Lokomotiv". Jamshid Iskanderov o'rniga Avazbek O'lmasaliev tushdi



45+2. Birinchi taym tugadi

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41. ZARBA! SHahboz Erkinov yaqin masofadan zarba bergandi. Ammo zarbaga aniqlik etishmadi.

40. ZARBA! Igor Yelichning zarbasi noaniq ketdi.

34. ZARBAAA! Abduxoliqovning uzatgan to'pini Husniddin G'ofurov darvozaga yo'lladi, Knejevich to'pni qaytardi!

30. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Oybek Rustamov! 2:1. Jarima to'pidan Suhrob Berdievning oshirgan to'pini Rustamov darvozaga yo'lladi. 


28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Diyorjon Turopov 2:0! Abduxoliqovning to'p uzatishidan keyin Turopov birga bir vaziyatga chiqib borib gol urdi.

25. ZARBA! Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasi noaniq ketdi

22. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Milosh Nikolich o'rniga Jasur Hasanov tushdi

16. ZARBA! Iqbol Malikjonovning kuchli zarbasi noaniq chiqdi

15. Xavfli vaziyat! Ro'zievning zarbasidan keyin raqib himoyachisi o'z darvozasini ishg'ol etib qo'yishiga bir bahya qoldi.

7. ZARBAAA! "Qo'qon-1912"dan javob hujumi, ammo Erkinovning zarbasi noaniq ketdi!

6. FAKT! Temurxo'ja Abduxoliqov bu mavsum Superligada ketma-ket oltinchi o'yinda gol urishga erishdi. U faqat dastlabki turda gol urmagan edi.

5. Eslatib o'tamiz, Abduxoliqov bugun championat.asia sayti talqiniga ko'ra aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.



4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Temurxo'ja Abduxoliqov 1:0. O'ng qanotdan Husniddin G'ofurov tomonidan oshirilgan to'pni Abduxoliqov darvozaga yo'lladi.

1.Uchrashuv boshlandi!

O'yin soat 18:30da boshlanadi.


YANGILASH

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика