So’nggi yangiliklar

16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  0 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  5 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  3 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  1 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  7 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  12 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  2 11:57"Эвертон" мухлисларини АҚШдаги эксклюзив очиқ машғулотга таклиф қилди  0 11:22Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди  9 10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  4 10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  32

Superliga. Bikmaev "Navbahor"ni mag'lub etgan golni urdi Yangiliklar

Superliga. Bikmaev "Navbahor"ni mag'lub etgan golni urdi

Teglar :  LokomotivNavbahor
Superliganing 27-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


O'yin boshlandi. 14-daqiqada Ikrom Aliboevning darvoza tomon bosh bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi. 19-daqiqada Sardor Mirzaevning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 22-daqiqada Azizbek Turg'unboevning zarbasi anchagina kuchsiz chiqdi. 26-daqiqada Marat Bikmaevning jarimadan tepgan to'pini darvozabon qaytardi.

33-daqiqada Timurxo'ja Abduxoliqov boshi bilan zarba bergandi. Ammo u o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. 38-daqiqada Azamjon Alievning zarbasiga aniqlik etishmadi.

Birinchi taymda hisob ochilmadi. 

60-daqiqada Sanjar SHoahmedovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 68-daqiqada Sadriddin Abdullaevning zarbasi noaniq ketdi.

71-daqiqada jarima maydoni yonidan belgilangan jarima to'pini Islom To'xtaxo'jaev amalga oshirdi, noaniq.

Bugungi uchrashuvni 2715 nafar tomoshabin kuzatib bormoqda.

76-daqiqada Marat Bikmaev hisobni ochdi - 1:0. 

O'yinda "Lokomotiv" muhim g'alabaga erishdi - 1:0. 



27-tur. 23 oktyabr, seshanba

18:00 - “LOKOMOTIV” – “NAVBAHOR” 1:0
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Doniyor Saylavov, Rishat Nig'monov, Igor Hudoydatov.
Nazoratchi: Radik Serazitdinov.  
Komissar: Baxtiyor Mametov.

Gol: Marat Bikmaev 76, - 1:0.

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 33. Oleg Zoteev, 55. Anzur Ismoilov, 9. Ikrom Aliboev, 15. Sardor Mirzaev, 28. SHuhrat Muhammadiev (7. Sadriddin Abdullaev,  28), 22. Sanjar SHoahmedov, 10. Marat Bikmaev (14. Aziz Amonov, 87), 11. Timurxo'ja Abduxoliqov (19. Xusniddin G'ofurov, 69).
Zaxiradagilar: 12. Mamur Ikromov, 77. Diyorjon Turopov, 21. Nikolay Pogrebnyak, 23. Idris Bikmaykin, 74. Alisher SHog'ulomov, 88. Igor Yelich.

"Navbahor": 45. Akbar To'raev, 5. Igor Golban, 8. Ayubxon No'monov, 10. Azizbek Turg'unboev, 19. Mirzoxid G'ofurov, 21. Azamjon Aliev (17. Sardor Sulaymonov, 80), 22. Ro'zimboy Ahmedov (9. Dilshod Jabborov, 66), 32. Jahongir Mehmonov, 33. Tomislav Payovich, 6. Oston O'runov, 44. Darko Stanoevich.
Zaxiradagilar: 35. Dilshod Hamroev, 30. Darko Nikach, 77. Muzaffar Abdullaev.

Ogohlatirishlar: Jahongir Mehmonov 25, 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика