So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Superliga. Abramov "bolalari" amaldagi chempion bilan durang o'ynashdi Yangiliklar

Superliga. Abramov "bolalari" amaldagi chempion bilan durang o'ynashdi

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0 LIVE
17 may 2019 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 3112 tomoshabin.
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Firdavs Norsafarov.
Nazoratchi: Igor Nexochin.
Komissar: Jamshid Imomov.

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Davron Hoshimov, Oleg Zoteev, Azizbek Haydarov (Diyor Turopov, 61), Jamshid Iskanderov (Filip Rayevac, 80), Yovan Jokich, Arslanmirat Amanov (Azizbek Amonov, 46), Sardor Mirzaev, Temurxo'ja Abduxoliqov.
Zaxira: Mamur Ikromov, Avazbek O'lmasaliev, SHuhrat Muhammadiev, Bobur Ergashev, Igor Yelich.

"Bunyodkor": Abdumavlon Abdujalilov, Dilshod Ahmadaliev, Islom Qobilov, Anvar G'ofurov, Nurillo To'xtasinov, Jasur Jaloliddinov (Suhrob Izzatov, 55), Xurshid G'iyosov (Abdulla Abdullaev, 79), Ulug'bek Abdullaev, Lutfulla To'raev, Sanjar Qodirqulov, Mirjahon Mirahmadov (Vladislav Nuriev, 59).
Zaxira: Murodjon Zuhurov, Sergey Proxorov, Boburbek Farhodov, Sanjar Rixsiboev, Muhammadodil Qahramonov, Farrux Ikromov. 

Ogohlantirishlar: Davron Hoshimov 33, Diyor Turopov 90+1, Suhrob Izzatov 90+3.


Lokomotiv

Superliga. 9-tur

17/05/2019, 18:45

0
:
0
Tugadi

Bunyodkor

45'
90'
33'  Davron Hoshimov
46'  Arslanmirat Amanov (Azizbek Amonov)
61'  Azizbek Haydarov (Diyor Turopov)
80'  Jamshid Iskanderov (Filip Rayevac)
90'  Diyor Turopov
55'  ZHasur ZHaloliddinov (Suhrob Izzatov)
59'  Mirzhahon Mirahmadov (Vladislav Nuriyev)
79'  Xurshid G’iyosov (Abdulla Abdullaev)
90'  Suhrob Izzatov


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



O'yin tugadi. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Vladislav Nuriev gol urgandi, ammo qanot hakami ofsayd deb topdi va golni inobatga olmadi! Takroriy lavhalar Nuriev o'yindan tashqari holatda emasligini ko'rsatdi 

90+1. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Diyor Turopov

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

87. YANA BIR ZARBA! Bu safar Abdulla Abdullaevning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

86. ZARBAAA! Nurillo To'xtasinov jarima maydoni ichidan noaniq zarba berdi

80. O'zgarish. "Lokomotiv". Jamshid Iskanderov o'rniga Filip Rayevac

79. O'zgarish. "Bunyodkor". Xurshid G'iyosov o'rniga Abdulla Abdullaev tushdi



77. Xavfli hujum. "Bunyodkor"dan ajoyib qarshi hujum. Ammo so'nggi zarbani yo'llashga Xurshid G'iyosov kechikdi.

75. O'yinni stadiondan 3112 tomoshabin kuzatib bormoqda

70. UXXXXXX! Javohir Ilyosov to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi, Vladislav Nuriev esa darvozaga aniq zarba bera olmadi

69. ZARBA! Jamshid Iskanderovning zarbasi noaniq chiqdi



61. O'zgarish. "Lokomotiv". Azizbek Haydarov o'rniga Diyor Turopov

59. O'zgarish. "Bunyodkor". Mirjahon Mirahmadov o'rniga Vladislav Nuriev tushdi

55. O'zgarish. "Bunyodkor". Jasur Jaloliddinov o'rniga Suhrob Izzatov tushdi

52. ZARBAAA! Sardor Mirzaev himoyachilarni ortda qoldirib jarima maydoni ichidan zarba berdi, Abdujalilov o'z o'rnida

51. Xavfli vaziyat! "Bunyodkor"ning hujumi, raqib jarima maydoni ichida Qodirqulov va Jaloliddinov bir biriga xalal berishdi, aks holda Qodirqulovning zarbasi yaxshiroq chiqardi



46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Lokomotiv". Arslanmirat Amanov o'rniga Azizbek Omonov tushdi 



45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

41. ZARBAAAAAAAAAA! Birinchi taymdagi eng xavfli vaziyat, havodan oshirilgan to'pni Azizbek Haydarov boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi, Abdumavlon Abdujalilov ajoyib seyv namoyish etdi! 

34. UXXXXX! "Bunyodkor" jarima to'piga ega bo'ldi, To'raev to'pni Ulug'bek Abdullaevga oshirdi, biroq u to'pni raqibga oldirib qo'ydi. "Lokomotiv"ning tezkor qarshi hujumi, Temurxo'ja Abduxoliqov yaqin masofadan noaniq zarba berdi! 


33. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Davron Hoshimov

30. ZARBA! Islom Qobilovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Ilyosov ushlab oldi

20. Ochig'ini aytish kerak, hozircha Toshkent derbisi ko'pchilik kutganidek shiddatli o'tmayapti. Jamoalar ehtiyotkor tarzda o'ynashmoqda

15. O'yin sokin davom etmoqda. Hech bir jamoa hujumga o'tmayapti

7. Xavfli vaziyat. Amanovning o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga etkazib bergan to'pini Mirzaev bosh bilan darvozaga yo'lladi. Birozgina noaniq.

4. Jamoalar ochiq futbol namoyishni qilishni boshlashdi.



1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- O'yin soat 18:45da boshlanadi.


YANGILASH

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика