So’nggi yangiliklar

12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  0 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  4 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  2 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  1 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  64 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  6

Superliga. "Lokomotiv" o'z maydonida "Metallurg"ga yutqazib qo'ydi Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv" o'z maydonida "Metallurg"ga yutqazib qo'ydi

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


Coca-Cola Superliga. 8-tur
LOKOMOTIV – METALLURG 1:3

Gollar: Temirov 17, Turopov 40, G'ofurbekov 77, 80.
11 may 2021 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 18:50
Hakamlar:
Vadim Agishev, Otabek Qosimov, Hasan Nabiev, Sultonmurod Abdurahmonov
Nazoratchi: Bahtiyor Namozov
Komissar: Sardor Qudratullaev

"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov, 37. SHerzod Fayziev, 3. Islom Qobilov, 28. SHuhrat Muhammadiev, 4. Dilshod Komilov, 5. Kaxi Maxaradze, 7. Sadriddin Abdullaev, 27. Islom Rashidxonov, 77. Diyor Turopov, 8. Javohir Sidiqov, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov
Zaxira: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 9. Javohir Alijonov, 14. Aziz Amonov, 17. Sanjar Qodirqulov, 18. Ibrohim G'anixonov, 20. Jaloliddin Jumaboev, 22. Diego Bardanka, 54. Igor CHikrizov, 80. Farrux Ibrohimov

"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 4. Odil Abdumajidov, 8. Salamat Kutibaev, 14. Abrorbek Toshqo'ziev, 15. Zohid Abdullaev, 22. SHahzod G'ofurbekov, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 28. Stanislav Andreev, 48. Dilshod Rahmatullaev, 55. Akbar Ismatullaev, 98. Damir Temirov
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 7.Doniyor Narzullaev, 9.Mahmud Qudratillaev, 11.Ivan Nagaev, 21.Kamoliddin Tojiev, 43.Davron Anvarov, 88. Evgeniy CHumak.

Ogohlantirishlar: Toshqo'ziev 37, Komilov 52, Abduholiqov 78, Lobanov 88, Turopov 90.




YANGILASH



"Metallurg" safarda "Lokomotiv"ni mag'lub etib, uch ochkoga ega chiqdi.

90+5. Uchrashuv yakunlandi! 

90+2. Mezbonlar futbolchisining bergan zarbasi biroz noaniq. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

90. Diyor Turopovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

88. Qutiboev o'rniga Anvarov o'yinni tugatib qo'yadi. 

88. Aleksandr Lobanov vaqt cho'zgani uchun sariq kartochka ishladi. 

86. "Lokomotiv" hujum uyuushtirmoqda. Ammo endi kech nazarimizda. 



81. Komilov o'rniga CHikrizov maydonga tushdi. 

80. GOOOL! G'ofurbekov yana raqib darvozasini nishonga oldi - 1:3!

78. Abduholiqovga sariq kartochka ko'rsatildi. 


77. GOOOL! Nagaevning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi. Qaytgan to'pga esa birinchi bo'lib G'ofurbekov etib keldi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi - 1:2!

72. Yana o'zgarishlar. Sidiqov o'rniga Qodirqulov, Muhammadiev o'rniga Jumaboev o'yinni tugatib qo'yadi.  

70. Abdullaev o'rniga Nagaev o'yinni davom ettiradi. 

64. Rashidxonov o'rniga Amonov maydonga tushdi. 

60. Toshqo'zievning bergan zarbasi biroz noaniq.

58. Quttiboevning bergan zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi.

52. Dilshodjon Komilovga sariq kartochka.

52. Toshpo'latovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

46. Jamoalar ikkinchi bo'limni tezkor hujum bilan boshlashdi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

TANAFFUS!

BIRINCHI BO'LIM TUGADI!

42. Mehmonlar oldinga o'tishdi.

40. GOOLLL! Diyorjon Turopov chap oyoqdagi zarbasi bilan darvoza "to'qqizligi"ni nishonga oldi - 1:1! Hisob tenglashdi!



39. Sohibovning bergan zarbasi noaniq. 

37. Abrorbek Toshqo'ziev Muhammadievga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

36. Xavfli vaziyatttt! "Metallurg" futbolchilarining yana bir xavfli xujumi. Ammo biroz omad etishmadi ushbu vaziyatda mehmonlar futbolchisiga. 

31. Damir Temirov va Sadriddin Abdullaevlar o'zaro kurashda to'qnashib ketishdi. "Metallurg" futbolchisi Damir Temirovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

24. "Lokomotiv" o'tkazib yuborilgan goldan so'ng oldinga o'tmoqda.



20. Zarbaaa! Dilshod Komilovning bergan zarbasi raqib darvozasi to'qqizligiga borib tushayotgandi. Lekin ushbu vaziyatda Lobanov ajoyib seyv amalga oshirib, zarbani bartaraf etdi.

17. GOOL!  "Metallurg" futbolchisi Damir Temirov o'ng qanotdan uzatib berilgan to'pni "Loko" darvozasiga yo'lladi va hisobni ochdi - 1:0!

16. Islom Qobilovning uzoqdan bergan zarbasini raqib darvozaboni egallab oldi. 

11. "Loko"dan ajoyib hujum. Turopovning bergan zarbasini Lobanov ushlab oldi.  

9. "Metallurg" futbolchilari xavfli hujum uyushtirishdi. Damir Temirovning bergan zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi. 

6. Hozircha jamoalar tayinli hujum uyushtirganlari yo'q.

2. Mezbonlar ilk daqiqalardan ikkita ketma-ket burchak zarbasiga ega bo'lishdi. 

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv boshlanmoqda. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. "Lokomotiv" hamda "Metallurg" jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyaciyani boshlaymiz.  


- Uchrashuv soat 18:50da boshlanadi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика