So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Superliga. 2ta gol urilgan o'yinda OKMK "Lokomotiv"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Superliga. 2ta gol urilgan o'yinda OKMK "Lokomotiv"ni mag'lubiyatga uchratdi

Bugun Superliganing 7-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Lokomotiv — OKMK 0:2 (TUGADI)
14 may, 19:00
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo'ja SHavkatov, MAhmud Turdiev
Zaxira hakami: Doston Mirzaraimov
VAR: Rahimbek Karimov
AVAR: Roziyabonu Yusupova
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Zohir Akramxonov.

Gol: Mirjamol Qosimov 84, 0:1, Xurshid G'iyosov (Aziz Bahromov) 87, 0:2

"Lokomotiv": 32. Suhrobjon Sultonov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Ivan Rogach, 6.SHerzodjon Komilov, 7.Sardor Abdunabiev (11. Izzatilla Abdullaev, 90), 8.Damyan Krayishnik (27. Sobit Sindarov, 61), 10.Ivan Bulatovich (77. Lazizbek Mirzaev,90) 17.Sanjar Tursunov, 22.Muxammadanas Xasanov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 55.Anzur Ismailov
Zaxira: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 19. Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 24. Azamat Komilov, 28. Quvonchbek Abraev, 29. Hamidulloh Mamajonov, 49. SHohrux Xudoyberganov, 

OKMK: 1.Valijon Rahimov, 2.Akramjon Komilov, 3.Sardor Raxmanov, 4.Mirjamol Qosimov, 8.Bahtiyorjon Qosimov ( 31. SHohruh Abduxalilov,90) 10.Xurshid G'iyosov, 14.Azizbek Baxramov, 15.Oybek Rustamov, 18.Aziz Xolmurodov (27. Ali Abdurahmonov, 66), 28.Arixiro Sentoku, 77.Nodirbek Abdurazzoqov (99. Irakli Ruhadze, 66)
Zaxira: 35. Javohir Ilyosov, 11. Murodjon Toshmatov, 21. Saidafzalxon Axrorov,, 40. Javohir Nabiev, 88. Murat Ermatov, 95. Milan SHkrbich, 

Ogohlantirish: Anzur Ismoilov ("Lokomotiv") 20, Aziz Xolmurodov (OKMK) 24, Abdulazizxon Abdurashidov ("Lokomotiv") 48, Damyan Krayshnik ("Lokomotiv") 51, Abdulloh Yo'ldoshev ("Lokomotiv") 66, Sobit Sindarov ("Lokomotiv") 72, Izzatilla Abdullaev ("Lokomotiv") 90


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. OGOHLANTIRISH. "Lokomotiv", Izzat Abdullaev 

90. O'ZGARISH. OKMK, Baxtiyor Qosimov o'rniga SHohruh Abduxalilov tushdi. 

90. O'ZGARISH. "Lokomotiv", Ivan Bulatovich o'rniga Laziz Mirzaev, Sardor Abdunabiev o'rniga Izzatilla Abdullaev tushdi. 

87. GOL. OKMK hamma kuchini so'nggi daqiqalarga olib qo'ygan ekan. Xurshid G'iyosov jarima maydonchasi ichida xotirjam zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. 

84. GOL. OKMK uchrashuvda hisobni ochdi. Mirjamol Qosimov aniq va chiroyli zarba bilan "Lokomotiv" darvozasini ishg'ol qildi.

72. OGOHLANTIRISH. "Lokomotiv", Sobit Sindarov

66. OGOHLANTIRISH. "Lokomotiv"ning yosh futbolchisi Abdulloh Yo'ldoshev sariq kartochka bilan jazolandi. 

66. O'ZGARISH. OKMK, Nodir Abdurazzoqov o'rniga Irakli Ruhadze, Aziz Xolmurodov o'rniga Ali Abdurahmonov tushdi.

63. ZARBA. "Lokomotiv" xavfli hujum tashkil qildi. Yo'ldoshevning kuchli zarbasini Valijon Rahimov bartaraf etdi. OKMK kiperi hozircha raqibning 2 ta shunday xavfli zarbasini qaytardi. 

61. O'ZGARISH ."Lokomotiv", Damyan Krayishnik o'rniga Sobir Sindarov tushirildi. Krayishnik jarohat sabab o'yinni davom ettira olmadi. 

60. O'yinda keskinlik yuqori. Kurash esa qattiq kechmoqda. 

51. OGOHLANTIRISH. "Lokomotiv", Damyan Krayshnik

48. OGOHLANTIRISH. "Lokomotiv" futbolchisi Abdulazizxon Abdurashidovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

40. O'yinda tenglik saqlanib turibdi. 

34. OKMK qarshi hujumdan foydalana olgani yo'q. 

30. "Lokomotiv" hujumlar sonini oshirdi. O'yin jonlandi. 

24. OGOHLANTIRISH. OKMK, Aziz Xolmurodov raqibini jarima maydonchasiga juda yaqin joyda qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. 

20. OGOHLANTIRISH. "Lokomotiv" himoyachisi Anzur Ismoilov Nodir Abdurazzoqovni yiqitgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

16. ZARBA. Hujum qilish navbati OKMKga. Nodir Abdurazzoqovning boshi bilan yo'llagan zarbasi Suhrob Sultonovga muammo tug'dirmadi. 

13. ZARBA. O'yindagi ilk keskin vaziyat. Tursunovning zargarona uzatmasini Bulatovich boshi bilan darvozaga noaniq zarba yo'lladi. 

11. O'yin tempi yuqori emas. Jamoalar navbati bilan hujumga o'tmoqda. Hujumlar zarbagacha borayotgani yo'q. 

2. ZARBA. Sanjar Tursunovning zarbasini Valijon Rahimov qaytardi. To'p darvozaning yuqori burchagiga qarab ketayotgandi. 

- O'yinga start berildi. 

- Uchrashuv 19:00da boshlanadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика