So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  9 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Superliga klublari yuzasidan O'FA rahbariyatiga murojaat! Yangiliklar

Superliga klublari yuzasidan O'FA rahbariyatiga murojaat!

Sir emaski, oxirgi yillarda O'FA rahbariyati o'zbek futbolidagi ko'plab nopok ishlar yuzasidan ochiqlik va halollik yo'liga o'tgan hamda bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hakamlik, kelishilgan o'yinlar va hokazo yuzasidan O'FA amalga oshirayotgan ishlar tahsinga loyiq. Lekin shunga qaramasdan davlat tomonidan moliyalashtiriladigan klublar rivojlanish yo'lidan yurish o'rniga boshqaruvdagilarning manfaatiga xizmat qilib kelmoqda. Hech bir Superliga klubi hozircha zamonaviy tendenciyalarga javob berish tugul, ularga intilish borasida ham maqtana olmaydi. Maqsadsiz o'tkazayotgan mavsumi uchun javobgarlik hissi yo'q klublarimiz bunday muhitga o'rganib qolishgan, afsuski.

Klublardagi bosh direktor lavozimi qog'ozda jarangli eshitilishi mumkin, lekin amalda Superliga klublarida bosh direktor jamoaga vazifa yoki talab qo'yishga qodir emas. Sir emaski, o'zbek futbolida bosh murabbiylar nafaqat jamoa ustidan hukmronlik qiladi, balki klubga yo'naltirilayotgan pullarning taqsimotining nazoratini ham o'z qo'liga olgan. Bu esa rivojlanmayotgan klublarimizning tobora tubga qarab ketishiga zamin yaratmoqda. CHunki bosh murabbiy uchun asosiy jamoadan boshqa bo'g'in yo'q va qolganlar eng pastki darajada. Bu ham o'zbek futbolidagi eng katta muammolarimizning asoslaridan biri.

SHu boisdan ham O'FA rahbariyatidan FIFA kunlari tufayli bo'ladigan tanaffus paytida Superliga klublarining xo'jayinlari, tasischi yoki klub prezidentlari ishtirokida ochiq muloqot shaklida jurnalistlar bilan uchrashuv tashkil etib berishlarini so'rab qolamiz.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика