So’nggi yangiliklar

00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  1 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  0 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  3 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 23:14ПСЖ — "Атлетико". Таркиблар маълум  8 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  26 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  173 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб,, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  39 19:45Италия терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  8 18:50Дарвозалар ишғол қилинмаган ОКМК - "Шўртан" учрашувидан галерея  0 18:25"Арсенал" Гёкереш борасида "Спортинг" билан музокараларни тўхтатиб қўйди, нега?  2

Superliga. "Andijon" safarda "Lokomotiv"ni engib, peshqadam bo'lib oldi Yangiliklar

Superliga. "Andijon" safarda "Lokomotiv"ni engib, peshqadam bo'lib oldi

Superliga 5-turi doirasidagi "Lokomotiv" – "Andijon" uchrashuvi yakuniga etdi.

Superliga

5-tur

Lokomotiv

Sardor Abdunabiev - 85'

Superliga. 5-tur

04/04/2024, 19:15

2
:
1
Tugadi

Andijon

Islom Mamatkazin - 55', SHahrom Samiev - 70'

45'
90'
54'  Ivan Rogach
66'  Jasur Hakimov (Sardor Abdunabiev)
75'  Anzur Ismoilov (Izzat Abdullaev)
85'  Sardor Abdunabiev
85'  Ivan Bulatovich (Sobit Sindarov)
32'  Luka Zgurskiy
38'  Islom Mamatkazin
55'  Islom Mamatkazin
55'  Bektemir Abdumannonov
61'  Luka Zgurskiy (SHahrom Samiev)
70'  SHahrom Samiev
79'  Farhod Sohibjonov (Demir Imeri)
79'  SHerzod Esanov (Farhod Bekmurodov)
90'  Bektemir Abdumannonov (Armin Boshnyak)

"Lokomotiv" – "Andijon" 1:2  

4 aprel. "Lokomotiv" stadioni. 19:15

Gol: Sardor Abdunabiev 85' – Islom Mamatkazin (Bektemir Abdumannonov) 55', SHahrom Samiev 70'

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov

Qanot hakamlari: Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov   

Zaxira hakami: Turg'un Jumaboev

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Nikita Afinogenov

Nazoratchi: Bobur Haydarov  

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Lokomotiv": 32.Suhrob Sultonov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Ivan Rogach, 8.Damyan Krayishnik, 10.Ivan Bulatovich (27.Sobit Sindarov, 85), 14.Dilshod Komilov, 15.Jasur Hakimov (7.Sardor Abdunabiev, 66), 17.Sanjar Tursunov (s), 22.Muhammadanas Hasanov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 55.Anzur Ismoilov (11.Izzatilla Abdullaev, 75).

Zaxira: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 6.SHerzod Komilov, 23.Jahongir Hoshimboev, 70.Abubakrrizo Turdialiev, 77.Laziz Mirzaev.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abdulvohid G'ulomov, 7.SHerzod Esanov (8.Farhodbek Bekmurodov, 79), 9.Levan Arveladze, 13.Sardorbek Azimov, 15.Vladimir Bubanya (s), 17.Farhod Sohibjonov (31.Demir Imeri, 79), 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Islom Mamatkazin, 51.Luka Zgurskiy (99.SHahrom Samiev, 61), 71.Bektemir Abdumannonov (94.Armin Boshnyak, 90+5).

Zaxira: 12.Mohirbek Komilov, 4.Marlen CHobanov, 10.Ilhom Abdig'aniev, 14.Abdurahmon Komilov, 66.Ilhom Alijonov.

Ogohlantirishlar: Luka Zgurskiy (32), Islom Mamatkazin (38), Ivan Rogach (54).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. "Andijon"da o'zgarish: Abdumannonov o'rniga Boshnyak maydonga tushdi. 

90+2. Uuuux! Dilshod Komilov jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi, sal qolsa avtogol kuzatilardi. O'yin qizigandan qizidi. 

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi.

90. Zarbaaa! Yo'ldoshevning kuchli zarbasidan so'ng Litovka super seyv namoyish etdi! 

88. Uuuuux! Tursunovning uzatmasidan keyin Komilov bosh bilan zarba berdi, sal noaniq.

85. "Lokomotiv"da almashtirish: Bulatovich o'rniga Sindarov uchrashuvni tugatib qo'yadi. 

85. GOL! Dilshod Komilovning zarbasi rikoshet orqali Sardor Abdunabievga etib bordi va u sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qildi – 1:2!

84. Tinib-tinchimas Abdumannonov jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, darvoza tomon zarba berishning ham uddasidan chiqdi. 

79. "Andijon"da 2 ta o'zgarish: Sohibjonov o'rniga Imeri, Esanov o'rniga Bekmurodov tushdi.

78. Zarbaa! Samievning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Sultonov qiyinchilik bilan bo'lsa-da qaytara oldi. 

75. "Lokomotiv"da almashtirish: Ismoilov o'rniga Abdullaev o'yinga qo'shildi.

74. Zarbaaaa! Yo'ldoshevning akrobatik zarbasiga aniqlik etishmadi. 

73. "Lokomotiv" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Hasanovning o'ng qanotga oshirgan pasi sal kuchliroq chiqib qoldi, aks holda vaziyat jiddiy tus olardi. 

70. GOL! Himoyachi Rogach va darvozabon Sultonovning qo'pol xatosidan so'ng Samiev hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi! 

66. "Lokomotiv"da almashtirish: Hakimov o'rniga Abdunabiev bahsni davom ettiradi.

61. "Andijon"da o'zgarish: Zgurskiy o'rniga Samiev tushirildi. 

57. Uuux! "Loko" futbolchisi Krayishnikning kuchli zarbasidan so'ng Litovka jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 

55. GOL! Bektemir Abdumannonovning jarimadan oshirib bergan to'pini Islom Mamatkazin darvoza to'riga joylab qo'ydi – 0:1!  

54. Ivan Rogach Bektemir Abdumannonovni ochiqchasiga yiqitdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

52. Hakimov Arveladzega nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

49. Abdumannonovning burchak zarbasidan amalga oshirgan uzatmasidan keyin himoyachilar xavfni bartaraf qilishdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45+1. Zarbaaa! SHerzod Esanov jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, zarba yo'lladi, Sultonov jamoasini qutqardi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

42. Sardor Azimov o'ng qanotdan oldinga borib, yiqilib tushdi, biroq hakam u simulyaciya qildi deb topdi va darvozabon to'pni o'yinga kiritishini bildirdi.

38. Mamatkazin jarima maydonchasi chizig'i oldida Abdulazizxon Abdurashidovni yiqitdi va sariq kartochka oldi. "Loko" standartga ega bo'ldi, biroq bundan samara chiqmadi. 

32. Luka Zgurskiy Ivan Rogachgi nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. 

31. Farhod Sohibjonov o'ng qanotdan yorib kirmoqchi bo'layotib himoyachilar qarshiligiga uchradi va yiqilib tushdi, ammo qoida buzish qayd etilmadi.  

28. O'yin tempi u qadar yuqoriemas. Aytarli vaziyatlar ham yo'q.

23. Damyan Krayishnik maydon markazida Levan Arveladzega nisbatan qoidani buzdi. 

19. Ivan Rogach qanotdan oldinga borayotgan Azimovni qoidaga monand to'xtatib qolishga erishdi. 

15. Bosh hakam VAR tomon otlandi va vaziyatni ko'rib, penaltini bekor qildi. 

14. "Loko" darvozasi tomon penalti belgilandi. Suhrob Sultonov birga-bir holatga chiqib borgan Bektemir Abdumannonovni yiqitdi...  

11. Zarbaaa! Ivan Bulatovichning chap oyoqdagi zarbasi ancha xavfli, ammo noaniq chiqdi. 

7. Abdumannonov jarima zarbasidan uzatmani amalga oshirmoqchi bo'ldi, biroq to'p "temiryo'lchilar" himoyachilari orqali maydonni tark etdi, burchak zarbasi.  

4. Dastlabki daqiqalarda mehmonlar o'yindagi ustunlikni qo'lga olishga harakat qilishmoqda. 

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv 19:15 da boshlanadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика